Guliston davlat universiteti «pedagogika va psixologiya»


Pedagogik texnologiyalarning mezonlari



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix22.06.2020
ölçüsü1,42 Mb.
#31977
1   2   3   4   5   6   7   8
pedagogika va psixologiya


Pedagogik texnologiyalarning mezonlari.   Pedagogik texnologiya  tushunchasi uch jixati bilan kursatilishi mumkin. 

- ilmiy:     Pedagogik texnologiya- ta’lim jarayonini loyixlashtiriuvchi, uning maksadlari, mazmuni va ukitish usullarini 

urganuvchi xamda ishlab chikuvchi pedagogika fanining tarkibiy kismidir. 

jarayonli-tavsifiy: jarayonlar tavsifi (algoritmi), loyixalashtirilgan ta’lim natijalariga erishish uchun ukuv maksadlari, 

mazmuni, usuli va vositalar majmuasi 

-  jarayonli  amaliy:          Pedagogik  texnologiya  jarayonini  amalga  oshirish.  Butun  shaxsiy,  uskuna  va  uslubiyat 

vositalarning faoliyat kursatishidir. 

  Ukuv amaliyotida pedagogik texnologiya tushunchasi kuyidagi uch darajaga bulinadi

1.  umum  pedagogik  texnologiya-  ta’lim  tizimining  anik  kismi,  ukuv  yurti  ta’lim  boskichining  ma’lum  davri  uchun 

ta’lim jarayonini tavsiflaydi. 

2.  Xususiy  predmetli  (uslubiy)  daraja-  bir  fan  .  sinf  ukituvchi  doirasida  ukitish  mazmuni  va  ta’lim  tarbiyani  amalga 

oshirishga xizmat kiladigan usul va vositalar majmuasidir. 

1. 


Lokal  (modulli)  daraja-  ukuv  tarbiya  jarayonini  kismlarining  texnologiyasi  (faoliyat  turlari  texnologiyasi,  dars 

texnologiyasi, yangi tushunchalarni xosil kilish, takrorlash. Nazorat kilish texnologiyasi, tarbiya turlari texnologiyasi va 

xakoza). 

                 Pedagogik texnologiyalar tasnifi 

   Ukuv  yurtlari  faoliyatida  pedagogika  fanida  xozirgi  paytda  pedagogik  texnologiyalarning  xilma-xil  vositalari 

mavjud.Xar bir ukituvchi pedagogik jarayonga uzining tajribasi. Maxorati. Bilimiga yarasha kandaydir innovatsiyalarni 

olib  kiradi.Shunday  bulishiga  karamay    pedagogik  texnologiyalarni    ayrim  jixatlari  (  belgilari)  buyicha  kuyidagi  

sinflarga bulish mumkin. 

 

          Pedagogik texnologiyaning turlari. 



      № 

Belgilari 

Pedagogik texnologiyalar 

Kullash darajasiga kura 



Umum 

pedagogik, 

xususiy 

(fan), 


cheklangan(modul)texnologiya 

Falsafiy asosga kura 



Materialistik  va  idealistik,  dialetik  va  metafizik.  Ilmiy 

va  diniy.  Gumanistik  va  antigumanistik,  antroposofik 

va  teasofik,  progmatik  va    ekzistentsialistik,  erkin  va 

majburiy tarbiya texnologiyasi 

Ruxiy rivojlanishning etakchi faktoriga 



kura 

Biogen. Sotsiogen. Psixogen va idealistik texnologiyasi 

4. 

Ilmiy konseptsiyaga kura 



Assosiativ-  reflektor.  Bixoviorestik,  geshtalt,  sugistiv, 

neyrolengvistik va rivojlantiriuvchi   texnologiyasi 



 

26 

Shaxsga yunalganligi buyicha 



Informatsion(bilim 

malaka 


kunikmalarni 

shakllantirish),  uzini—uzi  rivojlantirish  (shaxni  uzini 

uzi 

boshkarish 



mexanizmlarini 

shakllantirish),evristik(ijodiy)kobiliyatlarini 

rivojlantirish 

va 


amaliy 

malaka, 


kunikmalarini 

shakllantirish texnologiyasi 

6. 

Mazmun va tuzilishiga kura 



Ta’lim  va  tarbiya  beruvchi  dunyoviy  va  diniy. 

Umumta’lim  va  xususiy  fanlar  texnologiyasi. 

Gumanitar  va  texnoratik,  mono  va  kompleks  

texnologiyasi 

Akliy faoliyatni tashkil etish va 



boshkarishga kura 

Ochik 


(nazoratsiz 

va 


zarur 

uzgartirishlar 

kiritilmaydigan 

), 


tsiklik, 

tarkok(frontal) 

yoki 

ynaltirilgan 



(individual). 

Oddiy 


yoki 

avtamatlashtirilgan texnologiyasi  

Ukituvchining ukuvchiga munosabatiga 



kura 

Avttoritar. 

Shaxsga 

yunaltirilgan(antropotsentrik), 

insonparvarlik. Xamkorlik. Erkin tarbiya texnologiyasi 

Ukuvchilar kategoriyasiga kura 



Umummaktab  .  chukurlashtirilgan  ta’lim  (gimnaziya. 

Letsiy, 


kollej), 

turli 


buzilishlarni 

tugrilovchi 

texnologiyasi  

10 


Tashkiliy shakllari buyicha 

Individual.  Guruxli  akademik(letsiy  kollej.  Bakalavr, 

magistr),  sinf  dars  texnologiyasi  mukobillashtirilgan 

(differentsial)  an’anaviy  va  noan’anaviy  ta’lim  

texnologiyasi 

11 


Ustuvor usullarga kura 

Reproduktiv 

ukitish, 

dasturli 

ukitish. 

Tushuntirish(kurgazmalilik  asosida  ).  Rivojlantiruvchi 

muammoli,  axborotli(kompyuterlashgan)  ukitish  .  uz-

uzini 


rivojlantiruvchi. 

Uyinlar 


ijodiy 

izlanish  

texnologiyasi 

      

        Pedagogik texnologiyalar uz  moxiyatiga  kura pedagogik sistemalarning tarkibiy kismi bulib  xisoblanadi.Shuning 

uchun, edagogik texnologiyalarni pedagogik sistemalar masalasi bilan birgalikda taxlil kilish mumkin. 

   Pedagogik sistema tarkibiga kuyidagi bir-biri bilan boglik kismlar kiradi. 

1.Ta’lim va tarbiya maksadlari. 

2.Ukuvchilar. ularning shaxsiy xususiyatlari. 

3. Ukituvchilar yoki ta’limni olib boruvchi kompyuterlashgan texnik vositalar. 

4.Ta’lim va tarbiya mazmuni. 

5.Pedagogik faoliyatning tashkiliy shakllari. 

6.Kuyilgan maksadlarni amalga oshiruvchi didaktik jarayonlar. 

                                        Ijtimoiy (davlat) buyurtma 

                                       

 

 

 



abiturentlar 

1.ta’lim va tarbiya maksadlari           6 didaktik 

                                                jarayonlar 

2.ukuvchilar                                  3.ukituvchilar 

                                             

4.ta’lim va tarbiya mazmuni              5.tashkiliy shakllar 

 

 

bitiruvchilar 



 

1-rasm Pedagogik sistemadagi funktsional bog’lanishlar 



3.Pedagogik  muloqotning  asosiy  shakllari.  Pedagogika    o’z  usullarini  yo’q  joydan  yaratmaydi.  U  hayotdan  kishilar 

xulq-atvorining real omillarini, bolalar hayotini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish vazifalariga 

javob  beradiganlarni  tanlab  oladi,  ulardan  tarbiyaviy  ishda  muloqot  orqali  ta’sir  ko’rsatish  usullari  sifatida 

foydalaniladi.  Muloqot  orqali  ta’sir  etish  bolalarning  ijtimoiy  foydali  faoliyatining  pedagogik  jihatdan  maqsadga 

muvofiq  tarzda  tashkil  etishga  xizmat  qiladigan  vositalar  tizimidan  iborat.  Bu  vazifalar  tarbiyalanuvchi  shaxsiga 

qaratilgan bo’lib, bolalarning xulq-atvorini rag’batlantiradi, qiyin va murakkab vazifalarni quvonch, ijodiy zavq-shavq 

manbaiga har bir talabaning shaxsiy muddaosiga aylantiradi.   

Muloqot  –  pedagogik faoliyatning muhim kasbiy quroli bo’lib, olimlar A.A.Kobolev, H.B.Kuzanina, U.A.Kan-Kalik, 

A.A.Montev,  A.N.  Mudrik,  A.U.Sherbakovlar  muomalaning  o’qituvchi  faoliyatidagi  muhim  rol  o’ynashini 

isbotlashgan. 

Pedagogik muloqot – bu o’qituvchining talaba(talaba)lar bilan dars va darsdan tashqari paytdagi qulay psixologik xolat 

yaratish maqsadida olib boradigan kasbiy mahorati.  



 

27 

Pedagogik  muomala  ijtimoiy-psixologik  jarayon  sifatida  quyidagi  funksiyalarga  ega:  shaxsni  anglash,  axborot 

almashuv,  faoliyatni  tashkil  etish,  rol  almashtirish,  hamdartlik,  o’z  qadrini  bilish,  ishtirokchilarni  almashtirish, 

kechinmalar hosil qilish, o’zida ishonchni shakllantirish va h.k. 

Ahborotlarning almashinish funksiyasi materiallarning va ma’naviy sifatlarini almashtirish  ta’lim-tarbiyaviy jarayonni 

rivojlantirish,  ichki  ijobiy  o’zgarishlarni    hosil  qilish  hamkollikda  bilishga  oid  qidiruv  hamda  ongli  fikrlashga  zarur 

sharoit yaratadi.  

Pedagogik  muomala  tuzilishi  –  1)  pedagog  tomonidan  guruh  bilan  bo’ladigan  muomalani  modellashtirishni 

«Prognostik bosqich». 2) dastlabki o’zaro faoliyatga kirishuvchidanoq bevosita muomalaga kirishuv (kommunikativlik 

hukm).  3)  pedagogik  jarayonda  muomalani  boshqaruv.  4)  kelajakdagi  faoliyatni  inobatga  olgan  holda  qo’llanilgan 

muomala sistemasi va modellashtirishni tashkil qilish. 

Noto’g’ri pedagogik muomala talabalar qo’rquvini, ishonchsizligini diqqati xotirasini bo’shashtiradi, bilish qobiliyatini 

pasaytiradi,  mustaqil  fikrlashni  susaytiradi  va  salbiy  xulq-atvorni  shakllantiradi.  Natijada  talabada  o’qituvchi  va 

predmetga  nisbatan  munosabat  shakllanadi.  Pedagogik  faoliyatda  o’qituvchi  va  talabalar  hamkorligidagi  uning 

samaradorligini  ta’minlaydi.  A.S.Makarenko  o’qituvchi  va  talaba(talaba)larning  munosabatlarida  asosiy  narsa 

talabchanlik  va  hurmat  bo’lishi  kerakligini  alohida  ta’kidlagan.  Suxomlinskiy  quyidagi  mahoratni  o’qituvchi  «maktab 

partalaridan  aytilgan  har  bir  so’z  o’yinlaridan  donishmanddono,  maqsadga  yo’naltirilgan,  to’la  ma’noli  bo’lmog’i 

kerak».                           

2. O’qituvchi muomalasining usullari. 

Muloqotni  2  qismga  bo’lish  mumkin:  ya’ni  muomala  va  hamkorlikdagi  harakatdan  tashkil  topadi.  Ilmiy  tadqiqotlar 

shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilar doimo talabalar bilan emotsional – turg’un munosabatlarda bo’lganlari o’qishda, xulq-

atvorida nuqsonlarni osoyishtalik bilan teng va ishonch asosida hal etadi.  

Talabalar  bilan  qo’pol  muomalada  bo’lgan  o’qituvchilar  esa  talabalar  ishonchini  yo’qotadi.  Tilyog’lamalik,  o’zini 

ko’rsatish, ayditoriyadada  masxaratomuz qiliqlarni  shakllantirishga sharoit yaratadi. Bular o’quv-tarbiyaviy jarayonga 

ta’sir  ko’rsatadi.  Tadqiqotchilar  o’qituvchining  gurux  jamoasi  bilan  munosabatlarida  3  ta  uslub  mavjudligini 

ta’kidlaydi: 1. barqaror ijobiy (turg’un); 2. faolsiz  –  ijobiy; 3. barqaror (turg’un bo’lmagan) uslub. O’qituvchilarning 

talabalar  bilan  bo’ladigan  usullarini  A.A.Leontev  xulosalab,  beqaror  o’ta  salbiy  uslubda  bo’lganligi  o’zlariga  salbiy 

munosabatni yuzaga keltirishni ta’kidlaydi. Bunday o’qituvchi ta’lim tizimiga va jamiyatga ziyon keltiradi.  

Muomalada o’qituvchilarning ish usullari 3 xil bo’ladi: 

So’zsiz bo’ysunishga asoslangan uslub; 

Demokratik uslub; 

Ko’ngilchanlik uslubi. 

V.A.Kan-Kalik aloqa uslublarini tubandagilarga ajratib ko’rsatadi: 

hamkorlikdagi ijodiy faoliyat asosidagi uslubi; 

o’zlikni hush ko’rish asosida aloqa uslub; 

masofa asosida aloqa o’rnatish uslubi; 

do’qlash, qo’rqitish asosida aloqa o’rnatish usuli; 

hazil yoki o’yin asosida aloqa o’rnatish usuli. 

Sh.A.Amanashvili  do’stlik  asosida  aloqa  usuli  haqida  shunday  g’oyani  ifodalaydi  («Agar  bola  bizdan  uzoqlashsa, 

qanday qilib uni tarbiyalaymiz?»).  «Faqat  ma’naviyat  birlik  –  bundan boshqa  hech narsa  bu birlikni buzishi  mumkin 

emas».  «Baqirish  –  insoniy  munosabatlar  madaniyati  yo’qligini  yaqqol  ko’rinib  turgan  belgisidir.  O’qituvchining 

baqirishi bolani dovdiratib garang qilib qo’yadi» - degan edi Suxomlinskiy.  

O’zaro  hamkorlikda  pedagogik  ta’sir  ko’rsatishning  usullaridan  biri  ishontirishdir.  Ishontirish  –  shaxsning  bilimlar 

tizimiga,  dunyoqarashiga,  xulq-atvoriga,  hatti-harakatiga  ta’sir  eta  olish  va  uni  qisman  o’zgartirish  tushuniladi. 

Ishontirish haqiqiy va soxta turlarga bo’linadi. haqiqiy ishonch, e’tikod shaxsning hayot tarziga, uning ruhiy qiyofasiga, 

iroda  va  vijdoniga  ta’sir  etgani  uchun  ham  inson  uz  ishonchini,  e’tiqodini  himoya  qilib,  ba’zan  o’limga  ham  tayyor 

bo’ladi.  Masalan:  tarixdan  bilamizki,  xalq  qahramoni  oddiy  cho’pon  Shiroq,  o’z  elini  bosqinchilardan  saqlab  qolish 

uchun jonini fido qilgan.  

Soxta  ishonch  esa  o’zi  yashayotgan  muhitdan  atrofdagi  kishilarning  ta’sirida  to’plangan  salbiy  xulq-atvor,  tajribalar 

natijasida  shakllanadi.  Soxta  ishonch  va  e’tiqod  talabaning  atrofidagi  shaxslarning  noto’g’ri,  nopok  hayoti  natijasida 

quyidagi shakllardagi soxta ishonch paydo bo’ladi: halol mehnat bilan yashash ma’lumi qiyin kechadi. Shu bois ma’lum 

toifa shaxslar turli xil nopok yo’llar bilan turmush kechirishga harakat qiladilar. 

Ishonch  va  ishontirish  3  ta  tarkibiy  qismdan  iborat  bo’lib,  bular  talabaning  bilimlari,  his-tuygusi  va  xulq-atvorida 

namoyon bo’ladi: 

1. 

Bilimlar.    Talabaning ota-onasidan, tarbiyachi va pedagoglar, badiiy adabiyotlar va boshqa manbalardan 

odob-axloq, hatti-harakat, xulq-atvor haqida bilimlar to’plamidan iborat. 

Talabalarga  Sharq  mutafakkirlari  Abu  Ali  ibn  Sino,  Abu  Rayxon  Beruniy,  Alisher  Navoiy  haqida,  xalqimizning 

ozodligi uchun kurashgan qahramonlarimizning ijobiy xislatlari haqida hikoya o’qib berishning ta’siri katta.  

Ishonch,  e’tiqod,  mehnatsevarlik,  vatanparvarlik,  do’stlik,  burch,  vijdon  va  boshqa  axloqiy  tushunchalar  haqidagi 

bilimlarni ma’naviyat va ma’rifat darslarida o’kuvchilarga singdiriladi. 



2. 

His-tuyg’u.  Ishonch,  ishontirish,  e’tiqod  haqida  bilimlar  ishonarli,  hayotiy  misollar  yordamida  berilishi 

bilan birga bu bilmlar o’qituvchi tomonidan his-hayajonli tarzda berilganda talabalarga yaxshi ta’sir etadi. 



 

28 

3. 

Xulq-atvor.  Ishonch  va  e’tiqod  haqidagi  bilimlarni  hayotda  qullash  uchun,  shu  bilimlarni  amalda  – 

hayotda  (ota-onasi,  o’qituvchilari  va  boshqalarda)  ko’rgan  bo’lishi  kerak.  Shunday  sharoitda,  nazariy  bilimlar, 

talabaning malaka va ko’nikmasiga, shaxsiy sifatlariga aylanadi. 

Haqiqiy ishonch va e’tiqodni shakllantirish yo’llari quyidagilar: 

1. 

Talabalar  o’zlarini  boshqa  kishilar  bilan  taqqoslashga  o’rgatiladi.  Talabalarni  mahalla,  tumandagi 



hurmatli, obro’li kishilar bilan uchrashtirish.  

2. 


Salbiy,  soxta  ishonch,  xulq-atvor,  e’tiqod  kelajakda  qanday  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkinligini 

ko’rsatish. 

3. 

Talabaning  soxta  ishonchini  mantiqiy  fikrlash  bilan  ma’lum  darajagacha  davom  ettirish.  Masalan:  agar, 



bordiyu  hech  kim  ishlamasa  nima  bo’ladi?  Hech  kim  o’qimasa  nima  bo’ladi?  Deb  savol  beriladi  va  talabadan  bu 

savolga javob berish talab qilinadi. 

4. 

Talabaning fikrini, e’tiroz va savollarini oxirigacha, diqqat bilan eshitish (uni darhol rad etmaslik),  faqat 



ishonchli dalillar bilan uning fikrini o’zlashtirishga harakat qilish. 

5. 


Talabaga  ishonch  bildirish.  Unga  yordam  ko’rsatish  uchun  tayyor  ekanligini,  xayrxoh  ekanligini 

ko’rsatish. 

6. 

O’qituvchi (tarbiyachi) o’zining jiddiyligi, mardligi, ma’naviy yuksakligi bilan talabalarga o’rnak bo’lishi. 



Talabalarni ishontirish va ularning e’tiqodini mustahkamlash uchun quyidagi shartlarga amal qilish talab qilinadi: 

1. 


Talabalarni  ishontirish  va  ularga  ta’sir  etishda  qo’llanilayotgan  uslub  (hikoya,  suhbat  va  boshqalar) 

mazmunan va shaklan talabalarning yosh xususiyatlarini etiborga olishi kerak. 

2. 

Talabalar  bilan  alohida  yoki  kichik  guruhchalarga  bo’lib  suhbatlashganda  talabalarning  individual 



xususiyatlari, hayotga munosabatlarini o’qituvchi bilishi zarur. 

3. 


Suhbat yoki hikoya jarayonida keltirilgan misollarni iloji boricha, real hayotidan olib ko’rsatish. 

4. 


O’qituvchining  o’zi  talabalarga  berayotgan  bilim,  tushuncha  va  g’oyalariga  ishonish  muhimdir.  O’zini 

ishonmagan narsaga boshqani ishontirish qiyindir. 

Talabalar  bilan  tarbiyaviy  soatlarda,  ularni  nimagadir  ishontirishi,  qandaydir  mavzuda  munozara  o’tkazish  uchun 

talabalarning  aynan  hozirgi  vaqtidagi  kayfiyatini  asab  va  ruhiy  holatini  etarli  bilishi  kerak.  Agar  bolalar  betoqat, 

hayajonlangan,  qo’zg’lagn  bo’lsa,  ularni  yanada  ko’proq  hayajonlantiradigan  mavzuni  gapirmagan  ma’qulroq. 

Shuningdek,  talabalarni  nimagadir  ishontirish  uchun  o’qituvchining  so’zi  bilan  hatti-harakatlari  to’g’ri  kelishi  kerak. 

O’qituvchi o’kuvchilarni odob-axloqqa, tartib-intizomga chaqirsa-yu, o’zi amal qilmasa, bunday tarbiyadan samara kam 

bo’ladi.  Talabalarda  ishonch,  e’tiqodni  quruq  gap  bilan  shakllantirish  qiyin.  Auditoriyada  har  xil  suhbatlar, 

uchrashuvlar,  sayohatlar  tashkil  etish  yaxshi  samara  beradi.  Shuni  unutmaslik  kerakki,  harakat  bilan,  aniq  ish  bilan 

mustahkamlanmagan  tushuncha  va  bilimlar  oddiy  so’zligicha  qoladi.  Mehnatsevarlik  mehnat  bilan  mustahamlanadi. 

Insoniy xislatlar: mehmondo’stlik, kamtarlik, jasurlik, botirlik, sadoqat, burch bularning barchasi ijobiy namuna bilan, 

shu his-tuyg’uni boshidan kechirish bilan shakllanadi. 

Pedagogik  jarayonda  talabalarga  psixologik  ta’sir  etish  muammosi  bilan  psixologlar,  tibbiyot  xodimlari  va  boshqa 

mutaxassislari  faol  shug’ullanmoqdalar,  chunki  ta’lim  va  tarbiya  jarayoning  o’zi  o’qituvchining  talaba  ruhiyatiga, 

ongiga,  dunyoqarashiga  doimiy  ta’siri  deb  qarasa  bo’ladi.  Keyingi  yillarda  zamonaviy  psixologiyaning  psixoanaliz, 

gumanistik psixologiya, neyrolingvistik dasturlash, bixevorizm va kognitiv psixologiya kabi yo’nalishlari paydo bo’ldi 

va bu oqimlarning ba’zi bir metodlari kollejlarga kirib kelmoqda. 

Kollejlarda  «psixologik  xizmat»ning  paydo  bo’lishi,  talabalarning  psixologik  bilimlarining  oshishi  natijasida 

o’qituvchi-o’kuvchi orasidagi o’zaro psixologik ta’sirda ijobiy o’zgarishlar yuz bermoqda.  

Ta’lim jarayonida o’qituvchi va talaba orasidagi o’zaro munosabatlarning qanchalik katta ahamiyatga egaligini AQShda 

psixologi olimlar tomonidan  o’tkazilgan bir tajriba misolida ko’rsak bo’ladi. Kollejda talabalarning intellekt darajalari 

testlar yordamida aniqlab, uning natijalari haqida talabalarga ma’lumot berilar ekan. Psixologlar har bir auditoriyadan 

bir  nechta  o’rtacha  yoki  past  o’zlashtiruvchi  talabalarning  familiyasini  «yashirincha»  tarzda  bildirib,  o’qituvchilarga: 

«Bu talabalar yomonroq o’kiyapti, ammo aslida ular fidoyi talabalar»  - deb tushuntiriladi. Psixologlar bir yildan so’ng 

shu auditoriyalarga kelib test o’tkazganlarida, o’kuvchilarga «iqtidorli» deb bildirilgan talabalar auditoriyadoshlaridan 

hamma sohada ilg’orlab ketganliklari aniqlangan. 

Xo’sh, bu psixologik «hodisa»ning sababi nima? Birinchidan: talabalar olimlarning fikriga asoslanib, bu o’qvchilarga 

nisbatan  o’z  munosabatlarini  ijobiy  tomonga  o’zgartirganlar.  Ikkinchidan:  talabalar  o’zlariga  nisbatan  o’qituvchining 

munosabati yaxshi tomonga o’z ustlarida jiddiy ishlaganlar va bu darajaga erishganlar.  

Talabalarga dars va darsdan tashqari jarayonda ta’sir etishning juda ko’p turlari mavjud: bular quyidagicha farqlanadi: 

1. 

Ta’sir obekti va subektiga qarab; 



a) bir kishiga yoki ko’pchilikka ta’sir; 

b) shaxsning o’z-o’ziga ta’sir etish. 

2. 

Shaxsning faoliyatiga qarab ta’sir etish; 



a) shaxs uyg’oq vaqtida unga psixologik ta’sir etish; 

b) tabiiy uyqu vaqtida pixologik ta’sir etish; 

     gipnoz uyqusi jarayonida psixologik ta’sir etish. 

Zamonaviy  didaktika  psixologik  ta’sirning  ba’zi  bir  turlaridan  faol  foydalaniladi.  Masalana:  gipnoz  uyqusi  davrida 

o’kuvchilarga  (talabalarga)  chet  tilini  o’rgatish  yoki  talabalarda  kam  bo’lsa  ham  uchraydigan  duduqlanish  nuqsonini 

gipnopediya usullari bilan davolash mumkin. 

3. 

Psixologik ta’sirning oldindan rejalashtirilgan yoki rejalashtirilmagan turlari. 



 

29 

a)  oldindan  rejalashtirilgan  holda  talabaga  psixologik  ta’sir  dars  yoki  darsdan  tashqari  jarayonda  yakka  yoki  guruh 

holida  o’tkaziladi.  Buni  suhbat,  hikoyava  boshqa  an’anaviy  metodlar  bilan  birgalikda,  psixotrening,  autotrening  kabi 

metodlar bilan ham o’tkazish mumkin.  

b) oldindan ko’zda tutilmagan rejalashtirilmagan holda talabalarga psixologik ta’sir ko’rsatish. 

Bunday  ta’sir  etish  metodlari  odatda,  tasodifan  yuzaga  kelgan  vaziyatlarda,  nizoli  holatlarda  qo’llaniladi.  O’qituvchi 

shunday  vaziyatlardan  chiqib  ketish  uchun  oldindan  bir  nechta  psixologik  usullarini  yaxshi  o’zlashtirmagan  bo’lishi 

shart.  Zarur  vaziyatda  ushbu  usullarni  qo’llaydi.  Masalan:  nizoli  vaziyatdan  hazil  bilan  chiqib  ketish, 

nizolashayotganlarga alohida-alohida «muhim» topshiriq beri. 

4. 


Psixologik-pedagogik ta’sir mazmuniga qarab: ochiq va yopiq tarzda bo’ladi. 

a) Ochiq.  Bunday shakldagi ta’sir talabaning ma’lum  hatti-hrakatini yoki xulk-atvorini korreksiyalashga, to’g’rilashga 

yo’naltirishgan  bo’lib,  o’qituvchi  o’z  fikrini  ochiq  bayon  qiladi.  Masalan:  «Men  bilaman,  sen  irodasi  kuchli  yigitsan, 

ishonamanki, bundan keyin bunday ishni qilmaysan». 

b) Yopiq. Psixologik ta’sirda asosiy maqsad pardalangan holda, yoki «Qizim senga aytaman, kelinim sen eshit» tarzida 

beriladi. Masalan, bir tajribali o’qituvch hikoya qiladi; «kollej talabasi K. ismli qizningkeyingi vaqtlarda o’g’il bolalar 

bilan  juda  yaqinlashib,  hatto  sigareta  chekayotganligi  ma’lum  bo’lib  qoldi.  Qiz  juda  ham  tez  xafa  bo’ladigan,  kek 

saqlovchi  bo’lgani  uchun  qizlarning  hammasi  bilan  birgalikda,  «sigaretning  qizi  –  ayol  organizmiga  zarari»,  -  «erta 

jinsiy  uyg’onish  va  uning salbiy oqibatlari»  »  - degan  mavzuda suhbatlar tashkil etdik va gap orasida qizning nomini 

tilga olmasdan unga psixologik ta’sir etdik. Natijasi, kutganimizdan ham yaxshi bo’lib chiqdi. 

O’kuvchilarga psixologik ta’sir etish qadimdan ma’lum bo’lib, bu metodlardan; oilada, mahallada, qadimda  tarbiyaviy 

o’gitlardan  madrasalarda  unumli  foydalanganlar.  Auditoriyada  va  auditoriyadan  tashqarida  psixologik  va  pedagogik 

ta’sirning samarador kechishi uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo’lishi kerak: 

1. 


Berilayotgan axborot (material-matnning)ning ta’sirchanligi. 

2. 


Auditoriyadagi (guruhdagi) psixologik vaziyatning turg’unligi. 

3. 


O’qituvchining o’z kuchiga (hissiy ta’siriga) ishonishi. 

4. 


Talabalarning o’qituvchiga hissiy munosabati (o’qituvchining o’kuvchilar o’rtasidagi xurmati). 

5. 


Pisxologik ta’sir jarayonida talabalarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini e’tiborga olish. 

6. 


O’qtuvchining talabalarga ta’sir etish texnikasining qanchalik egallanganligi. 

7. 


Talabalarga  etarli  darajada  hissiy  ta’sir  etish  uchun  zarur  (moslashtirilgan)  joy,  vaqt  va  boshqa  sharoit, 

omillarning  mavjudligi  (shovqin  va  begona  kishilarning  yo’qligi,  xonada  talabalar  soni  10-15  tadan  oshmaslig  va 

boshqalar). 

  Shaxsning  kamol  topishida  o’z-o’ziga  ta’sir  etishning  ahamiyati  juda  katta.  o’smir  va  yoshlar  ko’pincha  o’zlaridagi 

yomon odatlarni (chekish va boshqalar), o’z salbiy shaxsiyxususiyatlarini bilgan holda uni tuzatish yo’llarini bilmasdan 

qiynaladilar  yoki  irodasi  sustlik  qiladi.  O’qituvchi  talabalar  orasida  o’z-o’ziga  ta’sir  etishning  yaxshi  tomonlarini 

mashhur kishilar hayoti misolida targ’ibot qilishi zarur.jismonan va ruhan kuchsiz, nogiron shaxslarning turli mashqlar 

yordamida  sport,  ilmu-fan,  ijod  va  boshqa  sohalarda  buyuk  muvofaqqiyatlarga  erishganliklarini  hikoya  qilib  berish 

talabalarga ijobiy ta’sir etadi. talabalar o’zlaridagi qo’rqoqlik, o’ta uyatchanlik, ishyoqmaslik, o’ziga ishonchsizlik kabi 

yomon  shaxsiy  xususiyatlarini  yo’qotishga  intiladilar.  O’qituvchi  va  kollej  psixologlarining  vazifasi  ularga  yaqindan 

yordam berishdir. 

Ko’pincha,  o’z-o’ziga  ta’sir  etish  bilan  yaxshi  o’qiydigan,  tartib-intizomli,  odob-axloqli  lekin,  shaxsidagi  ba’zi  bir 

yomon  odat  va  kamchiliklarni  tuzatishga  intilgan  yoshlar  jalb  qilinadi.  Aslida,  bunday  ishga  auditoriyadagi  «tarbiyasi 

og’ir»,  o’zlashtirishi  yomon  talabalarni  ko’proq  jalb  etish  va  ularni  o’z-o’ziga  ijobiy  ta’sir  etishga  qiziqtirish  va 

o’rganish zarur. 

Buning uchun o’qituvchining o’z-o’ziga ta’sir etish metodlari – «Autogen trenirovka» - (auto – «o’ziga» degan ma’noni 

bildiradi) – o’z-o’ziga ta’sir etish mashqlarining qadimiy ildizlar, qadimiy xind jo’g’ilari (yodlari) tomonidan yaratilgan 

o’z-o’zini jismonan va ruhan kamol topshirish uchun yaratgan metodlarning AQSh va Evropada zamonamiz kishilarga 

moslashtirilgan shaklidir. 

O’qituvchi talabalarga autogen mashqni o’rganish uchun o’zi quyidagilarni yaxshi bilishi zarur: 

1.  Talabalar  autogen  mashqni  o’tkaziladigan  joyni  tanlashda  uning  tinchligi,  boshqa  kishilarning  yo’qligiga  e’tibor 

berish. 


1. 

Stul, kreslo yoki erda qulay o’tirish. 

2. 

Badanni qisib turadigan narsalar bo’lmasligi. 



Bu talablar asosan autogen mashqlarni yakka tarzda o’tkazish uchun mo’ljallangan ammo, autogen mashqlarni guruh 

tarzida  ham o’tkazish  mumkin. bunday  mashqlarni o’tkazishdan  maqsad talabalarga  autogen  mashqlar bilan  mustaqil 

shug’ullanish malaka va ko’nikmalarini shakllantirishdir. 

3. 


Talabaga psixologik ta’sir etishni boshlash yoki o’z-o’ziga ta’sirning samarador kechishi uchun avvalom bor 

jismonan va ruhan bo’shashish – ya’ni relaksasiya holatiga – butunlay osoyishtalik holatiga tushishni o’rgatish kerak. 

Relaksasiya  asosan  auditoriyada  yuz  bergan  murakkab  pedagogik  vaziyatlarda,  pedagogik  qarovsiz,  tarbiyasi  og’ir, 

infantal va psixopatsimon xarakterli bolalar bilan ishlashga to’g’ri kelganda qo’llash yuqori samara beradi. 

Chunki, bu bolalarning ko’pchilig betoqat, tinimsiz, urushqoq, bezori bo’lib ularga tinchlanish, osoyishtalik ijobiy ta’sir 

etadi. 


Ammo,  shu  narsani  unutmaslik  kerakki,  talabalar  bilan  psixotrening  va  autotrening  mashqlarini  o’tkazish  uchun 

o’qituvchi shu metodlarini yaxshi egallagan bo’lishi kerak. Shu auditoriyada aynan shu metodlarini qo’llash mumkinligi 



 

30 

haqida  psixolog  va  bolalar  shifokoridan  rasmiy  ruxsat  olishi  zarur,  negaki,  bosh  miyasi  jarohat  olgan  yoki  tutqanoqli 

talabalar bunday mashqlar o’tkazish jarayonida o’zlarini yomon sezadilar. 

Relaksasiyaning  bosh  miyaga  psixofiziologik  ta’sir  mexanizmi  juda  sodda  bo’lib,  relaksasiya  davomida  talabaning 

ongiga  tashqi  va  ichki  asab  tolalaridan  (kanallaridan)  kelayotgan  ma’lumotlar  keskin  kamayib,  faqat  o’qituvchining 

ovozi  – uning talabaga psixologik ta’siri bosh  miya tomonidan axborot (yoki  ma’lumot) talaba tomonidan to’siqlarsiz 

qabul qilinadi va uning ta’sir kuchi yuqori bo’ladi. 

Yuqorida aytilganlarga qo’shimcha qilib shuni ko’rsatish kerakki, bu mashqlarni o’tkazuvchi shaxs ruhan pok, jismonan 

sog’lom va shu mashqlarni o’tkazishga rasmiy haq-huquqli bo’lishi shart. Autotrening mashqlarini o’smirlar va yoshlar 

kechqurun uyquga yotishdan oldin yoki ertalab o’rindan turishdan oldin ishlatish yaxshi samara beradi.  

Yakka  tarzda  yoki  guruh  bilan  talabalarda  relaksasiya  mashqlarini  o’tkazib,  so’ng  o’z-o’ziga  ta’sir  etishda  o’rgatish 

mashqlarini boshlasa bo’ladi. Buni taxminan shunday boshlash mumkin: 

ko’zingizni yuming, siz hozir xotirjamsiz va tinchsiz, siz dam olayapsiz (qo’l, oyoq, bel, bo’yin, yuz, kalla 



muskullari bo’shashtiriladi). 

Siz  erkin  nafas  olayapsiz.  Keyin  talabalarga,  ma’lum  maqsadga  yo’naltirilgan  (masalan,  irodani 



mustahkamlash, kuchli bo’lish, xotira va diqqatni rivojlantirish uchun alohida so’zlar – «formulalar» ishlab chiqiladi). 

Topshiriq, buyruqlar takrorlanadi. Masalan: ona tili va adabiyot darslarini o’zlashtirishga yo’naltirilgan «formulaning» 

namunasi: «Men ona tili va adabiyot darslarini yoqtiraman, chunki bu fanlar juda qiziqarli va menga bu fanlar kelajakda 

juda ham zurur bo’ladi» va hokazolar aytiladi. Juda muhim va zarur jumlalar ikki martadan va undan ortiq takrorlanadi. 

Psixologik  va  pedagogik  ta’sir  etish  o’qituvchi  tomonidan  doimo  o’tkazilishi  talabalarni  tashabbussiz,  sust  qo’yishi 

mumkin.  Asosiy  maqsad  talabalarning  o’z-o’zlariga  psixologik  ta’sir  etishni  o’rganishdir.  Bunga  erishish  esa  har 

tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashdagi asosiy qadamdir. 


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin