O‘quv kursining maqsadi5111600-“Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni hozirgi davrda dunyodagi eng xavfli g‘oyalar bilan qurollangan diniy ekstremistik va terroristik harakatlarning kelib chiqishi, mohiyati va maqsadi bilan tanishtirish, mazkur to‘dalarning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sirini tushuntirish hamda ularda ushbu harakatlarga nisbatan g‘oyaviy imunitetni yanada kuchaytirishdan iboratdir.
O‘quv kursining vazifalari. YUqoridagi maqsaddan kelib chiqib o‘quv kursi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘ygan:
XX asrdagi dunyodaning siyosiy xaritasidagi o‘zgarishlar natijasida ekstremizm va terrorizm tahdidini kuchayishini talabalarga tushuntirish;
dunyoviy davlatning dinga munosabatini o‘rganish orqali O‘zbekistonning dunyoviy davlat sifatidagi dinga munosabatini baholash;
diniy aqidaparastlikning kelib chiqish tarixini «kuzatish»;
vahhobiylikning kelib chiqishi va mohiyatini tahlil qilish;
diniy ekstremizmning paydo bo‘lish tarixini o‘rganish;
O‘zbekistonda diniy ekstremizm va terrorizm harakatlarining yoyilishini va ular keltirgan zararini baholash;
dunyodagi terroristik harakatlar va partiyalarning maqsadini tushuntirish;
talabalarni yuqoridagi ma’lumotlar bilan g‘oyaviy qurollantirish;
ularni vatanparvarlik, tinchliksevarlik, tolerantlik, yot g‘oyalarga qarshi kurash ruhida tarbiyalash va sh.k.lardan iboratdir.