Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

8. Oilaning relaksatsiya vazifasi.
Ishlab chiqarish jarayonining tezlashuvi, ijtimoiy 
va iqtisodiy munosabatlardagi kuchli raqobat zamonaviy sharoitda shaxslarda turli 
darajadagi zo’riqishlarni yuzaga keltirmoqda. Bu esa o’z-o’zidan oilaning relaksatsiya 
imkoniyatiga ega bo’lishi zarurligini taqozo etadi. Oilaning relaksatsiya vazifasi oila 
a’zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini yo’lga qo’yish, ruhiy-jismoniy quvvat va 
mehnat qobiliyatlarini qayta tiklash
65
dan iboratdir. Oila har bir shaxsning 
emotsional jihatdan to’laqonli shakllanishi mumkin bo’lgan eng qulay maskan 
sanaladi. Oila a’zolarining bir-birlariga bo’lgan ijobiy munosabatlari, o’zaro bir-
birlarini qo’llay olishlari ularda ruhiy xotirjamlik, hissiy barqarorlikni yuzaga 
keltirsa, ota-onaning farzandlar salomatligi to’g’risida qayg’urishlari, mehnat 
vositasida chiniqtirib borishlari ularning jismoniy baquvvat bo’lishlari uchun zarur 
sharoitni yaratadi. Qolaversa, ma’lum muammolarga duch kelgan farzandlarga 
so’z vositasida dalda berish, oila a’zolarining birgalikdagi dam olishlari jarayonida 
ota-onaning suv hamda musaffo havo yordamida chiniqishlari uchun sharoit 
yaratish ularni kuchli ruhiy zo’riqishdan xalos etadi.
Mehnat qobiliyatini yo’qotgan oila a’zosi to’g’risida ota-ona va yaqinlarining 
qayg’urishlari, unga dalda bera olishlari, moddiy va ma’naviy jihatdan qo’llab-
quvvatlashlari ham uning salomatligini, jismoniy-ruhiy quvvatini qayta tiklash
mehnat jarayoniga qaytarish uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Bu esa o’z 
navbatida oilaning reklaksatsiya vazifasi to’la-to’kis bajarilishini tasdiqlaydi.
Oilaviy munosabatlarning oila vazifalarining bajarilishidagi ahamiyati.
Oila hamda jamiyat o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ikki tomonlama aloqadorlik 
xususiyatiga ega. Har bir oila jamiyat talablariga muvofiq faoliyat yuritadi. 
Jamiyatning rivoji esa, yuqorida aytib o’tilganidek, oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy 
va ma’naviy taraqqiyotiga bevosita bog’liqdir. Chunonchi, ijtimoiy borliqning 
oilalar zimmasiga qo’yadigan talablari ularning manfaatlariga zid bo’lmasa, 
aksincha, oilalar farovonligi, tinchligini ta’minlashga yordam bersa, oilalar 
tomonidan ushbu talablarning qo’llab-quvvatlanishi, ularning amaldagi ijrosini 
ta’minlash ko’rsatkichi shuncha yuqori bo’ladi. 
Ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik hamda falsafiy asarlarning tahlili shuni 
ko’rsatdiki, oila bola uchun eng asosiy tarbiya muhiti bo’lib, bu muhitda shaxs 
kamoloti uchun muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, xarakter va dunyoqarash 
shakllanadi. Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko’radi, 
jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida, oilaviy 
munosabatlarni tashkil etish jarayonida anglaydi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin