Marketing korxonaning uzoq muddatli natijaviylikka yo‘naltirilganligini ko‘zda tutadi. Marketing tadbirlarini rejalashtirish va realizatsiya qilish faoliyatining uzoq davrini talab qiladi. Avval savdo bozori sinchiklab tahlil qilinadi, keyin mos keluvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi, bozorga joriy etiladi. Ushbu uzoq davr mobaynida korxonalar bozorda muvaffaqiyat qozonish va kelgusida foyda (daromad) umidida kapital qo‘yadilar va bozor yangilikni qabul qilgandan keyingina, foyda kelib tusha boshlaydi. Yangi mahsulot haqidagi g‘oyaning paydo bo‘lishi va uning bozordagi muvaffaqiyatiga qadar yillar o‘tishi mumkin.
Bozorda muvaffaqiyat qozonishni ta’minlovchi marketing prinsiplaridan biri - firmaning hamma xodimlari uchun marketingga xos fikr-mulohazalarning zarurligidir. Firma rahbariyati shunday tashkiliy madaniyatni shakllantirishi kerakki, unga ko‘ra firmaning hamma ishchilari o‘zaro kelishgan holda mehnat qilishlari, kompaniyaga nisbatan rivojlangan vatanparvarilk tuyg‘usiga ega bo‘lishlari, jamiyatning muhim muammolarini yechishdagi uning rolidan faxrlanishlari, mijozlarni hurmat qilishlari zarur. Ayrim kompaniyalarning o‘z xodimlariga nisbatan quyidagi murojaatlari mavjud: “Iste’molchi – qirol, shoh, biz, tovar ishlab chiqaruvchilar esa ishonchli tobelarmiz. Unutmang, mijozlar sizga ish haqi to‘laydi. Tovar xarid qilgan ellikta iste’molchiga bitta shikoyat qiluvchi mijoz to‘g‘ri keladi”.
Marketing prinsiplari:
1. Bozor konyunkturasi, talab dinamikasi holatini hamda iste’mol qarorini qabul qilish hisobi (bozorga kirish).
2.Bozor talablariga maksimal darajada ishlab chiqarishni tashkil etish uchun sharoit yaratish (bozorga moslashish).
3. Iste’molchilarga aynan shu tovarlarni sotib oldirish maqsadida ularga ta’sir o‘tkazish (bozorga, iste’molchilarga ta’sir o‘tkazish).
Marketing turlari. Xalqaro marketing
Marketing turlari Marketingning aniq shakllari va mazmuni korxona faoliyat xususiyatlaridan, uning ichki imkoniyatlari va tashqi shart-sharoitlaridan kelib chiqadi. Bu yerda marketing va boshqa hamma oraliq faoliyat turlarining qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun yagona yo’naltiriladigan jarayonga birlashishi sodir bo’ladi, bu esa o’z navbatida turli xil marketing turlarining harakatlashini belgilab beradi.