Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Oilada milliy tarbiya vositalaridan foydalanish



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

 
Oilada milliy tarbiya vositalaridan foydalanish. 
Oila sharoitida tarbiya 
jarayonining samarali kechishida ota-onalarning ta’sirchan pedagogik vositalardan 
foydalana olishlari ham muhim ahamiyatga ega. Muammoni nazariy va amaliy 
jihatdan tahlil etish natijasida oilada tarbiyani amalga oshirishda quyidagi 
tarbiyaviy vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligiga ishonch hosil 
qilindi: 
1) xalq pedagogikasi g’oyalari; 
2) xalq og’zaki ijodi namunalari (ertaklar, topishmoqlar, maqollar, afsonalar, 
dostonlar, xalq qo’shiqlari, pand-nasihatlar, o’gitlar); 
3) milliy axloq-odob, urf-odat, udum, qadriyatlar, bayram va marosimlar; 
4) mutafakkirlarning o’git va pandlari, taniqli kishilarning hayoti va faoliyatiga oid 
ibratli misollar; 
4) oilaviy an’analar, udumlar (oila a’zolari uchun ahamiyatli
bo’lgan sanalarni nishonlash, o’tganlarni yod etish va h.k.); 
5) sulola uchun qadrli bo’lgan moddiy ashyolar (yodgorliklar, kitoblar,
sulola vakillarining kasb-koriga dahldor bo’lgan buyumlar, binolar, inshootlar 
(jumladan, tegirmon, ustaxona) va b.); 
6) sulola haqida ma’lumot beruvchi shajara; 
7) sulola vakillarining kasb-korlariga oid hayotiy lavhalar, xotiralar; 
8) keksa avlod vakillari, ota-onalar hamda katta
yoshli oila a’zolarining shaxsiy namunasi; 
9) oila va oila tarbiyasiga oid ilmiy, ilmiy-ommabop va ommabop asarlar; 
10) vaqtli matbuot materiallari va h.k. 
Ezgu g’oyalarni targ’ib etuvchi hikoya bolaning ma’naviy kamolotini 
ta’minlashda muhim o’rin tutadi. Shu bois har bir oilaning kitob javonida ertaklar 
to’plamining bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Keyingi vaqtlarda O’zbekistondagi 
nashriyotlardan ko’pgina qiziqarli, ezgu g’oyalarni targ’ib etuvchi to’plamlar chop 
etildi. Yosh bolalarga hikoya qilinadigan ertaklar mazmunan qisqartirilishi, bayon 
uslubining o’zgartirilishi, ertakning tushunarli hikoya qilinishi ularning tarbiyaviy 
ta’sirchanligini yanada oshirishga xizmat qiladi. 
Ertakni tanlay bilish katta ahamiyatga ega. Maktabgacha tarbiya yoshidagi 
bolalarga devu-parilar, shayton, yalmog’iz kampir, alvasti, ajina, suv parisi va shu 
kabi obrazlar mavjud bo’lgan ertaklarni aytmaslik kerak. Bunday ertaklarni katta 
yoshdagi bolalarga tavsiya qilish mumkin, negaki, ular bu vaqtda muayyan 
darajada tafakkurga ega bo’lib, ular ustidan ezgulikning, ijobiy qahramonlarning 
g’olib kelishlariga ishonishadi. Qolaversa, ular ertakdagi turli devu parilar, 
yalmog’iz kampir va boshqa salbiy obrazlar ertaklarga atayin kiritilgan obrazlar 


115 
ekanligini, ular vositasida insonlarga yomonlikni tilovchi yot g’oyalar 
ifodalanganligini tushunib etadilar. Kichik yoshdagi bolalar esa devu parilar va 
boshqa shu kabi obrazlarni haqiqatan mavjud deb qabul qilishlari mumkin, buning 
natijasida bolada vahima uyg’onadi, kechalari yaxshi uxlay olmay, bosinqirab 
chiqishadi. 
Yosh bolalar uchun eng ma’qul ertaklar – bu hayvonlar va ularning hayoti. 
Faoliyati, xatti-harakatlariga oid ertaklar sanaladi. O’zbek xalq ertaklari xazinasida 
bunday ertaklar juda ko’p va ular juda ta’sirchan ertaklardir. Xuddi shuningdek, 
O’zbekistonda istiqomat qiluvchi boshqa xalqlar ham tarbiyaviy ahamiyatga ega 
ertaklarga boy sanaladi.
Bola 
voyaga 
etib 
borishi 
bilan 
kishilarning 
bir-birlariga 
bo’lgan 
munosabatlarining ertaklarga ko’chganligini anglay boradi. Shu sababli ular 
orasidan tarbiyaviy ahamiyatga egalarini tanlay olish maqsadga muvofiqdir. 
Jumladan, Nasriddin Afandi haqida ko’plab qiziq latifalar mavud bo’lsa-da, biroq, 
ular orasidan kishini o’ta ahmoq qilib ko’rsatmaydigan latifalarnigina tanlagan 
holda oila tarbiyasida ulardan foydalanish talab etiladi. Kichik va o’rta yoshli 
bolalarga ezgu niyatli qahramonlar yoki bolalar halok bo’ladigan qayg’uli 
ertaklarni hikoya qilish to’g’ri emas. Aksincha, bolalarni harakatga undaydigan, 
faollikka da’vat etadigan, o’z kuchiga ishonchi ortadigan, hayotga ishonch bilan 
qarashga o’rgatadigan ertaklarni hikoya qilib berish maqsadga muvofiq sanaladi. 
Yordamga muhtojlarga ko’mak berishni targ’ib etuvchi ertaklar bolalarda ularni 
notavon va ojiz kishilar ekan, degan tasavvurning hosil qilishiga olib ketmasligiga 
e’tibor qaratish lozim. Zulm va zo’ravonlikning ayanchli oqibatlarini tasvirlovchi 
ertak, qissa va dostonlarni faqatgina katta yoshdagi bolalar bilan birga o’qish va 
tinglash pedagogik jihatdan to’g’ri yo’l hisoblanadi. 
Bolalarning xayollarini boyitish va ularni maishiy hayot, ijtimoiy munosabatlar 
bilan yaqinroq tanishtirish uchun turli surat va tasvirlardan foydalanish ham 
alohida ahamiyatga ega. Bunda faqat bolalar jurnallaridan olingan rasmlardan 
foydalanibgina qolmay, balki ixtiyoriy rasm, gravyura yoki fotosuratlarning 
ko’chirmalaridan foydalanish mumkin. Asosiy e’tibor ularning mazmunan 
bolalarning yoshi, xususiyatlariga mos bo’lishiga qaratish kerak, xolos. Odatda 
bolalar bunday rasmlarni tomosha qilayotganlarida nihoyatda ko’p savollar 
beradilar, tafsilotlarini, sabablarini bilib olishga qiziqadilar. Savollarga hamma 
vaqt bola uchun tushunarli qilib javob bermoq kerak. Bordi-yu, javob berish 
mushkul bo’lgan savol berilsa, u holda: “Sen hali tushunmaysan, katta 
bo’lganingdan keyin bilib olasan”, – deyish lozim. Bu kabi javoblarning hech 
qanday ziyoni yo’q, hatto bu javoblar bolalarni berilgan savolga imkon darajasida 
javob berishga odatlantiradi. Kerakli rasmlarni “Funcha” hamda “Gulxan” kabi 
boshqa jurnallardan topish mumkin. 
Bolalar uchun kitob sotib olishda yirik harflar bilan chop etilgan, rasmlari ko’p, 
mazmuni tushunarli bayon etilganlarini tanlash zarur. Bunday kitoblar bolalarda 
o’qishga bo’lgan qiziqishni uyg’otadi, shuningdek, savod chiqarish yo’lidagi 
muayyan qiyinchiliklarni engishga yordam beradi. 
Savod o’rgatishdan bolalik hayotining ikkinchi davri – o’qish va bilim 
orttirishga bag’ishlangan davri boshlanadi. Bu davrda bola hayotida maktab eng 


116 
muhim o’rin oladi, ammo bundan aslo, ota-onalar o’z bolalarini tarbiyalash 
vazifasini unutib, faqat maktabgagina tayanishlari mumkin, degan xulosaga kelish 
yaramaydi. Aksincha, ota-onalar tomonidan oilada tashkil etiladigan madaniy-
ma’rifiy ishlari, barcha a’zolarning madaniy muomalasi bolaning maktabdagi 
o’qishi uchun, o’qishining sifati uchun, ota-onalari, o’rtoqlari va maktab jamoasi 
bilan ijobiy munosabatda bo’lishi uchun katta ahamiyatga ega. Gazeta, kitob, 
televidenie va ma’naviy tarbiyaning qolgan boshqa vositalari xuddi ana shu 
darajada juda ham katta ahamiyat kasb etadi.
Quyida ana shu vositalarning har biri va ularning tarbiyaviy imkoniyatlari 
xususida batafsil so’z yuritiladi. 
Bolaning savodi chiqqach, gazetaning uning hayotida mustahkam o’rin olishiga 
erishish kerak. Ota-onalar bolalarga mo’ljallangan gazetalardan biriga obuna 
bo’lishi kerak. Ushbu gazetani ular bolaga eshittirmasdan o’qimasliklari, har birlari 
alohida gazeta bilan tanishib chiqmasliklari lozim. Har bir gazetada bolalarga 
maxsus o’qib berish uchun mo’ljallanmagan bo’lsa-da, har holda ularning 
oldilarida ovoz chiqarib o’qish va fikr almashish mumkin bo’lgan material 
topiladi, albatta. Agar gazetadan o’qigan material bolalar uchun mo’ljallanmagan 
bo’lsa, yanada yaxshi. Bola baribir quloq soladi, agarda ota-onalar o’zlarini 
xotirjam tutishsa, u shu qadar diqqat bilan quloq soladi. Xalqaro ahvol, mustaqillik 
bayrami, mamlakat chegarasidagi voqealar, fidoiy fuqarolar tomonidan 
ko’rsatilgan qahramonliklar, shaharlarning qurilishi va bezatilishi, ijtimoiy hayotga 
oid yangi tartib-qoida va qonunlar bolalarning dunyoqarashini boyitish bilan birga 
ularni shaxslararo munosabatlarga samarali tayyorlashga yordam beradi. 
Bolalar voyaga etgan sari, ayniqsa, ularning o’zlari o’qishni o’rgangan vaqtidan 
boshlab, gazetaning ular hayotidagi ahamiyatini tobora oshirishga erishish lozim. 
Albatta, agar iloji bo’lsa oildagi har bir farzandning yosh xususiyatlarini inobatga 
olgan holda ular uchun gazeta va jurnallariga obuna bo’lish yanada afzal 
hisoblanadi. Biron sababga ko’ra buning iloji bo’lmasa, ushbu holat unchalik ziyon 
keltirmaydi. Chunki gazetalarning bayon uslubi har bir kishi uchun tushunarli, shu 
sababli ularda bola uchun ham biron-bir qiziq materialni hamma vaqt topish 
mumkin. Ota-onalar shunga e’tibor berishlari kerak, gazetani bolalarning o’zlari 
ham o’qishsin. Imkon qadar gazetaning har bir bola uchun hayotiy zaruratga 
aylantirish maqsadga muvofiq.
Biroq, ayni o’rinda shuni ham unutmaslik kerakki, har bir bola tomonidan
o’qilgan material oila davrasida muhokama qilib borilishi yoki hech bo’lmaganda 
bu to’g’rida suhbat uyushtirilishi zarur. Muhokama jarayonida ota-onalar 
unutmasliklari kerakki, suhbatlar rasmiyatchilikka aylantirib yuborilmasin. 
Shuningdek, suhbatlar uchun alohida soat ajratib o’tirmaslik hamda unga ko’p vaqt 
sarf qilmaslik lozim. Odatda oila davrasidagi suhbatlarning maxsus saboq berishga 
asoslanishi, ezmalik qilish, buyruq, talab ohangida so’zlash bolalar tomonidan 
o’qilgan materialning tarbiyaviy ta’sirchanligini kamaytiradi. Shu bois o’qilgan 
materialni muhokama qilish erkin suhbat bo’lishi, munozaraning samimiylik kasb 
etishiga diqqat qaratilishi kerak. Agarda, bu kabi suhbatlar biron-bir uy yumushi 
bilan bog’liq ravishda yoki oila a’zolaridan birov aytgan fikr bahonasida 
“bexosdan boshlanib ketguday” bo’lsa, u yanada samarali uyushtiriladi. Bordi-yu, 


117 
suhbatlarni boshlash uchun yaxshi bahonalar topilmasa, u holda ota-onalar o’z 
farzandlarigna “Xo’sh, bugun gazetada qanday qiziq xabar chop etilgan ekan?”, 
deya murojaat qilishlari mumkin. 
Katta yoshdagi bolalar uchun gazeta madaniylikning, kichik yoshdagi o’g’il 
yoki qiz bolalar uchun esa ijtimoiy va tabiiy borliq mohiyatini anglashga imkon 
beruvchi vosita bo’lib qolishi zarur. 
Oila muhitida farzandlarni kitob bilan tanishtirish ham ota-ona, yoshi kattalar 
tomonidan ovoz chiqarib o’qishdan boshlanishi kerak. Farzandlarning savodi 
chiqqandan keyin ham iloji boricha ota-ona va katta yoshli oila a’zolarining ovoz 
chiqarib kitob o’qishlari oila tarbiyasining eng samarali usuliga aylanishi zarur. 
Shunga erishish zarurki, kitoblar mutolaasi kunlari bolalar uchun bayram kabi kun 
bo’lib qolsin. Bunga erisha olish ota-onalarning eng katta yutug’i bo’lgan bo’lardi. 
Asta-sekin avvallari ota-onalar tomonidan asarlarning o’qib berilishi o’rnini 
keyinchalik farzandlarning o’zlariga topshirish kerak. Jarayonning samarali 
bo’lishi quyidagicha yo’l tutilishiga bog’liq: 
1)
ota-ona tomonidan asarlarni maxsus o’qib berishda
dastlab bolaning tinglovchi bo’lishga o’rgatish; 
2)
asta-sekin asarlarning ota-ona yoki yoshi katta oila a’zolarining
bolalar bilan birgalikda, o’zaro hamkorlikda (muayyan
sahifalarni navbatma-navbat) o’qishga erishish; 
3)
o’qilgan asarni oila davrasida jamoa bo’lib muhokama qilish; 
4)
asar yuzasidan o’zaro fikr almashishga erishish. 
Oila davrasida farzandlarning badiiy asarlarni mutolaa qilishga bo’lgan 
qiziqishini jamoa asosda rivojlantirish hamda ularda o’qilgan asarga tanqidiy 
yondashish, bayon etilgan voqelikdan xulosa chiqarish, qahramonlarning ijobiy 
fazilatlarini o’zlashtirishga intilish ko’nikmasini tarbiyalash maqsadga muvofiqdir.
Ota-ona va oilaning katta yoshli a’zolari o’zlari namuna ko’rsatish orqali 
bolalarda sekin-asta ularning o’zlari mustaqil ravishda ishtiyoq bilan badiiy 
asarlarni o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirishga e’tibor qaratishlari oila 
tarbiyasida yuksak samaradorlikka erishishni kafolatlaydi. Bolalarning, ayniqsa, 
katta yoshdagi bolalarning badiiy asarlarni mustaqil o’qishlari maktab ta’limi 
jarayonida yana mustahkamlanadi. Ammo ota-onalar shu unutmasliklari kerakki, 
agarda bolalarning badiiy kitoblarni mutolaa qilishlariga oila sharoitida e’tibor 
qaratilmas, bolalarda bu boradagi dastlabki ko’nikmalar shakllantirilmas ekan, 
ta’lim muassasalari bu borada hech bir natijaga erisha olmaydi.
Ayni o’rinda ota-onalarning e’tiborlariga farzandlarni oila sharoitida kitob, 
xususan, badiiy asarlarni mutolaa qilishga o’rgatish yuzasidan quyidagi 
tavsiyalarni havola etish maqsadga muvofiqdir: 
a) ota-onalar bolalar tomonidan badiiy asarlar va maxsus adabiyotlarni tanlashni 
nazorat qilib borishlari kerak, zero, bolalarning yosh va psixologik xususiyatlari, 
dunyoqarashi, bilim darajasiga mos bo’lmagan adabiyotlar, asarlarni mutolaa 
qilishlari ularda noto’g’ri tasavvurlarni hosil qiladi, qolaversa, vaqtlarining behuda 
sarflanishiga olib keladi. 
b) oilaning katta yoshli a’zolari, xususan, ota-onalar bolalarning badiiy asarlar, 
maxsus adabiyotlarni qanday o’qishlaridan xabardor bo’lishlari lozim; ular 


118 
bolalarni kitoblarni o’qishda ularning mazmuniga e’tibor bermay, sahifama-sahifa 
tez-tez o’qishdan, qiziqarli voqealarni yuzaki kuzatib borishdan saqlanishga 
o’rgatib borishlari kerak; 
v) ota-onalar va oilaning katta yoshli a’zolari bolalarni kitoblarni ehtiyot qilib 
tutishga odatlantira olishlari zarur. 
Bolalar kitobxonligi masalalarini o’rganish natijalarining ko’rsatishicha, ota-onalar 
kitob tanlashga ko’pincha yaxshi e’tibor bermaydilar. Bundan tashqari, bolalar 
uchun lotin alifbosida yozilgan kitoblar hali kam. Har holda, kitobga doir hamma 
masalalar yuzasidan ota-ona yoki kutubxonachidan maslahat olish mumkin va 
hech kim bunday maslahat berishdan bosh tortmaydi.
Televidenie va radio, ular orqali namoyish etiladigan kino, video filmlar, teatr 
spektakllari, dam olish dasturlari nafaqat bolalarni, balki kattalarni ham 
tarbiyalovchi ta’sirchan vositalardir. Biroq, zamonaviy sharoitda suratga 
olinayotgan kino, video filmlar, teleseriallar, sahnalashtirilayotgan teatr 
tomoshalarini ham birdek tarbiyaviy ahamiyatga ega deb bo’lmaydi. Aksariyat 
kino, video filmlar, teleseriallar esa o’zbek xalqiga xos milliy mentalitetga zid 
g’oya, qarashlar bilan boyitilgan, ayrimlari esa “ommaviy madaniyat” 
ko’rinishlarini targ’ib qilishga mo’ljallangan bo’lib, ular bolalar ongida salbiy fikr, 
xulqida esa axloqsiz sifatlarning shakllanishiga zamin yaratadi.
Shu sababli ota-onalar kino, video filmlar, teleseriallarning davlat 
kinostudiyalarida yaratilganligi yoki davlat buyurtmasi bilan tayyorlanganligiga e’tibor 
qaratishlari zarur. Binobarin, bu kabi san’at mahsulotlarigina o’zida milliy g’oya 
va mafkura tamoyillarini targ’ib etish bilan birga, milliy qadriyatlarni targ’ib 
etishga xizmat qiladi. Ularni tomosha qilgan bolalar o’zlari uchun zarur bo’lgan 
“ma’naviy ozuqa”ga ega bo’ladilar.
Mustaqillik yillarida yaratilgan kino, video filmlar, teleseriallarning deyarli 
barchasi badiiy jihatdan yuksak bo’lib, ulardan oila tarbiyasini tashkil etishda 
foydalanish kutilgan natijalarni kafolatlaydi. Shunga qaramay, ota-onalar bolalarni 
kino-teatrlarga olib borishdan butunlay voz kechmasliklari, ularni nazoratsiz 
qolishlariga yo’l qo’ymasliklari kerak. 
Ota-onalar, avvalo, bolalarning kinofilmga bo’lgan munosabatlariga e’tibor 
qaratishlari kerak. Ba’zan shunday hollar bo’ladiki, bolaning fikri-yodi kinoda 
bo’lib qoladi. Namoyish etiladigan kino, video film yoki teleserailni deb bolalar 
boshqa vazifalarni, jumladan, dars tayyorlashni ham unutib qo’yadilar. Birorta ham 
filmni qoldirmay ko’radilar, vaqtlarini asosiy qismini televizor qarshisida 
o’tkazadilar.
Televizorni ko’p ko’rish bir talay zararli oqibatlarga olib keladi. Masalan: 
1
) doimiy kam harakatlilik tana vaznining oshishini ta’minlaydi; 
2) ko’rish gigienasiga rioya qilmaslik ko’zni toliqtiradi; 
3) bolalarning miyasi muhim-nomuhim, kerak-nokerak axborotlarni qamrab oladi, 
buning oqibatida miya toliqib, bosh og’rig’i yuzaga keladi; 
4) televizorni doimiy tomosha qilish bolalarda ishtiyoqsizlikni yuzaga keltiradi, 
natijada ular asta-sekin har bir filmni zavqsiz tomosha qilishga odatlanishadi; bora-
bora bolalar kartinani shunchaki kuzatib o’tirishga o’rganadilar; bu esa bolalarni 
fikrlashga undamaydi; filmga nisbatan hech bir savol yuzaga kelmaydi. Bu tariqa 


119 
film ko’rishning foydasi juda kam bo’ladi, ba’zan esa katta zarar ham keltiradi. 
Shu sababli yuqorida aytib o’tilganidek, ota-onalar kino, video filmlar, 
teleseriallarni tomosha qilishda yo’l-yo’riq ko’rsatib, rahbarlik qilib turishlari 
zarur. 
14-15 yoshgacha bola badiiy yoki videofilmlarni ota-onalari yoki opa va akalari 
bilan birga ko’rgani ma’qul. Bu nafaqat bolalarni nazorat qilish shakli bo’lib 
qolmay, balki, ko’proq, birgalashib kitob o’qish to’g’risida bergan tavsiyamizda 
ko’zlangan maqsad uchun zarurdir. Har bir film oilada hech bo’lmaganda bir necha 
minut muhokama va muzokara uchun mavzu bo’lishi kerak. Ota-onalar bu 
to’g’rida bolaning ham o’z fikrini bayon qilishiga, unga nima ma’qul bo’lib, nima 
ma’qul bo’lmaganini, nimasi qattiq ta’sir etganini gapirib berishiga erishmoqlari 
kerak. Agar bunda ota-onalar bolani faqat tashqi hodisalar, syujetning qiziqligi, 
kino qahramonining sarguzashtlarigina qiziqtirayotganini payqasalar, bir-ikki savol 
yordamida uning e’tiborini kinofilmning mazmuniga qaratishlari lozim. Ba’zan, 
hatto bolaga hech qanday savol bermay, faqat uning oldida o’z fikringizni 
aytishingizning o’zi ham kifoya qiladi. 
Bolalarning qanday filmni ko’rishlari ko’proq ma’qul ekanini ota-onalar hal 
qilishi kerak. Biron kartinani ilgariroq ko’rgan va u to’g’rida ba’zi narsalarni aytib 
bera oladigan shaxsni deyarli har vaqt uchratish mumkin. Ba’zi kartinaning 
mazmuni bolaga og’irlik qiladi, bola undan hech narsa tushunmaydi, boshqa bir 
xillarining mazmuni bolaga aks ta’sir qilishi mumkin, uchinchi bir xillarida 
bolaning anglashi uchun hali juda erta bo’lgan muhabbat yoki tibbiyotga doir 
mavzular ko’rsatiladi. Bolalarni bunday lavhalarni ko’rishdan saqlanish kerak. 
O’z-o’zidan ravshanki, kartina tanlashda bolaning ahvolini ham, maktabdagi 
o’qishini, xulqini ham inobatga olish kerak.
Oila tarbiyasi samaradorligini oshirish va bu yo’lda muvaffaqiyatlarga erishish 
omillaridan yana biri ota-onalarga mo’ljallangan tarbiyaviy mazmundagi 
bukletlardir. Bukletlar mazmunida hayotiylik, bugungi kun qiyofasi aks etib turishi 
kerak. Ana shunda ularning ta’sir kuchi yuqori bo’ladi.
Oilada jamoa bo’lib gazeta va jurnallarni mutolaa qilish bolalarning jamiyatda 
ro’y berayotgan ijobiy o’zgarishlar, erishilayotgan yutuqlarni to’g’ri anglash, 
Vatan himoyasi yo’lida jon bergan fidoiylardek bo’lishga intilish hissiga ega 
bo’lishlariga yordam beradi. Mamlakat sportchilarining xalqaro musobaqalardagi 
muvaffaqiyatlari, musiqa festivallari va boshqa ommaviy tadbirlar to’g’risidagi 
ma’lumotlarni o’zlashtirishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantiradi. Ota-onalar 
bolalarni dastlab u yoki bu mazmundagi xabarlar olamiga olib kirishlari va asta-
sekin ularni mustaqil mafkuraviy ma’lumot olishga o’rgata borishlari kerak. 
Odatda oilada tashkil etilgan har bir ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo’yicha 
kundalik yoki xotira daftarlarini yuritish, do’stlar bilan xat yozishish, bolalarni sayr 
yoki sayohatga olib chiqish, bolalarning mahalla, hovlini obod qilish ishlarida 
ishtirok 
etishi, 
turar-joy 
uylarining 
hovlilaridagi 
bolalarni uyushtirish
uchrashuvlar, o’yinlar, sayrlar va boshqa shu kabilar tadbirlarni tashkil etish ham 
bolalarni oila muhitida atrofdagilar – qo’ni-qo’shnilar yordamida, ularning ibratlari 
vositasida samarali tarbiyalash imkonini beradi. 


120 
Uy sharoitida bolalar tomonidan milliy axloq talablarini o’rganishlariga 
erishishda ham tarbiya metodlarini tanlash ham muhim ahamiyatga ega. Bunga 
ularning nafaqat mazmuniga, balki shakliga ham e’tibor berish kerak. Har bir ishda 
bolalarning faol bo’lishlariga erishish lozim, ularda faqat ko’rish va eshitish 
malakasinigina tarbiyalab qolmay, balki istak, xohish, qiziqish, g’alabaga intilish, 
to’sqinliklarni engish, o’ziga o’rtoqlarini va kichik bolalarni jalb qila olish 
malakalarini ham tarbiyalab borish talab etiladi. 
Uy-ro’zg’or yumushlarni turli metodlar yordamida amalga oshirish mumkin. 
Bu holat o’z-o’zidan bolalarni ham aqliy, ham jismoniy jihatdan fikrlashga, 
o’ylashga majbur qiladi. Oila sharoitida bajarilayotgan ishlarning barchasini doimo 
madaniy faollikdan ijtimoiy-siyosiy faollikka aylanib borishiga erisha olish lozim. 
Zero, shundagina bolalar o’zlarini shu jamiyat a’zosi ekanligini tobora chuqur his 
qilib boradi va samarali mehnat qilish ko’nikmalarini o’zlashtiradilar. 
Sobiq Ittifoq davrida bolalar tarbiyasiga nisbatan umumiy, mavhum, ya’ni, 
“sovet o’quvchisi”, “sovet bolasi”ni tarbiyalashga yo’naltirilgan talablar qo’yib 
kelindi. Bolalarning kamolotiga qo’yiladigan milliy talablar ularda shaxsiy 
imkoniyatlariga bo’lgan ishonchni yuzaga keltiradi, shaxsiy hayotining jamiyat 
ijtimoiy hayoti bilan uzviy aloqadorlik va bog’liqlikda kechishi borasidagi 
qarashni qaror toptiradi, shuningdek, oilaning muqaddasligini tushunish, uning 
sha’ni, obro’si uchun kurashish oddiy insoniy burch ekanligini anglashga imkon 
beradi. Ota-onalar bilan bolalar o’rtasida samimiy munosabatni o’rnatish oila 
tarbiyasini samarali tashkil etishning asosiy shartlaridan biridir.
Millatparvarlik milliy mustaqillik sharoitida xalqning ijtimoiy-g’oyaviy 
birligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan fazilat bo’lib, u jamiyat 
fuqarolarining manfaatlari uchun kurashishni ifoda etadi.
Shunday qilib, bolalar bilan ishlashning boshlang’ich davrida ota-onalarning 
talabchanligi ularni foydali faoliyatga yo’naltirish, shuningdek, noma’qul, befoyda 
harakatlarning oldini olish hamda to’xtatishning muhim omillaridan biri sanaladi.
Bugungi kunda oila tarbiyasi jarayonida milliy istiqlol talablari asosida 
bolalarda muayyan sifatlarni tarbiyalashni ijtimoiy maqsadga aylantirish talab 
etilmoqda. Bu yo’lda qo’llaniladigan metodlardan biri – bolalarda istiqbolga 
ishonchni hosil qilish hisoblanadi. 
Istiqbolga bo’lgan ishonchni hosil qilish bolalar bilan birga muayyan 
tadbirlarda ishtirok etish, birgalikda istirohot bog’i yoki mehmondorchilikka 
borishdan iborat bo’lishi mumkin. Mazkur metodni har bir bolaning hayotiy 
ehtiyoji, talabini inobatga olish asosida qo’llab, keyinchalik uni rivojlantirib, 
oilaviy, hatto, umummilliy munosabatlar darajasigacha ko’tarish mumkin. 
Agar ota-onalar bolalarga istiqbolni ma’lum ko’rsatmalarsiz tushuntirsalar, ular 
ijtimoiy, umummilliy maqsadlarni shaxsiy maqsadlar sifatida qabul qiladilar. 
Buning oqibatida kelajakda ular tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat shaxsiy 
manfaatlarga asoslanib qolishi mumkin. Bordi-yu, bolalarning istiqbol maqsadlari 
ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lsa, ularning faoliyatlari mazmunli bo’lish bilan birga, 
ularning faoliyatini boshqarish muayyan natijalarning kafolatlanishi asosida 
kechadi. 


121 
Shuning uchun bolalarda istiqbolli, ya’ni, shaxsning qiziqish va intilishlariga 
daxldor holda uni ijtimoiy faoliyatni tashkil etishga undaydigan maqsadni 
shakllantirish pedagogik jihatdan eng to’g’ri yo’ldir.
Bolalarda kelajakka bo’lgan ishonchni shakllantirish o’smir shaxsiga ta’sir 
ko’rsatishning ta’sirchan metodi bo’lib, uning yordamida zerikarli, uzoq muddatli 
faoliyatni ham maroqli jarayonga aylantirish, uni yangi mazmun bilan to’ldirish 
imkoniyati yuzaga keladi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin