Rejalashtiruvchi hujjatlar: 1.o`quv reja-o`quv yili davomida o`qitiladigan fanlar va ularga ajratilgan soatlar taqsimoti beriladi.
2.o`quv dasturi- ta’lim tizimidagi har bir o`quv fanining mazmuni va o`tilish tartibini, ta’lim oluvchilar tomonidan o`zlashtirilishi lozim bo`lgan bilim hamda ko`nikmalar hajmini belgilab beradigan rasmiy pedagogik hujjat bo`lib, o`quv dasturi tegishli vazirliklar qoshidagi ilmiy metodik kengashlar tomonidan tasdiqlanadi. Har bir o`quv dasturi so`z boshi, o`quv fani mazmunining qisqa bayoni, ta`lim oluvchilarning bilim va ko`nikmalariga qo`yiladigan talablar singari 3 qismdan iborat.
3.taqvimiy-mavzuli reja- amaldagi o`quv dasturlar va tayanch o`quv reja asosida ta’lim muassasalarida fan o`qituvchilari uchun aniq bir o`quv fani uchun tuziladigan hujjat turi bo`lib, unda o`quv fanining nomi, fan o`tiladigan o`quv yili, sinf va bosqichi, fanning o`qituvchisi, mashg`ulot turi, unga ajratilgan soatlar, soatlarning bajarilish muddati va o`qituvchining imzosi bo`ladi. Taqvim-mavzuli rejada mavzularning nomi, ularning qaysi mashg`ulot turida bajarilishi alohida ko`rsatib o`tiladi. Taqvim-mavzuli reja fan o`qituvchisi tomonidan doimiy ravishda to`ldirib boriladi, ya`ni fanning sinflar kesimida mavzular taqsimoti va uning bajarilish muddatlarida o`qituvchi tomonidan rasmiylashtirilishi shart.
Taqvim-mavzu rejaga quyidagi hollarda 15 % gacha o`zgartirishlar kiritishlari mumkin:
-tegishli fan o`qituvchilari o`zining pedagogik salohiyati va murakkab mavzularni inobatga olib;
-fan doirasida mavzularda chuqurlashtirilgan bilimlarni kiritish maqsadida;
-mavzularning mohiyatidan kelib chiqib mavzuni takomillashtirish maqsadida;
Taqvim-mavzuli rejalar yillik yoki yarim yillik qilib tuziladi va ulardagi ma`lumotlar quyidagi tartibda o`z aksini topadi:
-mashg’ulot mavzusining nomi;
-mashg’ulotning turi;
-mashg’ulot uchun ajratilgan soat;
-mashg’ulotning bajarilish muddati (sana);
-fan o`qituvchisining imzosi.
4. dars-reja konspekti-mavzuning bayoni bo`lib, bunda aynan shu mavzuga tegishli ma’lumotlar beriladi.
3.Yakuniy bosqich “Blits savol”lar:
1.Rejalashtirish nima?
2.Rejalashtirishdan maqsad qanday?
3.Rejalashtirishning vazifalari?
4.Texnologiya fanida rejalashtirish mazmuni.
5.Texnologiya fanida rejalashtiruvchi hujjatlar turlari?
6. Taqvimiy-mavzuli reja nima?
7.Dars-reja konspekti qanday yoziladi?
8. O`quv reja nima?