Bajardi: Nurmamatov Asliddin
Guruh: 021-20
Variant: 14
Laboratoriya ishi №1
Cisco Packet Tracer dasturida LAN tarmogʻini loyihalash
Ishdan maqsad: Cisco Packet Tracer dasturida LAN tarmogʻini loyihalash,
sozlash va ma’lumot almashinish jarayonini tadqiq qilish.
Nazariy qism
Tarmoq kompyuterlar oʻrtasida ma’lumot almashishni ta’minlaydigan
maxsus uskunalar yordamida bir-biriga ulangan kompyuterlar guruhi. Ikki
kompyuter oʻrtasidagi aloqa toʻgʻridan-toʻgʻri boʻlishi mumkin yoki qoʻshimcha
aloqa tugunlaridan foydalanish.
Tarmoqlarning bir nechta turlari mavjud va lokal tarmoq ulardan biri.
Mahalliy tarmoq, aslida, bitta binoda yoki alohida xonada, masalan, kvartirada
ishlatiladigan tarmoq, ularda ishlatiladigan kompyuterlar va dasturlarning oʻzaro
ta’sirini ta’minlash uchun. Turli binolarda joylashgan mahalliy tarmoqlar sun'iy
yoʻldosh aloqa kanallari yoki optik tolali tarmoqlar yordamida bir-biriga ulanishi
mumkin, bu sizga global tarmoq yaratishga imkon beradi, ya’ni bir nechta mahalliy
tarmoqlarni oʻz ichiga olgan tarmoq.
Internet uzoq vaqtdan beri global va keng qamrovli boʻlib kelgan, shu
jumladan yuz minglab turli tarmoqlar va yuz millionlab kompyuterlarni qamrab
olgan tarmoqqa yana bir misoldir. Modem, mahalliy yoki global ulanish orqali
Internetga qanday kirishingizdan qat'iy nazar, har bir Internet foydalanuvchisi aslida
tarmoq foydalanuvchisidir. Internetdan foydalanish uchun Internet-brauzerlar, FTP
mijozlari, elektron pochta dasturlari va boshqalar kabi turli xil dasturlardan
foydalaniladi.
Tarmoq arxitekturasining ikki turi mavjud: peer-to-peer va mijoz / server,
Ayni paytda, mijoz / server arxitekturasi deyarli barcha sohalarda qoʻllanilmoqda.
Agar "peer-to-peer" tarmogʻidan foydalanilsa, unda unga kiritilgan barcha
kompyuterlar bir xil huquqlarga ega. Shunga koʻra, har qanday kompyuter oʻz
resurslariga kirishni ta’minlaydigan server yoki boshqa serverlarning resurslaridan
foydalanuvchi mijoz sifatida harakat qilishi mumkin.
Mijoz / server arxitekturasi asosida qurilgan tarmoqda bir nechta asosiy
kompyuterlar - serverlar mavjud. Tarmoqqa kiradigan qolgan kompyuterlar mijozlar
yoki ish stantsiyalari deb ataladi.
Server – bu tarmoqdagi boshqa kompyuterlarga xizmat koʻrsatadigan
kompyuter. Ular taqdim etadigan xizmatlarda bir-biridan farq qiladigan har xil
turdagi serverlar mavjud; ma’lumotlar bazasi serverlari, fayl serverlari, bosma
serverlar, pochta serverlari, veb-serverlar va boshqalar.
Xab, switch yoki marshrutizator va shunga uhshash tarmoqni bogʻlovchi
qurilmalar ma’lumotlat oqimini nazorat qilishi uchun sozlanadi. Ularning xar biri
vazifalariga qarab turli joylarda qoʻllaniladi. Misol uchun xab kichik lokal
tarmoqlarda qoʻllansa, switch esa nisbatan katta tarmoqlarda qoʻllaniladi. Tarmoq
foydalanuvchilari soni 10 tadan oshmaganda xabdan foydalanish iqtisodiy jixatdan
xam toʻgʻri echim xisoblanadi.
Ammo tarmoqda mavjud kompyuterlar soni 20 va
undan koʻp boʻlsa, switchdan foydalangan ma’quldir. Chunki tarmoqqa katta
yuklanishdagi ma’lumot kelib tushganda, xab uni qayta ishlamasdan barcha
portlarga tarqatadi va natijada xab turli uzilishlarga uchrashi mumkin.
Switch (kommutator)ga bunday yuklanish zarar yetkazmaydi. U biror bir
portga kelib tushgan paketlar ketma – ketligini skanerlab, qaysi portdan chiqishi
kerakligini tanlab, MAC adres boʻyicha oʻsha port orqali uzatadi. Bu xolatda ishlash
tezligi bir qancha millisekundlarga kamayishi mumkin ammo bu sezilmaydi.
Hozirgi kunda tarmoq kommutatori ishlab chiqaruvchi firma, kompaniyalar orasida
raqobat ancha kuchaygan. Switch turli xil segmentda joylashgan kompyuterlarni bir
– biri bilan bogʻlay oladi.
Kommutator OSI modelining kanal sathida ishlaydi. Kommutatorlar koʻprik
texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan boʻlib, koʻp hollarda koʻp portli koʻprik
sifatida qaraladi. Bir necha tarmoqlarni tarmoq sathida ulash uchun mashrutizatorlar
xizmat qiladi.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi
Cisco Packet Tracer dasturi yordamida LAN (Local Area Netowork)
tarmogʻini biz siz bilan 16 ta kompyuter va 2 ta Switch orqali hosil qilamiz
4.1-rasm. Cisco Packet Tracer dasturi koʻrinishi
Dasturga 16 ta kompyuter va 2 ta switch uskunasini joylashtirib olamiz.
3.2-rasm. Cisco Packet Tracer dasturi ish oynasi
Switchni Physical menyusidan 24 ta portga ega switch ekanligini koʻrishimiz
mumkin. Bu switch orqali jami 24 ta kompyuterni bogʻlashimiz mumkin.
4.3-rasm. Cisco Packet Tracer dasturida qurilma
Config menyusidan Switchimizga Switchuz deb belgilab olamiz
4.4-rasm. Cisco Packet Tracer dasturi swich sozlamasi oynasi
Switchimizni CLI menyusiga kirib kod yozib sozlab olishimiz mumkin.
4.5-rasm. Cisco Packet Tracer dasturi ish oynasi
Biz bu yerda qaysi kompyuter qaysi portga bogʻlanishini oʻzimiz tanlaymiz
Dasturga joylashtirib olgan uskunalarimizni avtomatik aloqa liniyasi orqali
bogʻlab chiqamiz.
4.7-rasm. LAN tarmogʻi aloqa liniyasi orqali bogʻlanishi
IP Configuration bandini tanlab har bir kompyuterimizga IP manzil berib
chiqamiz
4.8-rasm. Desktop minyusi
Bunda biz 192.168.43.1 dan ketma-ket ravishda 192.168.43.16 gacha manzil
berib olamiz
4.9-rasm. IP manzillarni sozlash oynasi
Tarmoq toʻgʻri qurilganini tekshirib koʻrishimiz uchun, Command Prompt
bandi orqali kirib qaysi kompyuter bilan aloqa qilmoqchi boʻlsak ping orqali IP
manzilini yozib tekshiramiz.
4.10-rasm. Desktop oynasi
Biz 1 va 14 kompyuterlarni aloqa almashinishini koʻramiz
4.11-rasm. Desktop oynasining kod yozish oynasi
Simulation oynasini ishga tushurib 1 va 14 kompyuterga xabar joʻnatib
koʻramiz.
4.12-rasm. Tarmoqni testlash jarayoni
Yuqorida biz tarmoq toʻgʻri qurilganini koʻrishimiz mumkun.
Dostları ilə paylaş: |