Guruh: 714-20 Tekshirdi: Eshniyozov Temur Toshkent -2023 Tavsif


FOYDALANUVCHINING SHAXSIY MA’LUMOTLARI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə3/4
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#179368
1   2   3   4
nurshod kibir xafszligi siyosati

FOYDALANUVCHINING SHAXSIY MA’LUMOTLARI

3.1. Bank mijozlari boʻlgan foydalanuvchilar bankdan tuzilgan shartnomalar asosida shaxsiy ma’lumotlarni bankka topshiradi. Bunday ma’lumotlarni qayta ishlash tartibi tegishli shartnomalar bilan belgilanadi.
3.2. Qayta ishlash tartibi tegishli shartnomalar bilan belgilanmagan mijozlarning shaxsiy ma’lumotlari ushbu siyosatga muvofiq qayta ishlanadi.
3.3. Mijoz boʻlmagan foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari ushbu siyosatga muvofiq qayta ishlanadi.
3.4. Ushbu siyosat doirasida quyidagi turdagi ma'lumotlar qayta ishlanadi:
3.4.1. «MBX» tizimlaridan foydalanish jarayonida foydalanuvchi mustaqil ravishda ulashadigan ma’lumotlar, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlar (masalan, arizalar va formalarni toʻldirishda). Foydalanuvchi mustaqil ravishda bankka ma’lumot berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, shu jumladan ma’lumot berishni rad etadi.
3.4.2. «MBX» tizimlaridan foydalanish jarayonida avtomatik ravishda bankka taqdim qilingan ma’lumotlar, shu jumladan ip‐manzillar, Cookie - fayllardan olingan ma’lumotlar, qidirlilgan sahifalar manzillari, ishlatilgan dasturiy ta'minot turi va versiyasi, foydalanuvchi saytga kirgan domenlar, qidiruv soʻzlari, berilgan qidiruv natijalari, faol sessiya vaqti/tizimga ulanish va boshqalar.
3.4.3. Foydalanuvchi qurilmasi tomonidan avtomatik ravishda bankka taqdim qilingan foydalanuvchi joylashuvi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. Foydalanuvchi oʻz qurilmasi sozlamalarini oʻzgartirib, ushbu turdagi ma’lumotlarni taqdim qilish tartibini boshqarishi mumkin.
3.5. Bank bunday ma’lumotlardan sayt foydalanuvchilari haqida ma’lumot toʻplash uchun foydalanilmasligini ta’minlaydi. Foydalanuvchilarning veb‐saytga tashrifi natijasida avtomatik ravishda oʻqiladigan har qanday ma’lumot, shu jumladan koʻrish ketma‐ketligi, veb‐xizmat koʻrsatuvchi provayder va saytdagi Internet-trafik bilan munosabatlarni nazorat qilish, umuman saytning ishlashini ta’minlash, saytdan foydalanish statistikasini tahlil qilish uchun jamlangan tarzda (individual foydalanuvchilarni aniqlamasdan) ishlatiladi.
3.6. Bank shaxsiy ma’lumotlar bilan faqat buyurtma bilan belgilangan, qabul qilingan "onlayn ariza" ni qayta ishlash va xizmatlar koʻrsatishda bevosita ishtirok etadigan xodimlar doirasi bilan tanishishni kafolatlaydi.
3.7. Bank saytga tashrif buyuruvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini roziligisiz uchinchi shaxslarga oshkor qilmaydi yoki taqdim etmaydi. Bank Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga faqat quyidagi hollarda berish huquqiga ega: foydalanuvchi ushbu ma’lumotni oshkor qilish istagini bildirgan holda; bu qonunga muvofiq koʻrib chiqiladi.
3.8. Ushbu siyosat faqat bankning «MBX» tizimlariga tegishli. Bank uchinchi tomon tizimlarini nazorat qilmaydi va javobgar boʻlmaydi. Bunday tizimlarda foydalanuvchidan boshqa shaxsiy ma’lumotlar toʻplanishi yoki soʻralishi mumkin, shuningdek boshqa harakatlar ham amalga oshirilishi mumkin.
3.9. Mijozlar bilan tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan asoslar va tartibda mijozlarni identifikatsiyalash hollari bundan mustasno, bank foydalanuvchilar tomonidan taqdim qilinadigan shaxsiy ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirmaydi. Biroq, bank foydalanuvchi ishonchli va yetarli shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishidan kelib chiqadi.
3.10. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashda bank Oʻzbekiston Respublikasining 02.07.2019-yildagi OʻRQ-547- sonli "Shaxsiy ma’lumotlar toʻgʻrisida"gi qonuniga amal qiladi.


  1. Yüklə 5,01 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin