Shundan so‘ng bu boradagi ishlarning ijrosi tizimli ravishda davom etdi:
Vazirlar Mahkamasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti
tashkil qilindi
va uning tashabbusi bilan Atamalar komissiyasi tuzildi. Vazirlar
Mahkamasining 2020-yil 20- yanvardagi qarori bilan barcha davlat organlari,
vazirliklar va ularga tenglashtirilgan tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar
samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi
qonun hujjatlariga rioya
etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi tashkil qilindi.
Shu yilning 9-mart kuni “Geografik ob’yektlarning nomlarini, shuningdek,
jamoat joylari, ko‘chalar, binolar peshtoqidagi turli lavha va reklamalarning
qonun hujjatlari talablariga muvofiqlashtirish
masalalari hamda joylarda
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi 34-son qarorining ijrosi
haqida” bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda aynan shu masalaga e’tibor qaratildi va
davlat tilini rivojlantirish chora-tadbirlarining ijrosiga oid qat’iy talablar
belgilandi.
Shuncha
ishlar ortidan mana, millat fidoyisi Abdulla Qodiriy bobomizning
tavallud kunlarida “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni imzolandi. Unga ko‘ra, har yilning 21-
oktyabr kuni O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi. Endilikda u Mustaqillik
bayrami kabi zalvorli, nodir va jonbaxsh, xalqning
va davlatning qonuniy
bayramiga aylandi. O‘zbekistonning barcha hududlarida uning keng
ko‘lamda, tantanali nishonlanishi qat’iy belgilab qo‘yildi.
Buni ona tilimizning haqqoniy tantanasi, davlatchilik an’analarimizning
yuksak tarannumi desak arziydi.