5-mavzu: Sport pedagogik nazorat mazmuni va metodlari.
Mavzuning maqsadi: Tibbiy pedagogik nazoratning ahamiyati, vazifasi va uslublarihaqida talabaga bilim berish. Anamnez, antropometriya, somatometrik, somatoskopiya haqida talabalarga bilim berish. Organlar sistemalarining funktsional holatini tekshirish metodlari haqida talabalarga bilim berish.
Kutilayotgan natija: Talabalar tibbiy pedagogik nazoratning ahamiyati, vazifasi va uslublarihaqida ma’lumotga ega bo’ladi. Anamnez, antropometriya, somatometrik, somatoskopik tekshirish usullarini o’rganadi.
Savol variantlari: Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanadigan va shug’ullanmaydigan sog’lom odamlarning organizmidagi farqlar haqida ma’lumot to’plang.
Organizmning fiziologik tuzilishining sport turlarini tanlashdagi ahamiyatini tahlil qiling.
Tibbiy pedagogik nazoratning ahamiyati, vazifasi va uslublari.
Organlar sistemalarining funktsional holatini tekshirish metodlari (yurak qon-tomir, nafas olish, nerv-muskul va boshqalar).
Suyaklarning ko’rinishini baholashni jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchilarga qanday ahamiyati bor?
Salomatligida anchagina o’zgarish bo’lgan bolalar nima uchun maxsus o’quv programmaga binoan mashg’ulot olib boradilar? Misol keltiring.
Nafas olish organlarini funktsional holatini tekshirish fanday ahamiyatga ega?
6-mavzu: Yoshlar va o‘quvchilarni jismoniy tarbiyasida shifokor nazorati.
Mavzuning maqsadi: Talabalarga skoliozni va yassioyoqlikning kelib chiqishi, turlari va taxminiy davolash mashqlarihaqida bilim berishdir. Talabalarga yassioyoqlikning kelib chiqishi, turlari va taxminiy davolash mashqlarihaqida bilim berishdir.