Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya


Pedagogik korreksiyada interfaol metodlarni qo‘llash



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə82/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

Pedagogik korreksiyada interfaol metodlarni qo‘llash
Ta’limning interfaol metodlari tarbiyaviy korreksiya jarayonini faollashtirishga yordam beradi. Bu guruhga kiruvchi metodlarning o‘ziga hos jihatlari mavjud bo‘lib, bular quyidagilardan iborat:
  • tafakkurni faollashishga majbur qiladi;


  • qaror qabul qilishga mustaqil va ijodiy yondashishning zarurligi;


  • pedagog va o‘quvchilarning doimiy ravishdagi o‘zaro hamkorligi.


Interfaol metodlarning o‘ziga xos tasnifi mavjud bo‘lib, ular noitatsion va imitatsion metodlarga bo‘linadi.


Noimitatsion metodlar qatoriga muammoli ma’ruza, evristik suhbat, tadqiqotli laboratoriya mashg‘uloti; adabiyot bilan mustaqil ishlash hamda dasturli ta’lim kiradi.
Imitatsion metodlar: o‘yinli bo‘lmagan metodlar - muammoli vaziyatlarni va diagnostik vazifalarni hal qilib yechimini topishga qaratilgan o‘yinli metodlar - rolli va o‘quv o‘yinlarini o‘z ichiga oladi.
Pedagogik korreksiyada interfaol ta’lim metodlari o‘quvchilarga tayyor bilimlarni berishga emas, balki ularning bilish faolligini oshirish hisobiga, o‘quvchilarning o‘zlari ma’lumotlarni qabul qilib, to‘plab xulosa chiqarlishlariga qaratilgan. Korreksiya jarayonida faol metodlardan foydalanish o‘quvchilarni mavjud bo‘lgan muammoni hal qilishda faol ishtirok etishlarini, guruh a’zolari bilan faol munosabatda bo‘lib o‘zaro ma’lumot almashishlarini ta’minlaydi. So‘nggi vaqtlarda ta’limning faol metodlari ichida ish o‘yinlari metodi keng qo‘llanilmoqda.
Shaxsda fazilatlarni shakllantiruvchi metodlar qatoriga «Rezyume», «Muammo», «Labirint», «Yelpig‘ich», «Muloqot», KBI (kuzatish, baxslashish, ishontirish) kabi metodlarni kiritish mumkin. Quyida Tarbiyaviy-korreksion faoliyat jarayonida fazilatlarni shakllantirishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan interfaol metodlarning ba’zilarini havola qilingan10.
«Rezyume» metodining tavsifi, Bu metod murakkab, ko‘p tarmoqli mumkin qadar muammoli mavzularni o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, uning mohiyati mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha ma’lumotlar berish va ularni amaliyotda qo‘llashdan iborat.
Metodning maqsadi: o‘quvchilarni erkin, mustaqil, tanqidiy fikrlashga, jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab taqqoslash uslubi yordamida, mavzudan kelib chiqqan holda, muammoning yechimini topishga hamda kerakli xulosa yoki qaror qabul qilishga, guruhga o‘z fikri bilan ta’sir etishga, uni ma’qullashga, shuningdek, muammoni yechishda o‘quvchi tomonidan mavjud bilimlarini amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish.
Pedagogik korreksiya jarayonida mazkur metodni o‘quvchilarni yakka yoki kichik guruhlarga ajratib qo‘llash mumkin. Mashg‘ulotda A-3 formatdagi qog‘ozlarda (o‘quvchilar soniga qarab) tayyorlangan tarqatma materiallar, flomaster yoki rangli qalamlardan foydalaniladi.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi quyidagicha:
  • pedagog o‘quvchilarni, ularning soniga qarab, 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi;


  • pedagog o‘quvchilarni mashg‘ulotning maqsadi va o‘tkazilish tartibi bilan tanishtiradi va har bir kichik guruhga qog‘ozning yuqori qismida yozuvi bo‘lgan, ya’ni asosiy muammo va uni yechish yo‘llari belgilangan varaqlarini tarqatadi;


  • har bir guruh a’zolari ularga tushgan varaqlardagi muammolarni yechish yo‘llarining har birini afzallik va kamchiliklarini aniqlab, o‘z fikrlarini flomaster yordamida yozma bayon etadilar. Yozma bayon etilgan fikrlar asosida ushbu muammoni yechimini topib, eng maqbul variant sifatida umumiy xulosa chiqaradilar;


  • kichik guruh a’zolaridan biri tayyorlangan materialni jamoa nomidan taqdimot etadi. Guruhning yozma bayon etgan fikrlari o‘qib eshittiriladi, lekin xulosa qismi bilan tanishtirilmaydi;


  • pedagog boshqa kichik guruhlardan taqdimot etgan guruhning xulosasini so‘rab, ular fikrini aniqlaydi, guruhlar fikridan so‘ng taqdimot guruhi o‘z xulosasi bilan tanishtiradi;


  • pedagog guruhlar tomonidan berilgan fikrlarga yoki xulosalarga izox berib, ularni baxolaydi, so‘ngra mash g‘ulotni yakunlaydi.


Bu qatorga muammo yoziladi:


Muammoning 1-yechim variant


Muammoning 2-yechim varianti


Muammoning 3-yechim varianti


Muammoning 4-yechim varianti


1-yechim varianti- ning atzallik tomoni


1-yechim varianti- ning kamchilik tomoni


2-yechim varianti- ning atzallik tomoni


2-yechim varianti- nmg kamchilik tomoni


3-yechim varianti- ning atzallik tomoni


3-yechim varianti- ning kamchilik tomoni


4-yechim varianti- ning atzallik tomoni


4-yechim vari enti­tling kamchilik tomoni


























Bu qatorga esa xulosa yoziladi:




«Muammo» metodining maqsadi - korreksiya qilinishi maqsad qilib olingan muammodan kelib chiqqan holda, o‘quvchilarga muammoning turli vaziyatlardagi ratsional yechimini topishga o‘rgatish, muammoning mohiyatini aniqlash bo‘yicha malakalarni shakllantirish, muammoni yechishning ba’zi usullari bilan tanishtirish va muammoni yechishga mos bo‘lgan uslub va vositalarni to‘g‘ri tanlashga o‘rgatish, muammoni kelib chiqish sabablarini va muammoni yechishdagi xatti- harakatlarni to‘g‘ri belgilashga o‘rgatishdir.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi: o‘quvchilarni guruhlarga ajratib, ularni mos o‘rinlariga joylashtirgandan so‘ng, mashg‘ulotni o‘tkazish tartib-qoidalari va talablari: mashg‘ulotni bosqichma bosqich bo‘lishi; har bir bosqich o‘quvchilardan maksimal diqqat-e’tibor talab qilishi; mash g‘ulot davomida ular yakka, guruh va jamoa bo‘lib ishlashlari tushuntiriladi. Bunday kayfiyat o‘quvchilarga berilgan topshiriqlarni bajarishga tayyor bo‘lishlariga yordam beradi va ularda bo‘lajak mashg‘ulotga nisbatan qiziqish uyg‘otadi.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartib-qoidalari va talablari tushuntirilgach quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
  • o‘quvchilar mashg‘ulot uchun tayyorlangan kino lavhani diqqat bilan tomosha qilib, unda yoritilgan muammoni aniqlashga harakat qilishlari va daftarlariga belgilab boradilar. Agar kinofilm ko‘rsatishning imkoniyati bo‘lmasa, u holda pedagog o‘quv predmetining mavzusi bo‘yicha plakat, rasm, afisha yoki biror muammo bayon qilingan matndan foydalanishi mumkin;


  • guruhning har bir a’zosi tomonidan ushbu lavhadan (rasmdan, matndan, hayotiy voqeadan) birgalikda aniqlangan muammolarni vatman yoki A-3 formatdagi qоg‘ozga flomaster bilan yozib chiqadi;


  • berilgan vaqt tugagach, tayyorlangan ishni har bir o‘quvchi tomonidan o‘qib eshittiriladi;


  • pedagog guruh a’zolari tomonidan tanlangan va muammolar yozilgan qog‘ozlarini almashtirgan holda guruhlarga tarqatadi;


  • tarqatilgan qog‘ozlarda guruhlar tomonidan yozilgan muammolardan guruhning har bir a’zosi o‘zini qiziqtirgan muammodan birini tanlab oladi;


  • pedagog tomonidan tarqatilgan quyidagi chizmaga guruhning har bir a’zosi o‘zi tanlab olgan muammosini yozib, mustaqil ravishda tahlil qiladi. Masalan:


Muammoning tai


Muammoni kelib chikish sabablari


Muammoni yechim yo‘ llari va Sizning xarakatlaringiz


Misolni muammoga bo g‘ lashimiz kerak








1.


yakka tartibdagi faoliyat tugagandan so‘ng har bir o‘quvchi o‘zi bajargan taqlidiy ishini barchaga o‘qib eshittiradi;
2.
muammolar va ularning yechimi bo‘yicha jamoaviy fikr almashiladi;
3.
himoyadan so‘ng pedagog mashg‘ulotga yakun yasaydi va guruh a’zolarining qiziqarli ishlari uchun minnatdorchilik bildiradi.

Pedagogik korreksiyada “muammo” metodidan foydalanish o‘quvchilarda har qanday muammoni yechishdan avval uning sababini aniqlanish va faqat shundan keyingina zarur bo‘lgan uslub va usullarni tanlash ko‘nikmasini shakllantirishga yordam beradi.


«Labirint» metodining maqsadi: o‘quvchilarning ijtimoiy faoliyatlarida uchraydigan turli holat va vaziyatlardan o‘z obro‘larini saqlagan holda chiqish, vaziyatni to‘gri baholash va tezlik bilan kerakli yechimini topish ko‘nikmalarini shakllantirish, shu boradagi malakalarini oshirishga ko‘maklashish, ularning fikrlash qobiliyati va nutqiy faoliyatini o‘stirish hamda muloqot qilish madaniyatini shakllantirish.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi: pedagog mashg‘ulot boshlanishi oldidan o‘quvchilar uchun stullardan doira shaklida joy tayyorlaydi. Doira shaklidagi joyning o‘rtasiga esa savat yoki tuvakda gul qo‘yish maqsadga muvofiq. Joyni bunday jihozlanishi mashg‘ulotni qiziqarli va jonli o‘tishiga yordam beradi.
O‘quvchilar shu davradan joy egallaganlaridan so‘ng mashg‘ulot boshlanadi. Bunda pedagog mashg‘ulotni inson faoliyati rang-barang va turli-tuman voqealar, hodisalar, vaziyatlarga boy ekanligi haqidagi qisqacha suhbat bilan boshlaydi. Misol tariqasida pedagog, o‘quvchilar faoliyatida u yoki bu fazilatning qay darajada namoyon bo‘lishi, fazilatning shaxsning ma’naviy-axloqiy kamolotidagi ahamiyati hamda shu fazilat yetarlicha shakllanmagan vaziyatlar to‘g‘risida misollar bilan gapirib beradi va shu vaziyatdan chiqish yo‘lini (yechimlarini) so‘raydi. O‘quvchilardan kamida uchta variantdan bittasini tanlashlari va nima uchun shu variantni tanlaganliklarini tushuntirib berishlari so‘raladi. Shundan so‘ng o‘quvchilardan, o‘z hayotiy tajribalaridan kelib chiqgan holda, o‘quv va tarbiyaviy jarayonlarda uchraydigan yoki uchragan biron-bir muammoli vaziyatni eslashlari hamda uning kamida uch xil yechimini ham topishlari so‘raladi.
Pedagog yordamida guruhning har bir a’zosi navbat bilan o‘zi tayyorlagan vaziyat yoki muammolarni boshqalarga оg‘zaki bayon etadi va aytilgan muammoning yechimini topish uchun pedagog ularga aniq vaqt (5-10 minutgacha) belgilab beradi. Berilgan vaqt ichida guruh a’zolari vaziyat yoki muammo yechimini topishga harakat qiladilar va ajratilgan vaqt tugagach, guruh a’zolarining javoblari tinglanadi. Masalan, avval bir kishi tanlagan vaziyat yoki muammo yana bir marotaba esga tushiriladi va guruhning qolgan a’zolari navbat bilan ushbu vaziyat va muammoga o‘z yechimlarini taklif qiladilar, to‘gri yechim haqida fikr bildiradilar. Pedagog ham shu vaziyat yoki muammoga nisabatan o‘z fikrini bildiradi va bildirilgan barcha fikrlarni umumlashtiradi.
«Yelpig‘ich» metodining tavsifi: metod murakkab va ko‘ptarmoqli bo‘lib, muammoli mavzularni o‘rganishga qaratilgan.
Metodning mohiyati: o‘quvchilarga ko‘rilayotgan muammoning turli tarmoqlari bo‘yicha bir yo‘la axborot berilib, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama qilinadi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.
Bu interfaol metod o‘quvchilarga tanqidiy, tahliliy va aniq mantiqiy fikrlashlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va оg‘zaki shaklda ixcham bayon etish, shuningdek uni himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
«Yelpig‘ich» metodi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muxokama qiluvchi har bir qantashchining va umuman kichik guruhning faol ishlashiga qaratilgan.
«Yelpig‘ich» metodi korreksiya jarayonining turli bosqichlarida qo‘llanilishi mumkin:
boshlanishida - muammo yuzasidan o‘z bilimlarini erkin ifodalash;
mavzuni o‘rganish jarayonida - muammoning keilib chiqish sabablarini anglab etish;
yakunlash bosqichida - olingan bilimlarni tartibga solishda.
«Yelpig‘ich» metodining tarbiyaviy xarakteri shaxsda bir qator fazilatlarni shakllantirishga yordam berishi mamkin bo‘lib, bular quyidagilardan iborat:
  • o‘quvchida jamoa bo‘lib guruhdarda ishlash;


  • muammolarni turli nuqtai nazardan muxokama qilish;


  • murosali qarorlarni topa olish;


  • xushmuomalalik, o‘zgalar fikrini hurmat qilish;


  • faollik, ishga ijodiy yondashuv;


  • muammoga diqqatni jamlay olish kabilardir.




«Muloqot» metodining tavsifi. Ushbu metod o‘quvchilarning mustaqil fikrlashiga, o‘z fikrlarini erkin bayon eta olishiga hamda ularda bahslashish madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan.
Metodning maqsadi. Tanlangan mavzu, muammo asosida o‘quvchilarning fikrlarini hamda ushbu mavzuga bo‘lgan munosabatlarini aniqlash, mustaqil holda umumiy bir fikrga kelishlariga va to‘g‘ri xulosa chiqarishlariga yordam berish, erkin holda bahslashishlariga sharoit yaratish, muloqotga kirish va muloqot qila olishga o‘rgatish.
Metodning qo‘llanishi. Pedagogik korreksiyada bu metodni qo‘llash uchun o‘quvchilarni kichik guruhlarga ajratish maqsadga muvofiq hisoblanib, mashg‘ulotlar o‘quv auditoriyasida yoki tabiat qo‘ynida o‘tkazilishi mumkin.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar: vatman qog‘ozi, flomaster va markerlar.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
  • pedagog mashg‘ulotni boshlashdan avval o‘quvchilarni muloqot, baxs-munozarani o‘tkazishga qo‘yilgan talablar va qoidalar bilan tanishtiradi, so‘ngra ushbu mashg‘ulotning har bir bosqichining mazmunini hamda bajariladigan vazifalarini tushuntiradi;


  • pedagog mavzu yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quvchilar guruhini kichik guruhlarga ajratadi;


  • har bir kichik guruh jamoasi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tayyorgarlikka ko‘ra boshlaydi;


  • kichik guruhlar boshqa guruhlari bilan muloqotga kirishish uchun o‘z yo‘nalishi bo‘yicha turli ko‘rgazmali qurollar tayyorlaydilar, rivoyatlar hamda olim va mutafakkirlarning fikrlarini yig‘adilar;


  • kichik guruhlar o‘rtasida asosiy mavzu va lining yo‘nalishlari bo‘yicha muloqot boshlanadi;


  • pedagog guruhdaming fikrlarini maqsadli yo‘naltirib boradi va asosiy mavzu kichik guruhlar tomonidan yoritilgach, u aytilgan fikrlarga o‘zining munosabatini bildirgan holda muloqotni yakunlaydi.


  • Metodni qo‘llash algoritmi:



Bosqichlar


Bajariladigan ish


Olinadigan natija


1-bosqich


pedagog iloji boricha ularga halaqit bermaslikka, o‘z fikr-mulohazasini bildirmaslikka, savol bermaslikka harakat qilib, hech qaysi kichik guruhga yon bosmagan holda muloqotni boshqaradi. Kichik guruhlar himoyasi vaqtida tartib saqlanishiga va muloqotni o‘tkazishga qo‘yilgan talab hamda qoidalarga to‘liq bajarilishiga erishishga harakat qiladi. Bu bosqichda, asosan, ikki kichik guruh erkin va mustaqil faoliyat ko‘rsatishlari kerak bo‘ ladi.


asosli ravishda, inkor qilish ko‘nikmasi


shakllanadi.

5-bosqich.


Kichik guruhlar bir-birlariga savollar berishni boshlaydilar. Beriladigan savollar, ularning himoyasi vaqtida aytilgan dalillar, misollar, fikrlarni yanada oydinlashtirish maksadida o‘z guruhlarining fikrlarini to‘ g‘ri ekanligini ta kidlab, isbotlab,’ kolganlarni ham shu fikrga ко’shilishlariga da’vat kilish uchun berilishi mumkin. O‘quvchilar erkin holda ozlarining chiqishlari bilan barchaga ta’sir ko‘rsatishga, o‘z fikrlarini ma qullashga harakat qiladilar. Pedagog bunday xolatga sharoit va imkoniyat yaratgan holda baxs-munozarani samimiylik bilan boshharadi.


O‘quvchilarda aniq


mavzu bo‘yicha o‘zaro muloqot, munozara olib borish, o‘z fikrlarini ma’ qullash, imkoniyat bo‘lgan hollarda esa baxs-munozarani samimiylik bilan
boshqarish fazilatlari
shakllanadi.

6-bosqich.


Pedagog har ikkala tomonning savollari, maqullaydigan so zlari tugagach, ular tomondan aytilgan fikrlarni umumlashtiradi va o‘zining bu masala xakidagi muloxazasini bayon etadi, ishtirokchilardan tushgan savollarga javob berishga harakat qiladi.


O‘ quvchi munozara


jarayonida aytilgan
fikrlarni umumlashtirishni va
o‘zining muammo
eschimi haqidagi
muloxazasini umumlashtirishni o‘rganadi.


1-bosqich.


Pedagog mashg’ulotni muloqotning mavzusini aniqlashdan boshlaydi. Masalan, «Siz kaysi madaniyat tarafdorisiz: Shark yoki Ovro‘pa»


Shu mavzuni o‘rtaga tashlab o‘quvchilardan Sharq madaniyati va Evropa madaniyati tarafdorlarini (kiyinish, muomala qilish, munosabat o‘rnatish va x.k.) aniqlab oladi. Ularni shu tartibda guruhlarga ajratadi va ularga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun sharoit yaratib, imkoniyatga qarab aniq vaqt belgilaydi.

O‘quvchilarda muammoni aniqlab,


uning yechimi yuzasidan o‘z nuqtai nazarini belgilash ko‘nikmasi
shakllanadi.

2-bosqich


Har bir kichik guruhdagi o‘quvchilar o‘z mavzulari asosida kerakli materiallar (dalillar, misollar, aniq fikrlar, o‘z fikrlarini tasdiqdovchi ko‘rgazmali materiallar, imkon bo‘Isa videofilm, maqolalar. mutafakkir va olimlarning so‘zlari va boshqalar)ni tayyorlaydilar. Kichik guruhdan bir kishini hirnoya uchun tanlaydilar, qo‘lganlar esa o‘z fikrlarini ko‘shimcha kilishlari mumkin


O‘quvchilar muammo


yechimini mustaqil
ravishda topishni,
yechimning ratsional
ekanligini asoslashni
o‘ rganadilar.

3-bosqich.


Kichik guruhlar himoyaga tayyor bo‘lgach, pedagog kichik guruhlarning biriga himoya uchun so‘z beradi (himoyaga chiqish ixtiyoriy ravishda bo‘lishi ham mumkin). Kichik guruh vakili jamoa nomidan so‘zga chiqib, ularga berilgan mavzu asosida tayyorlangan materiallar va dalillarga tayanib o‘z nuqtai-nazarini himoya qilishga kirishadi. Kichik guruh vakili so‘zini tugatgach, jamoaning qo‘lgan a’zolari o‘z fikrlari bilan qo‘ shimcha qilishlari mumkin.


O‘quvchilarda muammo yechimi yuzasidan o‘z nuqtai-nazarlarini dalillar asosida о g‘zaki bayon qilish, nutq madaniyati kabi fazilatlar


shakllanadi

4-bosqich.


Mashg‘ulotning 3-bosqichidagi kabi, bu bosqichda ham pedagog navbatdagi guruh vakiliga himoya uchun so‘z beradi. Ikkinchi kichik guruh ham birinchi kichik guruh kabi o‘z mavzusi bo‘yicha himoya qiladi. Himoya tugagach, pedagog mashg‘ulotning keyingi bosqichiga o‘tadi.


Izoh: Har ikkala kichik guruhning himoyasi vaqtida

O‘quvchilarda muammo yechimi yuzasidan


boshqalar nuqtai-
nazarlarini tinglash
hamda,zarur bo‘lgan hollarda, bu nuqtai nazari qabul qilish

Mashg‘ulot ohirida pedagog har ikkala guruhning mashg‘ulot jarayonidagi faoliyatlarini tahlil etib, ularga minnatdorchilik bildiradi va mashg‘ulotni yakunlaydi.


KBl (kuzatish. bahslashish, ishontirish) metodning maqsadi: o‘quvchi (yoki o‘quvchilar)ni hayotda faol o‘rnini topishlarini, peshqadamlik va sardorlik sifatlarini, jamoada ishlash ko‘nikmalarini, shuningdek, o‘zgalar fikrini hurmat qilgan holda dalil keltira olish, o‘z fikrini isbotlay olish, asoslash, ishontirish, munozara olib borish ko‘nikmalarini hamda murosaga kelish, izlanish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
Pedagogik korreksiya jarayonida bu metod qo‘llanilsa o‘quvchilar mashg‘ulotga oldindan tayyorgarlik ko‘rishlari kerak bo‘ladi. Mashg‘ulot mavzusi o‘quvchilarga oldindan ma’lum qilinadi, vazifalarni bajarish uchun tayyorlanishga beriladigan vaqt esa mavzuning mazmuni va murakkablik darajasiga qarab belgilanadi. Mashg‘ulot bahs-munozara uslubiga asoslangan bo‘lib, o‘zining aniq о‘tkazilish vaqti va tartibiga egadir. Pedagog dastlab o‘quvchilarni mashg‘ulot o‘tkazish tartib-qoidalari bilan tanishtiradi va ularni kichik guruhlarga ajratadi. Masalan, «Shaxs va madaniy axloq» mavzusidagi mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi quyidagicha bo‘ilishi mumkin.
Pedagog mashg‘ulotning boshlang‘ich bosqichida o‘quvchilarga muhokama qilishlari uchun quyidagi savollarni o‘rtaga tashlaydi:
  • shaxs ijtimoiylashuvi nima?


  • axloqiy madaniyat nima?


  • shaxs sifati ko‘rinishida axloqning o‘rni qanday?


  • qanday qilib muvaffaqiyatli inson bo‘lish mumkin?


Kichik guruh qatnashchilari o‘z xohishlari bo‘yicha bittadan muammo yoki hal qilinishi kerak bo‘lgan masala tanlab oladilar va so‘zga chiqishga tayyorlanadilar, Ular o‘zlari tanlagan masala yuzasidan o‘z tushunchalari, muammo mavzusini hal qilishga bo‘lgan yondoshuvlari, munosabatlari hamda ushbu yechimga oid javoblarini tayyorlashda o‘zlarining egallagan holatlari qanchalik to‘gri ekanligiga chiqishlari orqali boshqalarni ishontirishga harakat qiladilar. Pedagog ko‘rsatmasiga binoan, boshqa kichik guruh qatnashchilari so‘zga chiqqan o‘quvchi tomonidan aytilgan fikr va egallagan holatlariga nisbatan o‘z munosabatlarini bildiradilar, ya’ni so‘zga chiqqan kichik guruh tanlagan yo‘lni rad etishga harakat qiladilar va shu orqali ularni bahs-munozara, tortishuvga undaydilar.


Bahs-munozara yakunida har bir so‘zga chiqqan kichik guruh boshqa kichik guruh a’zolarini o‘zlarining tortishuvdagi fikrlari, tanlagan holatlari, dalil va isbotlari qanchalik to‘g‘ri ekanligiga ularni ishontira olishlari va o‘z tomonlariga og‘dira olishlari, iloji bo‘lsa ularni o‘z guruhlariga qo‘sha olishlari kerak bo‘ladi.
Mashg‘ulot ohirida pedagog ko‘rilgan masala yuzasidan yakun yasaydi va bahs-munozara bo‘yicha o‘z fikrini bildiradi.
KBI metodi bir qancha variantlarda qo‘llanilishi mumkin. Masalan, o‘quvchilardan, ularning xohishlariga qarab, tashabbuskorlar guruhini tuzish mumkin va bu guruh bahs-munozara davomida aytilgan qiziqarli fikrlar, dalillar, asosiy tushunchalar, vaziyatdan chiquvchi holatlar, qiziqarli javoblar, mulohaza, takliflar va boshqalarni o‘quv xonasining taxtasiga yoki vatmanga yozib boradi.
Tashabbuskorlar guruhi a’zolari zimmasiga bahs-munozara borishini nazorat qilish, qatnashchilarni faollashtirish, kerak bo‘lsa, ba’zilariga alohida tanbeh va tilaklar bildirishni kiritish vazifasini ham yuklatish mumkin. Bunday tashabbuskorlar guruhi auditoriyasida bir- biriga o‘xshash fikrlar bildirilishi guruhlarni faollashtiradi, ularga o‘z fikrlarini erkin ifodalashlari uchun zarur sharoit yaratadi. Shunindek, bu guruh mashg‘ulotning xulosa qismida ham ishtirok etib, guruhlarning muammoni hal qilish yuzasidan tanlagan yechimlari, bildirgan fikrlari va tortishuvlariga o‘z munosabatlarini bildirishlari mumkin bo‘ladi.
Pedagogik korreksiyada KBI metodidan foydalanib bahs- munoraza tashkil qilish uchun quyidagi savollarni muhokama qilish va ularga oydinlik kiritish maqsadga muvofiq:
  • jamoat transportidagi xulq madaniyati;


  • ta’lim muassasasi (dars jarayoni, tanaffus vaqti)dagi xulq madaniyati;


  • dasturxon atrofidagi (ovqatlanish, suhbat, uchrashuv) xulq madaniyati;


  • oiladagi xulq madaniyati;


  • o‘quv guruhi jamoasidagi xulq madaniyati;


  • jamoat joylaridagi xulq madaniyati;


  • yoshlarning xulq madaniyati;


  • so‘zlashish (telefonda, uchrashuv vaqtida, ish jarayonida va hokazo) madaniyati;


  • an’analar va madaniyat;


  • salomlashish odobi va boshqalar.





Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin