Guliston davlat universiteti


Mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə68/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash. Markaziy Osiyo davlatlari o‘z mustaqilligiga erishganlaridan so‘ng xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash ularning har biri uchun birlamchi masalaga aylandi. Mintaqa aholisining qariyb 45 % yashaydigan O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik respublikadir. Respublikamizning jahon geosiyosiy tizimidagi o‘rni va geostrategik salohiyati uning Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashdagi mavqeining o‘ziga xosligini ko‘rsatadi. SHundan kelib chiqib, O‘zbekiston diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, narkobiznes kabi xavflarga qarshi kurashga Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan jiddiy e’tibor qaratilishiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

2002-yilning oktabr oyida BMT va EXHT bilan hamkorlikda «Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash: narkotik moddalarning g‘ayriqonuniy aylanishi, uyushgan jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik» mavzuida Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro konferentsiya ham bu yo‘nalishdagi ishlar ko‘lamidan dalolat beradi. 70 ta mamlakat va 40 ta xalqaro tashkilotdan ekspertlar ishtirok etgan mazkur anjuman xalqaro terrorizmga qarshi kurash strategiyasiga umumiy yondashuvlar borasida amaliy takliflar tayyorladi.

Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti doirasida ham O‘zbekiston diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm va narkobiznes xavfini o‘zaro hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha qator tashabbuslar bilan chiqib, uni ro‘yobga chiqarib kelmoqda. 2000-yil 21-aprelda Toshkentda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston respublikalari terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilik hamda tomonlarning barqarorligiga xavf tug‘diradigan boshqa tahdidlarga qarshi kurashda hamkorlikda harakat qilish haqida shartnoma imzolagani ham buning isboti bo‘la oladi.

I.A.Karimov 1993-yilning 28-sentabrida BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida qilgan ma’ruzasida Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud yaratish borasidagi tashabbusni ilgari surgan edi. Diniy ekstremistlar va xalqaro terrorchi kuchlar ommaviy qirg‘in qurollariga ega bo‘lishga intilayotgan hozirgi davrda yadro quroli yaratilishi uchun zarur bo‘lgan materiallar tarqalmasligiga qaratilgan ushbu harakat BMT va jahon hamjamiyati tomonidan yuqori baholandi. BMT Bosh Assambleyasining 1997-yilning 9-dekabrida bo‘lib o‘tgan 52-sessiyasida «Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud yaratish» to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qilindi.

O‘zbekiston MDHdagi aksilterror markazi ishida ham faol qatnashmoqda. SHHT doirasidagi Aksilterror markazining Toshkent shahrida joylashtirilishini esa respublikamizning ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashdagi faolligininge’tirofi sifatida qarash mumkin. MOH tashkiloti ish rejalarida xavfsizlikning umumiy muhitini mustahkamlash, shu jumladan, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash chora-tadbirlari ham aks etgan.

2004-yii 17-18-oktabrda Dushanbeda MOH tashkilotiga a’zo davlatlarning rahbarlari kengashida, O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan, Rossiya Federatsiyasi ushbu tashkilot ta’sischilari safiga qo‘shildi. Ushbu anjumanda Markaziy Osiyoda suv-energetika, oziq-ovqat va transport konsortsiumlarini tashkil qilish va umumiy bozorni shakllantirish, Afg‘onistonni tiklash ishlarida MOH tashkilotiga a’zo davlatlarining hamkorligini faollashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan ekstremistik va terroristik tashkilotlar, ularning rahbarlari va a’zolarining ro‘yxatini tuzish MOH tashkilotiga a’zo davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi idoralari va maxsus xizmatlariga topshirildi.

O‘zbekistonning yuqorida qayd etib o‘tilgan mintaqaviy tashkilotlarning ishida faol ishtiroki, tashabbuslari va takliflari global xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda O‘zbekistonning tutgan o‘rni muhim ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin