Guliston shahar 5-umumiy o’rta ta’lim maktab 2-"E" sinf rahbari Sarkayeva Intizorning



Yüklə 1,23 Mb.
tarix02.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#121934

Guliston shahar 5-umumiy o’rta ta’lim maktab


2-“E” sinf rahbari Sarkayeva Intizorning
Yillik sinf rahbarlik
HISOBOTI
O’quv yili boshida 2- “E’’ sinfda jami 28 nafar o’quvchi bo’lib, shundan 14 nafari qizlarni 14 nafari yigitlarni tashkil qiladi. Sinf o’quvchilari bilan 2022-2023 o’quv yili davomida bir qancha ishlarni amalga oshirdik.Jumladan, sentyabr oyida yurtimiz mustaqilligining 31 yilligiga bag’ishlab “Yangi O’zbekistonda el aziz inson aziz” mavzusida tarbiyaviy soat darsi tashkil qilindi. Sinf o’quvchilari va ota-onalar yig’lishlarinning yillik rejalari tuzilib, sinf faollari saylab olindi.
Sinfda namunali xulq , a’lo o’qishlari bilan namuna bo’la oladigan o’quvchi Xaydarov Shamshod sinf sardori etib tayinlandi. Har bir o’quvchining ota-onalari uchun muloqot daftarlari tashkil qilindi.
Yurtboshimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan ,,Yashil makon ‘’loyihasida ham 2-“E”-sinf o’quvchilari faol qatnashdi.

O’quv yilining oktyabr oyida sinf o’quvchilari bilan birgalikda 1-oktyabr “O’qituvchi va murabbiylar kuni” hamda o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining nishonlash maqsadida “ Ona tilim-jonu dilim” mavzusida davra suhbati va uchrashuv, diktantlar tanlovi tashkil etildi.


Bundan tashqari noyabr oyida sinfda 18-noyabr O’zbekiston Respublikasi davlar bayrog’I qabul qilinganligi munosabati bilan rangli rasmlar tanlovi tashkil qilindi.

O’quvchilar bilan 20-noyabrdan-dekabrgacha “Yong’in xavfsizlik oyligi” haqida tarbiyaviy suhbat o’tkazildi.Elektr energiyasi-milliy boyligimiz nomli diktantlar olindi.O’quvchilarga tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish haqida tushuntirilidi.
8-Dekabr Konstitutsiyamiz-bosh qomusimiz qabul qilingan kun munosabati bilan ,,Faravon hayot kafolati o’z qo’limizda’’deb nomlangan diktant olindi.Barcha o’quvchilar o’zlari yod olgan she’rlar va konstitutsiyada aks etgan moddalar bilan faol ishtirok etishdi.

O’quvchilar bilan muntazam ravishda ,,Qiziqarli matematika’’ to’garagi ham olib borildi.





Bundan tashqari barcha o’quvchilardan yangi yil munosabati oldidan turli pirotexnik vositalardan foydalanmasliklari va bayram kunlari ko’chaga oila a’zolari bilan birn chiqishi lozimligi o’qtirilgan tilxatlar ham olindi.
III-chorak boshida sinf o’quvchilari 28 nafarni tashkil etdi.Haftaning har juma kunlari sinf soatlari o’tkazilib,o’quvchilarning odob-ahloq,tartib –intizomlariga rioya etishlari haqida tushunchalar berib borildi.
O’quvchilar bilan matematika to’garaklari olib borildi.Past o’zlashtirishgan va iqtidorli o’quvchilar aniqlab olinib ,ular bilan muntazam mashg’ulotlar olib borildi.

IV-chorak davomida 2-“E” sinf o’quvchilari turli tanlovlarda qatnashib borishdi.Boshlang’ichlar o’rtasida bo’lib o’tgan “Kichik bilimdon” olimpiadasida yaxshi natijalarni ko’rsatishdi.
Har chorak ota-onalar yig’ilishi o’tkazilib borildi.Bunda farzandlar tarbiyasi,o’qishi asosiy masala qilib qo’yildi.
Barcha o’quvchilar o’zlashtirishiga ko’ra baholanib borildi.
Kafolat xatlari ota-onalar tomonidan to’ldirilib ,tanishtirilib chiqildi.
Yil yakunida o’quv yili davomida a’lo baholarga o’qigan,jamoat ishlarida faol qatnashgan o’quvchilarga faxriy yorliqlar taqdim etildi.



2-“E” sinf rahbari: Sarkayeva I.
Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin