4.1. Bank faqat Foydalanuvchiga xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlaydi.
4.2. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari bank tomonidan quyidagi maqsadlarda ishlatilishi mumkin:
4.2.1. Mijozni identifikatsiyadan oʻtkazish;
4.2.2. Foydalanuvchiga shaxsiylashtirilgan xizmatlarni taqdim etish;
4.2.3. Foydalanuvchi bilan aloqa, shu jumladan «MBX» tizimlaridan foydalanish bilan bogʻliq bildirishnomalar, soʻrovlar va ma’lumotlarni yoʻnaltirish va foydalanuvchi soʻrovlari, arizalari va topshiriqlarini qayta ishlash;
4.2.4. Xizmat sifatini yaxshilash, undan foydalanish qulayligi, yangi xizmatlarni ishlab chiqish;
FOYDALANUVCHILARNING SHAXSIY MA’LUMOTLARINI UCHINCHI SHAXSLARGA TAQDIM QILISH SHARTLARI
5.1. Bank quyidagi hollarda Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga topshirish huquqiga ega:
5.1.1. Foydalanuvchi bunday harakatlarga roziligini bildirgan taqdirda;
5.1.2. Foydalanuvchi topshirigʻini bajarish uchun;
5.1.3. Bank foydalanuvchi ushbu siyosat shartlarini, bank bilan tuzilgan shartnomalarni va/yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablarini buzayotganiga ishonish uchun yetarli asosga ega boʻlgan hollarda bankning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish imkoniyatini ta’minlash maqsadida.
FOYDALANUVCHILARNING SHAXSIY MA’LUMOTLARINI HIMOYA QILISH
6.1. Bank shaxsiy ma’lumotlarning tasodifiy yoki ruxsatsiz kirish, yoʻq qilish, oʻzgartirish, kirishni blokirovka qilish va boshqa ruxsatsiz harakatlardan xavfsizligini ta’minlash uchun zarur tashkiliy va texnik choralarni koʻradi.
MAXFIYLIK SIYOSATIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH
7.1. Bank ushbu siyosatga bir tomonlama oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega. Siyosatning yangi tahriri bank veb-saytida www.aloqabank.uz joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi. Agar siyosatning yangi tahririda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa