Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org
Shkalalash – aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish.
Reyting nazoratida ta’lim oluvchilarning o’quv faoliyatini nazorat qilishning yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali foydalanilmoqda. Test so’rovidan nafaqat ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, balki 1993 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasida abiturentlarni Oliy o’quv yurtlariga tanlov asosida qabul qilish jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda.
Pedagogik amaliytda testning bir qator afzalliklari ko’zga tashlanadi. Ular quyidagilardir:
nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi;
nazariy va amaliy bilim darajasini ob’ektiv sharoitda aniqlash imkonining mavjudligi;
bir vaqtning o’zida ko’p sonli ta’lim oluvchilar bilan nazoratni tashkil etish mumkinligi;
bilim natijalarining ta’lim beruvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi;
barcha ta’lim oluvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun bir xil sharoitning yaratilishi.
Ta’lim tizimi uzluksiz ravishda islohatlarni amalga oshirishni talab etadigan sohadir.
Ta’lim tizimida islohatlarni amalga oshirish jarayonida ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash ham yangicha mazmun kasb etadi. Bu Davlat ta’lim standartlarining ishlab chiqilganligi va yangi o’quv dasturining amaliyotga joriy etilganligi bilan ham izohlanadi. Erkin va mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashga nisbatan yuqori talabning qo’yilganligi, ta’lim oluvchilarni kasbga muvaffaqiyatli yo’llash maqsadida psixologik va pedagogik diagnostika barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng ko’lamda amalga oshirilayotganligi kabi holatlar ko’zga tashlanayotgan bir vaqtda ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini eng samarali shakl, metod va vositalar yordamida nazorat qilish hamda baholash muhim ahamiyatga ega.
Ta’lim oluvchilar bilimini baholashning besh balli tizimining eskirganligi va zamon talablariga javob bera olmagani uchun uni reyting tizimi asosida baholash uslubi bilan almashtirish davr taqozosiga aylanadi. Shu o’rinda “qanday sabablarga ko’ra besh balli baholash mezoni o’zini oqlamadi?” degan savolga javob berish o’rinlidir: