Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti “Maktabgacha ta`lim” fakulteti “Maktabgacha ta`lim metodikasi” kafedrasi o`qituvchisi Djelyalov Marlen Zoidovichning 534-23guruhda o`tkazilgan ochiq dars BAYONNOMASI 11.12..2023 yil Qatnashdilar:534-23-guruh talabalari, J.Saidov,G.Muqimova. Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti “Maktabgacha ta`lim” fakulteti “Maktabgacha ta`lim metodikasi” kafedrasi o`qituvchisi Djelyalov Marlen Zoidovich 2023-yil 11-dekabrda 534-23 guruhda ochiq dars o`tkazdi. Ochiq darsda 534-23 guruh talabalari hamda “Maktabgacha ta`lim metodikasi” kafedrasi professor-o`qituvchilari J.Saidov,534-23 guruh tyutori G.Muqimova qatnashdilar.
Ochiq dars fanning nomi:“Maktabgacha ta`lim tarbiyani tashkil etish”.
Ochiq darsning mavzusi:“ Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik tarbiyasi.”
Ochiq dars turi:Ma`ruza. Ochiq darsning rejasi:
1. Kirish.
2. Ekologik tarbiya haqida tushuncha.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik tarbiyasi.
4. Ekologik tarbiya haqida faktlar.
5. Xulosa.
Yuqoridagi rejalardan kelib chiqib dars noodatiy shaklda tashkil etildi. Dars rolli-o`yin shaklda tashkil etilib, television ko`rsatuv shaklda debatlarga asoslanib olib borildi. Talabalarga darsdan avval ekologiyani asrashga bog`liq videorolik suratga tushirish aytilgan edi. Videorolik asos sifatida olinib, guruh o`zaro debatga kirishdi.
O`qituvchi talabalarga har hil tafsiyalar,ma`lumotlar berib o`tdi. Munozara oxiridaM.Z.Djelyalov rejani umumlashtirib xulosaladi.
Reja asosida tayyorlangan taqdimot asosida bolalarni ekologiya va atrof muhitni toza saqlash to`g`risida tushunchalar berildi. Shu asosida talabalarga savollar va qiziqarli testlar berildi. Talabalar savollarga javob berishdi. O`qituvchi M.Djelyalov rejani umumlashtirib xulosaladi. So`ngra 4-rejani 3ta kichik guruhlar A3format qog`ozlarga yozib yoritib berishdi. 4-rejani o`qituvchi xulosaladi. Mavzu yuzasidan mustahkamlovchi tahliliy tushunchalar talabalar so`rab o`tildi. Talabalarga mustahkamlovchi savollar berildi talabalar javob berishdi. Mavzuni o`qituvchi xulosaladi. Darsda faol ishtirok etgan talabalarni rag`batlantirdi. Dars yakunida guruh talabalari baholandi. Ochiq dars tugaganidan so`ng dars muhokamasi bo`lib o`tdi. Unda kafedra professor-o`qituvchilari J.Saidov, 534-23 guruh tyutori ochiq dars yuzasidan o`z fikrlarini bildirishdi.
Muhokamalar avvalida M.Djelyalovning o`ziga so`z berildi:
“Avvalo, meni bugungi 534-23-guruh talabalari bilan birgalikda o`tkazilgan ochiq darsimga tashrif buyurganingiz uchun rahmat. “Maktabgacha ta`lim tarbiyani tashkil etish” fanidan “Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik tarbiyasi.” mavzusida talabalar ma`lumotlarga ega bo`lishdi deb o`ylayman, oldimga qo`ygan maqsadimga erishdim deb hisoblayman – dedi M.Djelyalov.
J.Saidov: “Men darsni qoniqarli deb hisoblayman hamma ish o`z vaqtida bajarildi, vaqt teng taqsimlandi. O`qituvchining o`zini tutishi talab darajasida. Dars mavzusiga doir foydalanilgan adabiyotlarni rasmiylashtirishda kamchiliklar bor shu kamchilikni bartaraf qilish kerak”- dedi.
G.Muqimova: “Menga ham dars yoqdi, qoniqarli deb hisoblayman.Dars jarayonida ko`rgazmali qurollardan, texnika vositalaridan unumli foydalanildi. Dars juda qiziqarli tashkil etildi. ” – deb darsga o`z munosabatini bildirdi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib qaror qiladi: 1.Bildirilgan fikr mulohazalarni e`tiborga olib, Djelyalov Marlen Zoidovichning “Maktabgacha ta`lim tarbiyani tashkil etish”. fanidan “Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik tarbiyasi.” mavzusida o`tgan ochiq darsi ijobiy baholab, qoniqarli deb hisoblansin.
Ilmiy kengash raisi:X.A. Meliyev
Ilmiy kengash kotibi: G.Xasanova
Dars kuzatuvchilar: J.Saidov
G.Muqimova