Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya


III.Psixik taraqqiyotidagi yosh davrlari bilan bog‘liq holda yaqqol namoyon bo‘luvchi holatlarning kechishi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə100/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

III.Psixik taraqqiyotidagi yosh davrlari bilan bog‘liq holda yaqqol namoyon bo‘luvchi holatlarning kechishi
Yoshga oid o‘zgarishlarning ta’siri, o‘quvchi qiziqshlari va munosabatlarining sifat va miqdor jihatdan o‘zgarishi va shu kabilar orqali namoyon bo‘ladigan psixologik kechinmalar.
IV. O‘quvchining sinf jamoasiga, mehnat faoliyatiga va boshqa ijtimoiy ishlarga munosabati
1. O‘zi o‘qiydigan sinf jamoasidagi mavqei (lider, sevimli o‘quvchi, o‘rtacha, jamoaga “begona”).
2. Maktabda qanday ijtimoiy topshiriqni bajaradi va qanday bajaradi (tashabbus bilan, mustaqil, shunchaki ehtiyoj uchun, majburan).
3. Mehnat darslari va mehnat faoliyatini o‘zlashtirishdagi ko‘nikma va malakalari, o‘z manfaati va o‘zgalar manfaati uchun bajariladigan ishlarga munosabati.
V. O‘quv faoliyati
1. O‘quv faoliyatida ishtiroki (o‘quv topshiriqlarini bajarishga munosabati, o‘quv malakalarini qay darajada egallaganligi: barcha yoki ayrim o‘quv fanlarini o‘zlashtirish darajasi).
2. O‘quvchi hayotida o‘quv, mehnat va o‘yin faoliyatlarining o‘zaro munosabati;
3. Nutq taraqqiyoti darajasi (so‘z boyligi, nutqining obrazliligi, emotsionalligi, o‘z fikrini yozma va og‘zaki bayon qila olishi).
4. O‘qituvchilar va ota-onasining talablariga, tanbehiga va maqtoviga munosabati, o‘quv faoliyatidagi asosiy motivlari.
5. Aqliy va ijtimoiy taraqqiyoti (dunyoqarashi, madaniyati, topqirligi, kuzatuvchinligi, ayrim siyosiy hodisalarni to‘g‘ri sharhlay olishi va hakazolar).
VI. Bilish psixik jarayonlarining taraqqiyoti.
1. Diqqati. Ixtiyoriy diqqatning taraqqiyot darajasi, uning beqaror yoki barqarorligi, diqqatni taqsimlay olish va yig‘ishining namoyon bo‘lish darajasi.
2. Sezgi organlarining ahvoli va sezgirlik darajasi.
3. Idrok va kuzatuvchanlik layoqatining darajasi. Idrok sifatlarining to‘laligi va aniqligi, ixtiyoriy va ixtiyorsiz idrokning o‘zaro nisbati.
4. Xotira, uning tiplari va xususiyatlarining namoyon bo‘lishi. Mexanik va mantiqiy yodlash darajasi. Ixtiyoriy esda qoldirishning usullari, xotiraning o‘ziga xos tomonlari, uzoq muddatli esda olib qolish darajasi.
5. Xayol. Ijodiy va tasavvur xayolining namoyon bo‘lish darajasi va nisbatan, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xayol, uning o‘quv faoliyatini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga ta’siri (ijobiy yoki salbiy).
6. Tafakkurning taraqqiyot darajasi. Obrazli va mavhum tafakkurning namoyon bo‘lishi, mantiqiy tafakkurning shakllanganlik darajasi, o‘z fikrini bayon qilishdagi izchillik, xukm va xulosa chiqara olishdagi mustaqillik ko‘lami, aniq va mavhum tafakkurning o‘zaro nisbati, umumiy tushunchalarni tahlil va taqrib qila olish darajasi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin