Pedagogik jarayon va uning tuzilishi. Pedagoglik kasbining paydo bо‘lishiga e’tibor qaratilsa, shu narsa kо‘rinadiki, dastlab uning doirasida differensiallashuv va integratsiyalashuv jarayoni chegaralangan bо‘lsa, keyinchalik ochiqchasiga ta’lim va tarbiya qarama-qarshi qо‘yila boshladi: о‘qituvchi о‘qitadi, tarbiyachi esa tarbiyalaydi. Lekin XIX asrga kelib, taraqqiyparvar pedagoglarning ishlarida argumentlarni asoslashda ob’ektiv nuqtai nazardan ta’lim va tarbiyaga bir butun, yaxlit hodisa sifatida qarala boshladi. I.F. Gerbartning fikricha, tarbiyasiz ta’limda vosita bor, lekin maqsad yо‘q, ta’limsiz esa maqsad bor, vosita etishmaydi.
Nemis pedagogi A. Disterveg, ta’limni tarbiyaning bir qismi sifatida qaraydi: “Ta’lim prinsiplari bor ekan, hamisha tarbiya prinsiplari ham bо‘ladi, yoki aksincha”.
Pedagogik jarayonning yagonaligi g‘oyasi K.D Ushinskiy g‘oyalarida chuqur ifodalangan. U pedagogik jarayonni maktab faoliyatining ma’muriy, о‘quv va tarbiya elementlarini bir butun tizim sifatida tushundi. K. D. Ushinskiyning taraqiyparvar g‘oyalari uning izdoshlari: N.F. Bunakov,
P.F. Lesgaft, K.B Yelniskiy, V.P Baxterov va boshqalarning ishlarida о‘z aksini topgan.
Pedagogik jarayon muammosi bilan P.F. Kapterev alohida shug‘ullandi. U pedagogik jarayonlarning kо‘ptomonlama ham ichki, ham tashqi jihatlarini taxlil qiladi va quyidagi xulosalarga keldi: “Ta’lim, о‘qitish, о‘rgatish, tarbiya, pand-nasihat, о‘git va boshqa bir qator sо‘zlar turli xususiyat, jihatlar, vosita va vaziyatlarni ifodalaydi, lekin ularning hammasi yagona pedagogik jarayondir”.
XX asrning 70-yillarida Y.K. Babanskiy, B.S.Ilin, V.M.Korotov, B.V.Kraevskiy, B.T.Lixachev, Y.P. Sokolnikov va boshqalar yagona pedagogik jarayonga ilmiy qiziqish bilan qarashdi.
Pedagogik jarayonning mohiyati tizimli metodologik yondashuv asosidagina zamonaviy mualliflar tomonidan ochib berildi. U pedagogik ob’ektlarni tizimlar sifatida qarashni taklif etadi, aynan: tarkibiy qismlarining tuzilishini, ular orasidagi о‘zaro aloqadorlikni aniqlash kabilarni о‘zida jamlaydi.