«3 in 1» metodining afzalliklari 1.O’qituvchining dars mavzusiga mos metodlarni tanlash huquqiga egaligi.
2.O’quv jarayonida qo’llaniladigan texnik vositalarning mvjudligi va sharoitga moslashishning qulayligi.
3.Talabalar tayyorgarligi, mavzuni qay darajada qamray olishiga ko’ra eng ma’qul metodlarni tanlashga qulayligi.
4.Talabalar sonidan kelib chiqib metod tanlash imkonining mavjudligi.
5.Vaqtni hisobga olib mavjud metodlarning eng muhim elementlarni tanlash imkoniyatining mavjudligi.
6.O’tilayotgan mavzuga talabalarning erkin munosabat bildira olishi.
7.Talabalarning voqelikka farqli jihatlardan yondashish mumkinligini anglashiga yordam berishi.
8.O’zigi ishonch bildirilayotganligini muntazam his qilishi natijasida talabalarda ilmiy munosabat bildirish malakasining shakllanishiga yordam berishi.
«3 in 1» metodning kamchiliklari 1.O’qituvchi-talaba munosabati va o’rtadagi farq saqlanib qoladi. O’qituvchining xulosasi muhim bo’lib qolaveradi. Muammolar echimida o’qituvchi munosabati etakchilik qiladi.
2.Guruhdagi barcha talabalarning faolligini ta’minlashning imkonsizligi.
3.Munozaralar sababli yuzaga keladigan shovqinning mavzuning tushunilishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi.
«3 in 1» metodini qo’llash uchun o’qituvchilarga tavsiyalar 1.Talabani mustaqil shaxs sifatida e’tirof etishingizni bildiring va o’zingiz bunga birinchi navbatda amal qiling.
2.Talabaning zaif tomonlarini sezganda unga e’tiborliroq bo’ling.
3.Talaba fikr bildirayotganda uni e’tibor bilan tinglang va dastaklang.
4.Talabalar masalaning echimini topgunicha sabr bilan kuting.
5. Talabalarni noto’g’ri fikri uchun jazolamang, kamsitmang.
6.Ta’qiqlashda nimani qilmaslikni emas nega qilmaslik kerakligini tushuntirishga harakat qiling.
7.Muvaffaqiyatli harakat va yaxshi fikr egalarini, faol talabalarni muntazam rag’batlantirib boring.
8.Talabalarning zerikishiga imkon bermang.
9.Har bir talabaning faol ishtirok etishiga imkon yarating.
10.Hech qachon «sening fikring noto’g’ri » demang.
11.Darsdagi muammoning echimi haqida darsdan so’ng ham munozara davom etishiga erishing.
12.Talabalni hech qachon «a’lochi» va «ikkichi» kabi toifalarga ajratmang.
13.Oson tushuniladigan, adabiy ravon tilda so’zlang. Ovoz ohangini mavzuga mos ravishda o’zgartirib boring.
14.Xulosa chiqarishga shoshilmang.
15.Darsingizni va talabalaringizni hurmat qiling.