O‘zini nazorat qilish qoidalari. Tibbiy shifokor nazoratida o‘z-o‘zini nazorat qilishning ahamiyati. O‘z - o‘zini nazorat qilish daftari, pulsometriya va uning o‘z o‘zini nazorat qilishidagi tutgan o‘rni, o‘z o‘zini nazorat qilish daftarining sportchi funktsional tizimini baholashdagi va patologik holatlarni erta aniqlashdagi axamiyati haqida nazariy ma`lumotlarga ega ekanligini aniqlash va baholash.
Sportchilarni sport anamnezi va jismoniy rivojlanish Anamnez turlari haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish, konstitutsiyaning morfologik belgilari, jismoniy rivojlanishni tekshirish uslublari haqida nazariy ma`lumotlarga ega ekanligini aniqlash va baholash. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilar organizmining funktsional holati xarakteristikasi haqida nazariy ma`lumotlarga ega ekanligini aniqlash va baholash.
Sportchilarni nerv tizimi xususiyatlari va uning rivojlanishi Nerv tizimi. Ma`lumki, nerv tizimi, organizmning barcha faoliyatini boshqaradi va yo‘naltirilishi haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish, jismoniy tarbiya va sport bilan sistematik mashg‘ulotlar natijasida nerv tizimi mukammallashishi sodir bo‘lishi, kuch, harakatchanlik, nerv jarayonlarining mutanosibligi, harakat apparatining vegetativ a`zolar bilan o‘zaro ta`siri haqida nazariy ma`lumotlarga ega ekanligini aniqlash va baholash.
Nerv-mushak tizimi. Harakat doirasi holati mushaklar tonusi, harakatlar hajmi, mushaklar kuchi, harakatlar tezligi, pay reflekslari, koordinatsiya bo‘yicha aniqlanadi. Tonus paypaslash yoki maxsus asbob – miotonomter bilan; harakatlar hajmi – bukish yoki yozish, yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, pronatsiya, supinatsiya imkoniyati bor burchak kattaligi bo‘yicha; kuch – dinamometr bilan; harakatlarning tezligi va koordinatsiyasi maxsus funktsional sinamalar bilan; pay reflekslari (tizza, axill) – tizza qopqog‘idan pastda sonning to‘rt boshli mushagi payiga yoki axill payiga bolg‘acha bilan urish orqali aniqlanishi haqida nazariy ma`lumotlarga ega ekanligini aniqlash va baholash.