Gumanitar fanlar


Sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash



Yüklə 460,23 Kb.
səhifə20/69
tarix18.04.2023
ölçüsü460,23 Kb.
#99755
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69
Gumanitar fanlar

Sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda sud-xuquq sohasida amalga oshirilgan islohotlar sud xokimiyatining fuqarolarning xuquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi roli va ahamiyatini oshirishga xizmat kildi. Sud tizimining demokratik asoslarini isloh qilish va yanada chuqurlashtirish, sud ishlarining adolatli va o’z vaqtida ko’rib chiqilishini ta‘minlash, fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy xuquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish hamda sudlarning ixtisoslashuvini amalga oshirishga qaratilgan normativ-xuquqiy baza yaratildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi «Sud-xuquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning xuquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF 4850-son Farmoni sud-xuquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish sohasida davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqdi. Mazkur Farmon bilan sud-xuquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning xuquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiklanib, sudlarni yanada ixtisoslashtirish, shu jumladan ilgor xorijiy tajribani o’rganish asosida fuqarolik, jinoyat ishlari bo’yicha sudlar va xo’jalik sudlarining vakolatlarini qayta ko’rib chiqish yo’li bilan ma‘muriy sudlarni tashkil etishbo’yicha zarur vazifalar belgilandi. Sudyalarning vakolat muddati nisbatan qisqa ekanligi amaliyotda sudyalarning mustaqilligiga zarar yetkazish extimolini kuchaytiradi. Shunday xolatlar bo’ladiki, sudyaning o’z xizmat vazifalarini bajarishga printsipial yondashuvi sub‘ektiv baxolanishi uning nomzodini keyingi muddatga ko’rsatilmay qolishiga sabab bo’lishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Xarakatlar strategiyasi to’g’risida»gi Farmoni bilan tasdiqlangan «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturining 2.1-bandida boshqa masalalar qatori sudyalarning mustaqilligi va beg’arazligi printsipining so’zsiz amal qilishini ta‘minlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Xususan, «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturining 2.1-yo’nalishida sudya lavozimida bo’lishning ilk marotaba 5 yillik, keyin 10 yillik muddatini va shundan so’ng muddatsiz davrini belgilash nazarda tutilgan.Davlat dasturida nazarda tutilganidek, sudya lavozimida bo’lishning eng yuqori yoshini belgilash sud tizimida katta xayotiy va kasbiy tajribaga ega bo’lgan sudyalarni saqlab qolish va ularning saloxiyatidan yosh sudyalarni tarbiyalash hamda kasbga o’rgatish jarayonida keng foydalanish orqali odil sudlovni amalga oshirish sifatini yanada ko’tarish va sud xokimiyati mustaqilligini ta‘minlashga xizmat kiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo’yicha Oliy malaka komissiyasi negizida sud xokimiyati organi sifatida Sudyalar oliy kengashini tashkil qilish bu kengash faoliyatida sudyalarning faol ishtirok etishi, sudyalarning xuquqlari na qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha choralar ko’rish, sud xokimiyati mustaqilligini ta‘minlash manfaatlariga xizmat kiladi. Bu, o’z navbatida, sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish borasidagi sud raislari vakolatlarining bekor qilinishiga olib kelib, natijada sudyaning sud raislari tazyiqisiz ishlarni xal qilishi va muayyan ishlarni mazmunan ko’rib chiqishda chinakam mustaqil bo’lishiga olib keladi. Qisqacha aytganda Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi sudyalarning mustaqilligi na beg’arazligini ta‘minlash barobarida fuqarolarning xuquq va erkinliklari hamda ularning va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini sud tartibida himoya qilish kafolatlarini kuchaytiradi, odil sudlovni amalga oshirishdan ko’zlangan maqsadlarga erishish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yüklə 460,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin