Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə35/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

2-asosiy savolning bayoni:

Islom dinidagi ekstremistlar garchi, musulmon mamlakatlari jamiyati hayotida va hukumat siyosatida g‘arbdagi rivojlangan kuchli davlatlar ta’siriga tushib qolmaslik hamda mustaqillikni yo‘qotish havfiga qarshi kurashish uchun kadimgi islom g‘oyalarini qayta tiklash niqobi ostida harakat qilayotgan bo‘lsalar-da, aslida ularning diniy-siyosiy qarashlari hokimiyatga ishlatishga, mamlakat boshqaruvini egallashga qaratilgandir.

Islom ekstremistlarining paydo bo‘lishidagi asosiy sabablardan biri, Evropa davlatlarining Osiyo, Afrikani bosib olib talashi, bosqinchilik siyosatidir. Keyinchalik bu harakat dunyoviy davlatga karatilganli-gini unutmaslik kerak.

Islom dini ekstremistlari ayniqsa o‘z faoliyatini Misrda keng avj oldirdilar. Islom ekstremizmi tashkiliy jihatdan yagona partiyaga birlashmagan, balki xalq ommasining turli tabaqalari orasida ish ko‘ruvchi turli guruhlardan iborat. Eng ta’sirchan ekstremistik guruhlardan biri «Musulmon birodarlari» (Al-ihvon al-muslimin) uyushmasidir.

«Musulmon birodarlari» uyushmasi diniy-siyosiy tashkilot bo‘lib, u 1928 yilda SHayx Hasan al-Banno tashabbusi bilan Misrning Ismoiliya shahrida tashkil etilgan. «Musulmon birodarlari» tashkiloti xayr-ehson va ma’rifatchilik faoliyatidan to siyosiy hayotda terror metodini keng qo‘llashgacha bo‘lgan murakkab taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. 1949 yilda Hasan al-Banno o‘ldirilgandan keyin tashkilotda ajralish yuz berib, qator mustaqil guruhlar va tashkilotlar paydo bo‘ldi. 1954 yilda Misrda prezident J.A.Nosir (1918-1970) vaqtida bu tashkilotning respublika tartib-qoidalariga qarshi qaratilgan faoliyati g‘ayriqonuniy deb e’lon qilindi. Lekin ular keyingi yillarda yashirin holatga o‘tib, prezident Nosir hukumatini ag‘darib tashlashga bir necha bor urindilar.

Hozir «Musulmon birodarlari» tashkilotlari 30 ga yaqin mamlakatlarda ish ko‘rmoqda. Bu tashkilotlarning faoliyati «Ihvoniylar» (birodarlar) harakati degan umumiy nom olgan. Ihvoniylar harakati o‘zining ijtimoiy – sinfiy tarkibi hamda g‘oyaviy va siyosiy yo‘nalishi jihatidan bir xil emas. Bu harakat ichida uch asosiy yo‘nalish mavjud. Bular: «o‘rtacha» Misr ideologiyasi tarafdorlari, ya’ni «Musulmon birodar-lari» nomini olganlar; turli nomdagi guruhlarni o‘z ichiga olgan o‘ng ekstremistlar va bir necha yirik xalqaro guruhlar, masalan, 50-yillarda Iordaniyada tashkil etilgan. Islom ozodlik partiyasi, «Islom sotsializmi» pozitsiyasida turuvchi «Islom demok-ratlari».

Lekin ularning umumiy g‘oyasi bitta, ya’ni din niqobida hokimiyatga intilish. Bunday harakatlar turli mamlakatlarda sodir bo‘ldi. 1994 yili Qandahor hududida yuzaga kelgan yangi siyosiy harakat – «Tolibon» nomini olgan diniy-siyosiy kuch ham Afg‘onistonda hokimiyat sari intildi. Inqirozga yuz tutgan, qariyb 20 yil uzluksiz davom etgan shafqatsiz urush hammayoqni vayron qilib tashladi, odamlar tinchini yo‘qotgan Afg‘onistonga toliblar nima «in’om» etdilar? «Tolibon» o‘ziga xos g‘oya va aqidalarini ilgari surgan yangi siyosiy-diniy kuch emas, aksincha, vahhobiylarning XX asrdagi bir ko‘rinishi, xolos. Vahhobiylar singari ular ham Afg‘oniston hayotiga o‘rta asr diniy tartib-qoidalarini tatbiq etish, xalqni dunyo madaniyatidan uzib qo‘yish yo‘lidan bordi.

Mutaxassislar fikricha, islomiy ekstremizm va u bilan bog‘liq terrorizm dunyoning 15 dan ortiq mamlakatlariga alohida tahdid solmoqda. Er kurrasining turli qit’alarida joylashgan bunday mamlakatlarni shartli tarzda bir necha guruhga bo‘lish mumkin.

Birinchi guruhga mansub SHimoliy Afrikada joylashgan ayrim arab mamlakatlari, jumladan, eng katta arab davlati bo‘lgan Misr Arab Respublikasi uchun diniy ekstremizm bilan bog‘liq terrorchilik harakatlari haqiqiy muammoga aylandi. 1970-1980-yillarda bunday jarayon Tunisni qamrab oldi.

Mazkur mintaqada joylashgan yana bir arab davlati Jazoirdagi diniy ekstremistik tashkilotlarning qo‘poruvchilik faoliyati tufayli o‘n minglab begunoh insonlar halok bo‘lgan bo‘lsa, radikal islomchilar hokimiyatni boshqarayotgan Sudanda mana o‘n yildan oshiqroq vaqtdan beri ichki ijtimoiy-siyosiy barqarorlik mutlaqo izdan chiqqan, Darfur mintaqasi esa bugungi dunyoning eng fojiali nuqtalaridan biriga aylandi. Ustiga-ustak, ushbu mamlakat hududi turli xildagi terrorchi unsurlar to‘planayotgan va harbiy tayyorgarlikdan o‘tayotgan o‘nlab jangarilar uyalari amal qifayotgan xatarli joyga aylandi.

Ikkinchi guruhga Osiyo qit’asida joylashgan yana bir necha arab davlatlarini kiritish mumkin. Turli-tuman siyosiy, iqtisodiy va diniy-mafkuraviy sabablarga ko‘ra, Falastin hududlari, Iroq Respublikasi diniy ekstremizm bilan bog‘liq terrorchilik harakatlaridan katta talafot ko‘rmoqda. Saudiya Arabistoni Podshohligida ham terrorizm o‘zining mudhish qiyofasini namoyon etmoqda. Xususan, 2003-yilning fevralida Saudiya Arabistoni ulamolar Kengashi Podshohlikdagi chet el fuqarolariga hujum qilishni taqiqlovchi fatvo chiqardi. Unda chet elliklarga «kofir» deb qarash islom tamoyillariga mutlaqo zid ekani ta’kidlanadi.

Diniy ekstremistik faoliyatning uchinchi o‘chog‘i Janubi-SHarqiy Osiyo mintaqasida joylashgan deyish mumkin. Ushbu xatarning olovli nafasi, ayniqsa, Pokiston, Indoneziya, Malayziya hamda Hindiston va Fillipinning ayrim hududlarida o‘zining halokatli oqibatlarini namoyon etmoqda. Boshqacha aytganda, qadim-qadimlardan buddaviylik, hinduiylik, islom va boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchilar tinch-totuv yashab kelgan ulkan hududda ham ekstremizmning qo‘poruvchilik salohiyati o‘zini ko‘rsatmoqda.

Ta’kidlash joizki, diniy ekstremizm va u bilan bog‘liq terrorizmning O‘zbekistonga kirib kelishida aynan Afg‘oniston o‘ziga xos darvoza vazifasini o‘tadi. O‘tgan asrning so‘nggi yillarida mazkur mamlakatdan panoh topgan, «Tolibon» harakati va «al-Qoida» tashkiloti bilan mustahkam aloqalar o‘rnatgan «O‘zbekiston islomiy harakati» va oxirgi paytda u bilan birgalikda harakat qilayotgan «Hizbut-tahrir» kabi radikal diniy-siyosiy guruhlar, mana o‘n yildan oshiqroq vaqt mobaynida O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlaridagi barqarorlikka putur etkazishga intilib kelmoqda.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin