Guruh talabasi narbayeva zarinaning
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
“O’ZBEK TILI ADABIYOTI” FAKULTETI
3-KURS “B” GURUH TALABASI
NARBAYEVA ZARINANING
“O’ZBEK ADABIYOTI TARIXI” FANIDAN
“ULUG’BEK XAZINASI” ROMANIDA DAVR VA SHAXS FOJEASI TALQINI MAVZUSIDA
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: f.f.n Fayziyeva D.
Navoiy-2020
MUNDARIJA
KIRISH
1-BOB. Yozuvchi Odil Yoqubov nasrida tarixiy obrazlarning badiiy talqin etilishi
1.1. Istiqlol mafkurasi va Mirzo Ulug`bek obrazining keng qamrovliligi
1.2. Asarda epik tafakkur tabiati va davr voqealarining badiiy tasviri
2-BOB. Asarda tarixiy siymoning badiiy obrazga aylanishi va adabiy qahramon muammosi
2.1. Yozuvchining g`oyaviy-estetik munosabati va Ali Qushchi obrazi orqali ustozga hurmat va sadoqatning ifodalanishi.
2.2. Padarkush Abdulatif va uning ayanchli qismati.
XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Istiqlol yuksak ilohiy ne`mat sifatida nafaqat turmush tarzimizga , balki madaniy –ma`naviy hayotimizga ham teran kirib bormoqda . Mamlakatimiz o`zining ilmiy va iqsodiy-siyosiy salohiyatini ham dunyo hamjamiyati oldida tobora yuksaltirmoqda. Qadimdan ilmu ma`rifatning beshigi sanalgan yurtimiz tarixini chuqurroq o`rganish, ajdodlar ma`naviy merosini tiklash bugungi kunning dolzarb masalalaridan etib belgilandi. Yurtdoshlarimizni barkamol shaxs qilib tarbiyalash yo`lidagi sa`yu harakatlar boshida Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning turganligi va axloqiy- ma`naviy tarbiyaning Davlat dasturi maqomiga ko`tarilishi ham mustaqillik sharofati hisoblanadi. Mustaqillik yillarida qatag`onga uchragan an`analarimiz , islom dini va tasavvuf , islomiy falsafa va uning jamiyat hayotiga ta`siri yuzasidan ochiq-oydin mushohada yuritish imkoniyati tug`ildi. Bu borada yurtboshimiz ta`kidlaganidek: «Xalqimiz asrlarosha yashab kelgan an`analari, urf-odatlari , tili va ruhi negiziga qurilgan milliy mustaqillik mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar bilan mahkam uyg`unlashgan holda kelajakka ishonch tuyg`usini odamlar qalbi va ongiga yetkazishi, ularni Vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalashi, halollikni, mardlik va sabr-bardoshlilikni , adolat tuyg`usini , bilim va ma`rifatga intilishni tarbiyalash yo`lida xizmat qilmog`i lozim»
Ma`lumki, jamiyat taraqqiyotining tub burilishida ilm-fan yuksak mavqe egallaydi. Shu bois, mustaqil mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq bu masala davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Adabiyotimizdagi hurfikrlilik va badiiy mushohadaning yangilanishi, xalqimizning shonli tarixini haqqoniy badiiy idrok etish va tasvirlash imkonining kengayganligida ham ko`zga tashlanadi. Zero ma`naviyatimizning negizi hisoblangan tarix o`zining zukkoligi bilan dunyo tamadduniga ulkan hissa qo`shgan ulug`
bobokalonlarimiz zakovatining ko`zgusidir. Shu boisdan ham keyingi yillarda yaratilgan tarixiy mavzuda yaratilgan romanlar avvalo xalqning milliy o`zligini anglashi va ildizlari qadim millat sifatidagi g`ururining yuksalishiga xizmat qilishi jihatidan qadrlidir.
Mamlakatimiz o`z mustaqilligini qo`lga kiritgan dastlabki yillardanoq ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan milliy-ma`naviy va madaniy merosni chuqur o`rganish, xalqimiz ma`naviy hayotiga yetkazish davlatimiz siyosatining ustuvor yo`nalishi etib belgilandi.
Birinchi prezidentimiz o`zining “Yuksak ma`naviyat –engilmas kuch” asarida ajdodlarimizning Millat va xalq yo`lida, uning ozodligi uchun kurashlari, ma`naviyat va ma`rifatga bo`lgan e`tibori alohida ta`kidlanadi. Jumladan: «…Yuksak ma`naviyatga ega bo`lgan halq hech kimga hech qachon qaram bo`lmaydi, o`zining ezgu maqsadlariga albatta yetadi»,-deb ta`kidlanadi.
O`zbek adabiyotida xalqimiz tarixining eng shonli zarvaraqlarini teran badiiy tahlil qilishga bag`ishlangan bir qator yirik asarlar yaratilgan. Xalqimiz tarixining turfa bosqichlarini tasvirlash, millatimizning ijtimoiy va ma`naviy hayotida muhim rol o`ynagan iste`dod sohiblari shaxsiyatining jamiyat taraqqiyotida tutgan o`rnini ko`rsatib berish, tarixiy voqelik va shaxs munosabatini yoritish, shuningdek, davlatchiligimiz tarixi va milliy qadriyatlarimizning tarixiy- hayotiy asoslarini oydinlashtirish o`zbek tarixiy romanlarining o`ziga xos milliy xususiyatlarini tashkil etadi.
Tarixiy mavzuda yozilgan badiiy asarlar, xususan, romanlar xalqimiz tarixining badiiy solnomasidir. Shuning uchun ham milliy hurlik tufayli o`zligini anglayotgan, ajdodlarining kim ekanligi, tarixiy ildizlari qaysi davrlarga borib taqalishi bilan qiziqayotgan har bir vatandoshimiz uchun tarixiy manbalar bilan bir qatorda shu mavzudagi badiiy asarlar ham g`oyat nodir tarixiy xotira sarchashmasi vazifasini o`taydi.
“Haqqoniy tarixni bilmasdan turib o`zlikni anglash mumkin emas” degan g`oyat purma`no g`oyani ilgari surgan Prezidentimiz o`zlarining bir guruh tarixchi olimlar bilan uchrashuvlarida tarixning xalqimiz va mamlakatimiz taqdiridagi ahamiyati masalasiga tamomila yangicha yondashdilar hamda haqqoniy tarixni yaratishning yangi nazariy yo`nalishlarini belgilab berdilar. Mamlakatimiz rahbarining el-yurt taqdiri, ozod va obod diyorimizning istiqbolini o`ylab aytgan bu so`zlari adabiyotimizda ham tarixiy mavzu yanada chuqurroq, keng qamrovli yoritilishi, xalq va Vatan tarixining barcha qirralari xolisona tasvirlanishiga alohida ahamiyat berish lozimligini ko`rsatadi.
Yozuvchi Odil Yoqubovning “Ulug`bek xazinasi” romani yuzasidan juda ko`plab ilmiy tadqiqotlar yaratilgan. Asarning badiiy qimmati, tarixiy haqiqat bilan bog`liqlik masalasi va obrazlari tahlil etilgan. Ammo bugun tarixga munosabat tubdan o`zgardi. Shu bois Mirzo Ulug`bek va temuriylar tarixini xolisona o`rganish, “Ulug`bek xazinasi” romanidagi Mirzo Ulug`bek hayoti, fojeali o`limiga bog`liq tavsilotlarni bugungi kun nuqtai nazaridan o`rganish ishning dolzarbligini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: |