Guliston davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə52/67
tarix22.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#190204
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   67
portal.guldu.uz-Metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari

Asosiy qoidalari quyidagilar:
Aytilayotgan barcha g‘oyalar bir-biriga nisbatan muhimlikda tengdir.
Kiritilayotgan g‘larga nisbatan tanqidning mavjud emas.
G‘oyani taqdim etayotgan paytda sо‘zlovchining gapini bо‘lmaslik.
Sо‘zlovchiga nisbatan baholovchi komponent mavjud emas.
Metodni ishlatishga kirishmoq…
1-metod – guruhning barcha ishtirokchilariga bir mavzu va bir savol qо‘yiladi.
О‘qituvchi о‘quv jarayonida tashabbusni о‘z qо‘liga shunday tarzda oladi: u auditoriyadagi barcha talabalarga savol beradi va qandaydir maxsus mavzuga daxldor barcha mumkin bо‘lgan fikrlarni aytishni sо‘raydi.
Barcha, hatto, axmoqona g‘oyalarni ham aytishga ruxsat beriladi. Aytilayotgan fikrlar ichida birgina asosiy mavzu saqlanib qolishi shart.
Birortasining ham fikri sharhlanmaydi, tanqid qilinmaydi, baholanmaydi.
Asosiy fikrlarni о‘qituvchi flip-karta, doskaga yozib oladi yoki ekranda kо‘rsatadi.
Aqliy hujum tugagach, barcha g‘oyalar tо‘planishi, guruhlarga ajratilishi yoki kategoriyalarga bо‘linishi mumkin.
2-metod – barcha mavzu va savollar umumiy yо‘nalishi saqlangan holda katta guruh tarkibidagi guruhchalarga takdim etiladi.
О‘qituvchi umumiy mavzu bо‘yicha bir necha, balki 4-6ta savol tayyorlashi mumkin.
Katta guruh kichik guruhchalarga ajratiladi va har bir guruhchaga aqliy hujum о‘tkazish uchun alohida savol beriladi.
Har bir guruhcha aqliy hujum mahsulotini yozib olish uchun bittadan kishi ajratadi, keyinchalik, jarayon tugashi bilan uni guruhning barcha a’zolariga taqdim etadi.
G‘oyalar har bir guruhcha tomonidan katta sahifaga markerdan foydalanib yozib olinishi mumkin. Shunday sahifa – plakatning yuqorisiga tayyorlangan savollar yozib qо‘yiladi. Sahifa – plakat jarayonning oxirida har bir xohlovchi nima yozilgan va jamlanganligini kо‘rishi uchun osib qо‘yiladi.
Aqliy hujumning bu metodi vaqtning qisqacha davrida bir savolning bir necha jihati ishlab chiqilishi zarur bо‘lgan joyda, ayniqsa, foydalidir.
О‘qituvchi rahbar-yordamchi sifatida harakat qiladi va bir guruhdan ikkinchi guruhga aqliy hujum amalga oshirilayotgan paytda о‘tib turadi.
Muhim g‘oyalar aqliy hujum paytida ishlab chiqilgan bо‘lishi va munozaralarda muhokama etilgan bо‘lishi kerak.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin