Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə28/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

3-asosiy savolning bayoni:

Zamonaviy terrorizm xilma-xil moliyaviy manbalardan oziqlanishi hisobiga faoliyat qamrovini kengaytirishga, moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga harakat qilmoqda. Bunda, shartli ravishda ichki va tashqi manbalarni ajratish mumkin.

Ichki manbalar sirasiga terrarchi tashkilotlarning ochiq, rasmiy faoliyat yurituvchi tuzilmalaridan keladigan daromadini hamda jinoiy yo‘l bilan topilgan va uyushma a’zolarining badal to‘lashi hisobiga olinadigan mablag‘larni kiritish mumkin.

Terrorchi guruhlar ko‘pgina hollarda ikkinchi bir shaxs yoki tashkilotlar nomidan kapital tez aylanadigan (bank ishi, savdo, restoranlar ochish, qurilish, transport) sohalarda faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalar ochishga e’tibor qaratmoqdalar. Jumladan, manbalarda «al-Qoida» tashkiloti YAqin SHarq va SHimoliy Afrika mamlakatlarida transport, qimmatbaho metall qazib olish, baliqchilik kabi yo‘nalishlarda daromad manbalarini shakllantirgani qayd etiladi.

Ayni paytda, terrorchi tashkilotlar daromad orttirish maqsadida bosqinchilik, tovon undirish, giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi, qimmatbaho metall va toshlar kontrabandasi, soxta pul va qimmatli qog‘ozlar ishlab chiqish, shuningdek, fohishabozlik uylari va qimorxonalar ochish hamda totalizatortar tashkil qilish kabi jinoiy usullardan ham keng ko‘lamda foydalanishini ta’kidlash zarur.

1999-yilda Qirg‘izistonga bostirib kirgan, o‘zini «O‘zbekiston islomiy harakati» deb ataydigan tashkilot jangarilari muzokara olib borish uchun kelgan vakillarni 50 ming dollar hisobiga qo‘yib yuborgani, 2003-yilning 27-martida «SHarqiy Turkiston ozodlik tashkiloti”ga mansub terrorchilar Qirg‘izistonda 19 ta xitoylik savdogarni o‘ldirib, ularning katta miqdordagi pulini o‘zlashtirganlari bunga misol bo‘la oladi.

SHu bilan bir qatorda, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, transmilliy jinoiy guruhlar giyohvand moddalar savdosidan yiliga 400 milllard dollar daromad oladi va ushbu mablag‘ning bir qismi terrorchilik guruhlari ixtiyoriga o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, deyarli barcha ekstremistik tashkilotlarning a’zolari miqdri oylik daromadining 5-20 % tashkil etadigan oylik badal (“batulmol” yoki “taborro‘”) to‘lashini ham qayd etish lozim.

Homiy davlatlar, turli diniy tashkilotlar va alohida shaxslar, shuningdek, YAqin SHarq va G‘arb davlatlaridagi ayrim guruhlar va tashkilotlar tomonidan ajratilgan mablag‘lar ham terrorchilar tomonidan keng foydalaniladi.

O‘zbekiston davlatining barqaror taraqqiyot va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan ichki siyosati ham ekstremizmning paydo bo‘lishi va rivojlanishi hamda ekstremizmdan terrorizmning kelib chiqishini bartaraf etishga qaratilgan faol strategiyadir. Unda ekstremizmga qarshi kurash orqali bunday tuzilmalar bag‘rida voyaga etishi mumkin bo‘lgan terrorchilar faoliyatining oldini olishga intilish o‘z aksini topganini ko‘rish mumkin.

SHuning uchun ham, O‘zbekiston ekstremizmga qarshi kurashda, uning paydo bo‘lishi va rivojlanishini bartaraf etish ishlarida g‘oyaviy tarbiya, xususan, mamlakat yoshlarida yuksak ma’naviyatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor bermoqda. Zero, bunday yondashuvda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga, milliy o‘zlikni tiklash va mustaqillikni mazmunan boyitishga asoslangan milliy istiqlol g‘oyasi, ma’naviyat va ma’rifat, to‘g‘ri shakllantirilgan ong ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash hamda jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlashning eng muhim tizimi sifatida yuzaga chiqadi.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin