Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

 

 
A.I.Gertsen, K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy va N.A.Dobrolyubovlar 
taraqqiyotparvar shaxslar sifatida jamiyat hayotiga daxldor, xususan, oila tarbiyasi 
samaradorligini oshirishga doir ilg’or fikrlarni ilgari surishgan. Boshqa 
ma’rifatparvarlarning pedagogik yondashuvlaridan farqli ular oila tarbiyasining 
imkoniyatlarini yanada keng, alohida ajratib ko’rsatishga uringanlar. 
Aleksandr Ivanovich Gertsen
(1812-1870 yy.) o’z davrida birinchilardan bo’lib, 
dvoryan oilalarida bolalarni o’qitish va tarbiyalashga yo’naltirilgan harakatlarning 
tashkil etilishini keskin tanqid qildi. Adib dvoryan oilalarida yo’lga qo’yilayotgan 
tarbiyani “qullik va mustabidlik maktabi” deb nomladi. Obrazli ravishda bunday 
oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarni zamonaviy liboslar osib qo’yilgan garderobga 
qiyosladi. A.I.Gertsinning fikricha, dvoryan oilalaridagi tarbiyachilar “bolalarning 
qotillari” bo’lib, ular bolalarni aqliy va axloqiy jihatdan nopob qilib o’stiradilar, 
xolos.
Adib oila tarbiyasini “muhim ahamiyatga ega ijtimoiy ish”, deb baholaydi. Shu 
sababli ota-onalar bolalarni tarbiyalash borasida jamiyat oldida majbur, burchli 
ekanliklarini qayta-qayta uqtiradi.
A.Gertsen ayollarning erkaklar bilan ijtimoiy tengligining tarafdori edi. U 
ayollarning faoliyati faqat bolani tarbiyalash bilan chegaralanmasligi ta’kidlaydi: 
“Ayollarning oilaviy vazifasi har qanday holatda ham uning ijtimoiy roliga ta’sir 


35 
etmaydi. Dunyo erkaklar singari ayollar uchun ham birdek ochiq”. Adibning qayd 
etishicha, ayollarning ijtimoiy hayotdagi ishtiroki uning tarbiyaviy rolini 
kuchaytirishgagina xizmat qiladi. Bundan tashqari, u ayollar to’laqonli ta’lim 
olishlari kerak, degan g’oyani yoqlab chiqqan. 
Otaning bola tarbiyasidagi roli nihoyatda mas’uliyatli, bolalarning taqdiri otaga 
bog’liq ekanligini uqtirgan A.Gertsen o’z bolalarining tarbiyasiga jiddiy e’tibor 
qaratdi: “Agar bolalar yomon yo’lga kirib ketishsa, bu mening aybim bo’ladi”. 
Adib farzandlarining tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratdi, ular uchun tarbiyachilarni 
o’zi tanladi, doimiy ravishda ularning faoliyatini kuzatib bordi va yo’l qo’ygan 
xatolarni to’g’rilashga harakat qildi.
A. Gertsen asosiy e’tiborni tarbiyaning g’oyaviy mohiyatiga qaratib, barcha 
imkoniyatidan foydalangan holda farzandlarining vatanparvar, insonparvar
o’zgalarga g’amxo’r, mehribon, shaxsiy orzu-umidlarga nisbatan esa sadoqatli 
bo’lib voyaga etishlari uchun harakat qildi.
Adib har bir oilaning muayyan qadriyatlarga ega bo’lishi muhimligini, buning 
uchun ota-ona va farzandlar, oilaning barcha a’zolari o’rtasida o’zaro hurmat, 
mehr-muhabbatni shakllantirish zarurligini qayd etgan. Bolalar yoshligidanoq bir-
birlariga, oilaning barcha a’zolariga nisbatan muhabbatlarini namoyon eta olish, 
yaqin kishilar haqida g’amxo’rlik qilishlari kerak.
A.I.Gertsenning bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini, ongli xulq-atvorni 
shakllantirish oilaning asosiy vazifasi ekanligi borasidagi fikrlari bugungi kun 
uchun ham nihoyatda ahamiyatlidir. 
Rus pedagoglari orasida

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin