Atmosfera, tuproq, yer osti va yer usti suvlarining odamlar salomatligiga xavf tug'diruvchi darajada konsentratsiyadagi zararli moddalar bilan ifloslanishiga sabab bo'ladigan gaz tozalash qurilmalaridagi, biologik va boshqa tozalash inshootlaridagi avariyalar.
Bino va inshootlarning birdan qulab tushishi bilan bog'liq avariyalar
Odamlar o'limi bilan bog'liq bo'lgan va zudlik bilan avariya qutqaruv ishlari o'tkazilishini hamda zarar ko'rganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatilishini talab qiladigan maktablar, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshqa ijtimoiy yo'nalishdagi obyektlar, shuningdek, uy-joy sektori binolari konstruksiyalarining to'satdan buzilishi, yong'inlar, gaz portlashi va boshqa hodisalar.
Radioaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan foydalanish yoki ulami saqlash bilan bog'liq avariyalar
Sanitariya-himoya hududi tashqarisiga chiqarib tashlanishl natijasida paydo bo'igan yuqori darajadagi radioaktivlik odamlaming yo'l qo'yiladigan ko'p miqdorda nurlanishini keItirib chiqargan texnologlk jarayonda radioaktiv moddalardan foydalanadigan obyektlardagi avariyalar; radioaktiv materiallami tashish vaqtidagi avariyalar; Radioizotop buyumlaming yo'qotilishi; biologik vositalarni va ulardan olinadigan preparatlami tayyorlash, saqlash va tashishni amalga oshiruvchi iIrniytadqiqot va boshqa muassasalarda biologik vositalarning atrof-muhitga chiqib ketishi yoki yo'qotilishi bilan bog'liq vaziyatlar.
Suv omborlarida, daryo va kanallardagi buzilishlar, baland tog'lardagi ko'llardan suv urib ketishi natijasida vujudga kelgan hamda suv bosgan hududlarda odamlar o'limiga, sanoat va qishloq xo'jaligi obyektIari ishining, aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko'chirish tadbirlarini talab qiladigan halokatli suv bosishlari.
Sardoba suv ombori — OʻzbekistonningSirdaryo viloyatida barpo etilgan suv ombori. 2017-yilJanubiy Mirzachoʻl kanalining markaziy tarmogʻi oqib oʻtgan hududda qurilgan. Suv sigʻimi 930 million m³, balandligi 28,8 m.[1] Suv omborining qurilishi 2010-yil boshlanib, 2017-yil yakunlandi.
2020-yil1-may, soat 05:55 da suv ombori toʻgʻonining 6-piket devoridan suv sizib chiqa boshladi, suv oqimi tobora kuchayib bordi.