O‘quvchining rivojlanish xaritasi Rivojlanish xaritasida muayyan shaxs haqida to‘la tasavvurga ega bo‘lishga imkon beruvchi ma’lumotlar qayd etilgan bo‘lib, ular shaxs tarbiyasini tashkil etish, unda yangi sifatlarni tarbiyalashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Pedagogik diagnostika jarayonida o‘quvchilarni o‘rganish, ular faoliyatlarini kuzatish va tahlil qilish orqali muhim ahamiyatga ega ma’lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi rivojlanish xaritasini tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Xaritada o‘quvchining individual xususiyatlari, xulq-atvoridagi o‘ziga xosliklar, ijtimoiy xislatlari, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabadlari, nazariy va amaliy bilimlari o‘zlashtirganlik darajasini ifodalovchi ma’lumotlar o‘rin oladi (4-ilovada shaxs rivojlanish xaritasining tuzilmasi to‘liq holda keltirilgan).
Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
Suhbat metodi, Testlashtirish metodi
Pedagogik festlarga qo'yiladigan asosiy talablar
Anketalashtirish metodi. Anketa savolnomalarini tayyorlashga qo'yiladigan asosiy metodik talablar.
Intellektual rivojlanishning quyidagi nazariyalari mavjud: o’quv nazariyasi, psixometrik nazariya, kognitiv nazariya( yoki axborot tahlili).
O’quv nazariyasini Torndayk asoslagan bo’lib, u intellektni bilimni egallash qobiliyati sifatida qaraydi. Bu nazariyada turli bilimlarni egallash jarayonining quyidagi bosqichlari keltiriladi: signallarni oddiy egallash; zudkorlik(operativ) tahlil; muammoni echishning qoida va yo’llarini egallash.
Psixometrik nazariya o’quv nazariyadan ahamiyatliroq bo’lib hisoblanadi. U faktorlarni analitik o’rganadi. Statistik metod kabi omillarni tahlil qilish alohida individual turli ko’rsatkichli va bir-biri bilan bog’liq omillarni turkumlaydi. eyinchalik bu omillar unda mujassamlashgan vazifalarni hisobga olgan holda verbal interpretatsiya qilinadi.
Shunday qilib, pedagogik diagnostika va uning metodlari o’spirinlarning bilimini, fikr-mulohaza yurita olishlarini, ish bilan harakatning birligi hamda tarbiyalanganlik darajalarini o’rganib, ulardagi ijobiy fazilatlarni takomillashtirish va salbiy illatlarni yo’qotish uchun zaruriy korrektsion ishlarni amalga oshirishga imkon beradi.
Testlarning turlari va xususiyatlariga izoh bering.
Eng ko'p ishlatiladigan test topsluriqlarini turli shakllariga namuna tayyorlang. (Har biriga 4tadan)
Pedagogik testlarga qo'yiladigan asosiy talablar tizimini ishlab chiqing.
Pedagogik testlarning topshiriq va savollarida qanday talablar qo’yiladi?
Anketa savolnomalarini tayyorlashga qo'yiladigan asosiy metodik talablarga izoh bering.
Pedagogik diagnostikada qo’llanilishi mumkin bo'lgan anketalarni tayyorlash bosqichlarini tushuntiring
Anketalashtirish metodidan samarali foydalanish uchun anketa savollarini tayyorlashda qanday talablarga rioya qilish kerak.
anketalar bir qator afzalliklar bilan ayrim kamchiliklar holi emas misollar bilan tushuntiring.