Guliston davlat universiteti sirtqi bo’limi iqtisodiyot (tarmoql
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Iqtisodiyotda boshqaruv tizimi eskirgani, innovatsion g’oyalarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha samarali mexanizmlar o’z vaqtida joriy qilinmagani ham jiddiy muammo bo’lib qolmoqda. Shuningdek, texnologik qoloqlik, resurs va energiyani tejaydigan texnologiyalar, muqobil energiya manbalarini tatbiq etishning sustligi ham iqtisodiy taraqqiyot yo’lida to’siq bo’lmoqda”, deya ta’kidlab o’tgan.
Shu o’rinda, milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Boshqacha so‘z bilan aytganda, innovatsiya faoliyatini rivojlantirmay turib, iqtisodiyot raqobatbardoshligiga erishib bo’lmaydi. Innovatsiya atamasining mazmunidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, qachonki har qanday kashfiyotlar, yangi voqealar, xizmatlar va usullar turlari tarqalishiga qabul qilinsa, o‘shanda xalq ommasi tomonidan tan olinadi. Bunda yangilikning joriy etilishi yangilikni qo‘llash jarayonini bildiradi va yangilikning tarqatilishiga qabul qilinishi vaqtidan boshlab yangi sifat – innovatsiyaga aylanadi.
Demak, innovatsiyani hayotga joriy qilishdan maqsad biror bir ijobiy natijaga erishishdir. Bundan shuni anglash mumkinki, innovatsiya sohasi o‘z-o‘zidan investitsiya sohasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida innovatsion-investitsion faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin:
— korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish;
— eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha omillar yaratish;
— ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan real sektor korxonalarining raqobatdoshligini oshirish;
— elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish;
— ichki bozorda talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash.