2. Kо‘mirni gazifikasiyalashda hosil bо‘ladigan mahsulotlarni «desulfirlash» (suv, havo va yorituvchi gaz) natijasida ham oltingugurt ajratiladi: masalan, havo va aktivlangan kо‘mir katalizatori ta’sirida H2S tarkibidagi S-2 dan S0 gacha oksidlanadi va erkin holda ajralib chiqadi:
2H2S + O2 = 2H2O + 2S
H2S ni O2 chala yonishi reaksiyasi balan (reaksiya yuqoridagi kabi), va natriy tiosulfatga kislota ta’sir ettirib:
Na2S2O3 + 2HCl = 2NaCl + SO2 + H2O + S↓
yoki ammoniy polisulfidni haydash yо‘li bilan ham oltingugurt ajratiladi:
Fiziologik ta’siri. Oltingugurt hayotiy muhim element, bog‘langan holda u hamma yuqori tartibli organizm (oqsillarning tarkibiy qismi) tarkibiga kiradi. Erkin oltingugurt insonlar uchun zaharli emas, kamroq miqdordagisi bо‘shashtiruvchi sifatida, mayda dispers oltingugurt terining yallig‘lanishiga sabab bо‘ladi (turli davolovchi oltingugurtli malhamlarni ishlatilishi uning shu xossasiga asoslangan), ular teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Oltingugurtning olinishi.
Jahon miqyosida olinadigan oltingugurtning deyarli asosiy qismi tug‘ma oltingugurtdan olinadi. Birinchi bosqichda tarkibida qum, shag‘al tuproq va boshqa qо‘shimchalari bо‘lgan ma’dan 140–1500S gacha qizdirilgan suv bug‘lari bilan ishlanadi. Bunda olingan oltingugurt tarkibida qо‘shimchalaridan maxsus pechlarda haydash yо‘li bilan tozalanadi.
Bunga oltingugurt qalamchalari deyiladi va sotuvga chiqariladi.
Agar B kamerada temperatura 1200S dan yuqoriroq bо‘lsa, oltingugurt tо‘liq suyuq holda bо‘ladi va keyin butunlay qotadi. Uni maydalab olinadi va sotuvga chiqariladi.
Yerning havo qatlami (ayniqsa ozon qatlami) quyoshning zararli ultrabinafsha nurlarini yutib va neytrallab yerning sirtini qizib ketishidan saqlaydi. Kimyoviy bog‘langan kislorod suvda 88,89% , tuproqda 56%, qumda ( SiO2) 53,3%, silikatlarda turli minerallar va hamma