1.2. Maktabgacha yoshlik bollarni do’stlik o’rtoqlik ruxida tarbiyalashda tarbiyachining mahorati
Tarbiyachi yosh avlodni halqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va fahrli shu bilan birga ma'suliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarningtarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o‘z ma'suliyatini anglashga ta'lim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondoshishga o‘z mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi o‘sishga ko‘maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o‘zi yashab turgan o‘lka xayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi ijtimoiy faol bo‘lishi kerak.
Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang‘ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy ahlok, o‘z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli manosabatda bo‘lish odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgӯylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o‘simlik va hayvonlarga g‘amxurlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalarni mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi ahloqiy sifatlarni tarbiyalaydi. Xalq san'ati, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy san'atni bilish, san'atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boradigan ishida yordam beradi.
Pedagog kerakli bilim, malaka va ko‘nikmalarni ma'lum bir izchillik bilan egallab borsagina bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish ishida yaxshi natijalarga erishadi. Tarbiyachi o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Faoliyat ta'lim tashkilotida bolalarga ta'lim berishning asosiy shaklidir. Faoliyat – pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda xabardor qilishidir. Tarbiyachi bolalarga ta'lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy, gigenik, xulq madaniyati, gaplashish nutqi, sanoq-hisob harakatlari kabi turli tuman malaka va ko‘nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta'lim berishda bosh rolni faoliyat egallaydi. Faoliyatlar maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'limni tashkil etish shaklidir. Ta'lim shakli deganda ta'lim beruvchi pedagog va bolalarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi va kun tartibida ma'lum bir vaqtda o‘tkaziladi. Ta'lim shakli bolalar soni, pedagog va bolalar o‘rtasidagi o‘zaro ta'sir xususiyatiga, o‘tkazish joyiga shuningdek kun tartibida egallagan o‘rniga qarab bir-biridan farq qiladi. Bundan tashqari, bolalarga ta'lim berish ishlari ekskursiya, didaktik o‘yinlar orqali, kun davomida bolalarning faoliyat ishlanmadan tashqari har xil faoliyatlarida, ularning o‘yinlariga rahbarlik qilish jarayonida amalga oshirilib boriladi. Faoliyat maktabgacha ta'lim yoshidagi hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma'lum o‘rin va vaqt ajratilgan. Faoliyat tarbiyachi rahbarligida o‘tkaziladi, tarbiyachi faoliyatda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalarning amaliy faoliayatlarini tashkil etadi. O‘quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Faoliyat bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Faoliyat orqali bolalar o‘quv malakasini egallab oladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta'lim berish natijasida bilimga qiziqishlar rivojlana boradi. Bolalarga bilim berishning jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: birgalikdagi faoliyatda bolalar birbirlariga faol ta'sir etishadi, o‘z tashabbusi, topog‘onligini namoyon qilish imkoniyati tug‘iladi. Bolalar oldiga umumiy zo‘r berishning talab etuvchi vazifa qo‘yilganda birgalikda qayg‘urishadi, jamoatchilik xissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs-o‘yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o‘qishda paydo bo‘lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do‘stona jamoasini yaratishga yordam beradi. Faoliyatda ta'lim berish orqali bolalarda maktabdagi o‘qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik xissi, o‘zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to‘g‘ri sifatlar hosil qilinadi.
Maktabgacha yoshidagi bolalarda bag‘rikenglikni tarbiyalash bu dolzarb bo‘lib, bir tomondan, jahon va milliy ijtimoiy-siyosiy vaziyat bilan, ikkinchi tomondan, bag‘rikenglik ilmiy nazariyasining rivojlanishi bilan belgilanadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”, – degan fikrlari yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida etuk, barkamol etib tarbiyalashda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Dunyoda ta’lim-tarbiyaning interfaol texnologiyalarini qo‘llash orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda gender tolerantligini shakllantirishning samarali usullarini ishlab chiqish, kreativ yondashuv asosida bolalarda tolerantlikni shakllantirishning metodik tizimini ishlab chiqishga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shuningdek, oila va maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamkorligi asosida bolalarda tolerantlikni shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish samaradorligini oshirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda tolerantlikni shakllantirishda o‘yin va ertak asosidagi texnologiyalar, texnik vositalardan foydalanish mexanizmini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida shaxsga yo‘naltirilgan va hamkorlikdagi ta’lim-tarbiya yondashuvlarini samarali qo‘llash asosida bolalarda tolerantlikni shakllantirish texnologiyasi hamda metodik ta’minotini takomillashtirishni taqozo etadi.
Respublikamizda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni har tomonlama uyg‘un rivojlantirish uchun yetarlicha shart-sharoitlarni yaratish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga innovatsion va ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etishga katta ahamiyat qaratilmoqda. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturida, bolalar «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalarida o‘z “Men”i va o‘zgalar shaxsi o‘ziga xosliklari, bag‘rikenglik va tolerantlikka doir bilimlarini shakllantirish, ijtimoiy munosabatlar va muloqot o‘rnatish kompetensiyalarini o‘zlashtirishlari kerakligi belgilab berilgan. “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida “Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bu esa, maktabgacha yoshdagi bolalarda tolerantlikni shakllantirishning psixologikpedagogik va metodik xususiyatlarini aniqlashtirish, tolerantlikni shakllantirishning metodik tizimini takomillashtirishni taqozo etadi
Tolerantlik ko‘p millatli jamiyatda ijtimoiy tenglikka yetishish hamda jamiyatda tinchtotuvlikni saqlashning asosi bo‘lib, diniy, madaniy, hayot tarziga ko‘ra farqlarining borligini tan olish, o‘z madaniyatini ikkinchi bir madaniyatdan ustun qo‘yishdan voz kechish hisoblanadi.
Tolerantlikni tarbiyalashning psixologiyasini chuqurroq anglash uchun inson psixologiyasining tabiati va o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntirib beruvchi nazariyalarga to‘xtalib o‘tish lozim
Psixologlar orasida birinchi bo‘lib J.Kelli 1955-yilda “har bir odamning dunyoni o‘zicha, o‘zi xoxlaganday tushunishga xaqliligi, har bir odam o‘z hayotida bo‘layotgan voqealar oqimini o‘zining tushunchasi orqali qarashi va baholashi”- g‘oyasini ilgari surgan.
Inson har bir voqeaning mazmunini o‘zi aniqlaydi. Voqea inson tomonidan idrok qilingandan keyingina odamga ta’sir eta boshlaydi. Odam o‘zi duch kelgan turmush qiyinchiliklarini o‘zining ana shu qiyinchiliklar to‘g‘risidagi tushunchasini o‘zgartirish orqali yengib o‘tadi.
Psixologiya faniga J.Kelli kognitiv murakkablik tushunchasini kiritgan. Kognitiv murakkablik insonning atrofdagi odamlarni va o‘zini idrok qilishiga katta ta’sir etadi. Insonda tolerant ongni va xulq-atvorni shakllantirish uchun uning kognitiv murakabligiga ta’sir etish va uni oshirish zarur.
Tolerantlik- bu boshqa odamning nuqtai nazarini tushunishga va u odam bilan faoliyat olib borish uchun intilishga asoslangan xulq-atvordir, turli bahs-munozara, tortishuv va nizolarni hal etishda tolerantlik talab etiladi.
Tolerantlik to‘rt tuzilmadan iborat bo‘lib, ularni shakllantirish tolerantlikka tarbiyalashning mazmunini tashkil etadi.
Tolerant insonni shakllantirish uchun tolerant yo‘nalishdagi ijtimoiy ko‘nikmalarni shakklantirish, o‘zini boshqa odamlar bilan tinch-totuv yashashga o‘rgatish lozim.
Tolerantlik yo‘nalishdagi ijtimoiy ko‘nikmalar-bu odamlar bilan tqqri muomalada bo‘lish, urush-janjalli vaziyatlardan chiqa olish, odamlar bilan til topisha olish, ijtimoiy-psixologik vazminlik, ijtimoiy sezgirlik, empatiyaga moyillik, bag‘rikenglik, boshqa odamlarning yaxshi tomonlarini baholay olishdir.
G.V.Soldatova amaliy psixologiyaning kontekstida tolerantlikni psixologik vazminlikni shakllantirish sifatida qarab, «tolerantlikka tarbiyalashni psixologik vazminlikning xar qanday shakkllarini rivojlantirish, o‘zini boshqara olish psixologik vazminlikka erishish qobiliyatlarini rivojlantirish sifatida tavsiflangan .
Yosh avlodda tolerantlikni tarbiyalash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Dunyodagi barcha narsalarning (er sharidagi materiklar, davlatlar, ularda yashovchi xalqlar, hayvonlar, o‘simliklar va b.) turlicha ekanligini tushuntirish.
Millatlarni irqi, dini, xayot-tarzi xar xil ekanligini tushuntirish.
Millatlar bir-biridan farq qilishini tushuntirish.
Kishilardagi o‘zgachalikka bag‘rikenglik va sabr bilan munosobatda bo‘lish.
Fuqarolarni o‘zaro tinch-totuvlikda yashashga o‘rgatish.
Yoshlarga ma’suliyatni sezgan holda, javobgarlikni yuqorilatish yo‘nalishida tarbiya berish.
Yosh avlodda vazminlikni kuchaytirish, bag‘rikenglik, sabrlilik, chidamlilik kabi xususiyatlarni tarbiyalash.