Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə59/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

Me’yordan jismoniy og‘ishlik insonning sog‘lig‘i bilan bog‘liq bo‘lib, tibbiy ko‘rsatkichlar orqali belgilanadi. U bolalarning yosh ko‘rsatkichlari va jinsi bilan (og‘irlik, bo‘y uzunligi, ko‘krak kengligi va boshqalar) ifodalanadi. Ular bolaning sog‘lig‘ini xarakterlaydi. Aslida bular ideal ko‘rsatkichlar bo‘lib, bunday ko‘rsatkichlarga to‘la muvofiq keladigan bolani topish qiyin bo‘lsa kerak.
Jismoniy jihatdan me’yordan og‘ishgan bolalarni ijtimoiylashtirish alohida qiyinchilik bilan amalgam oshirilib, maxsus ishlarni talab etadi.
Sog‘lig‘i jihatdan me’yordan og‘ishganlik biror kasallik asorati yoki avloddan-avlodga o‘tuvchi omillar ba’zan tashqi vaziyat orqali yuzaga kelishi mumkin. Masalan, og‘ir ekologik vaziyat; oziq-ovqat; ichimlik suvining ifloslanishi, sifatsizligi; oilaning umumiy yashash sharoitining og‘irlashishi va boshqalar. Sog‘lig‘i va o‘sishida me’yordan og‘ishlik bo‘lgan insonlarning ko‘pgina toifalari mavjud. 1980-yili jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Britaniyaning imkoniyati cheklangan shaxslar uchun uch bo‘g‘inli shkalasini qabul qildi.
1 Xastalik: - inson sog‘lig‘idagi har qanday yo‘qotish, yoki jismoniy funksiya anatolik tuzilmasi elementlari, faoliyatidagi biror-bir qiyinchilikning aniqlanishidir.
2 Cheklangan imkoniyat – inson uchu me’yordagidek hisoblanadigan har qanday cheklanish yoki o‘z faoliyatining yo‘qolishi (nuqsonning ko‘pligi yoki asorati) yoki inson faoliyati doirasidagi har qanday cheklanishlar.
3 Layoqatsizlik (nogironlik) – inson sog‘lig‘idagi nuqsonlar asorati yoki cheklangan imkoniyat, me’yoriy qaysidir rolning bajarilishiga to‘siq bo‘lgan, yosh ko‘rsatkichlari, jinsiy yoki ijtimoiy omillardan kelib chiqadigan holat. G‘arbiy davlatlarda “Sog‘lig‘ida imkoniyati cheklangan shaxslar” tushunchasi qabul qilingan. O‘zbekistonda ham bu tushuncha kiritilib, unga jismoniy va psixik kamchiligi bo‘lgan bolalar taalluqlidir. Bunday bolalarning sog‘lig‘idagi nuqsonlari ularning standartdagi ta’lim olishlarida to‘siqlik qiladi, shu sababli ta’lim olishda maxsus sharoitlar yaratilishini talab etadi.
Shuningdek “nuqsonli” tushunchasi kiritilgan bo‘lib, ular jismoniy, psixik og‘ir va murakkab kabi turlarga ajratilgan.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin