Gurux elementlarining binar birikmalari reja: Oltingugurtni suyuqlantirish pechi


О‘zida kislorod tutgan 1400 tabiiy minerallari ma’lum



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə4/4
tarix10.05.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#110383
1   2   3   4
13-14

О‘zida kislorod tutgan 1400 tabiiy minerallari ma’lum.

Kislorodning tabiatdagi roli

Hamma organizmda uchraydigan birikmalar bu tarkibida kislorod bо‘lgan birikmalar – shu sababli kislorod xamma tirik organizmlar uchun hayotiy zarur bо‘lgan elementdir. Xamma yashil о‘simliklar havodan karbonat angidridni barglari orqali va ildizi orqali esa suvni va

turli mineral ozuqalarni olib, о‘z organizmida quyosh nuri ta’sirida uglevodlarni hosil qiladi. Bu juda murakkab kimyoviy jarayon bо‘lib fotosintez deb ataladi.

6CO2+ 6H2O fermentlar C6H12O6 ↑ + 6O2↑

Jarayon natijasida erkin kislorod ajralib chiqadi va atmosferaga kо‘tariladi.

Demak, atmosfera havosiga va suvda erigan kislorodni beradigan birdan bir manba yer yuzida о‘sadigan yashil о‘simliklar va dengiz xamda okean suvlarida о‘sadigan yashil о‘tlardir. Nafas olish tirik organizmlarda boradigan modda almashinish jarayonlari orqali о‘tadi.

Qonda kislorod gemoglobin bilan kuchsiz bog‘lanadi va oksigemoglobin hosil qiladi, va shu kо‘rinishda tо‘qimalarga tarqaladi. Fermentlar ta’sirida kislorod qondagi glyukozani oksidlaydi va uni karbonat angidrid hamda suvga aylantiradi. Bu jarayonda ajralib chiqayotgan

energiya turli hayotiy muhim jarayonlarni borishini (muskullarning ishlashi, organizmni isishi, ishlash) ta’minlaydi. Hayvon va о‘simliklarning qoldiqlarining chirishi va suv hosil bо‘lib, havoga chiqadi va qaytadan fotosintezda ishtirok etadi.

Demak, hayvon va о‘simliklar hayot faoliyati uchun zarur bо‘lgan energiyani nafas olishda organizmga kiradigan kislorod bilan turli moddalarning biokimyoviy oksidlanishidan oladi. Yer kurrasida kislorod eng kо‘p tarqalgan element bо‘lganligi uchun uning tabiatdagi roli beqiyosdir.

Ammo shuni esda tutish lozimki, keyinchalik XX asr oxirida kimyo sanoatining kuchli rivojlanishi, mashinasozlikning rivojlanishi, kimyoviy maqsulotlarning halk xо‘jaligida ayniqsa qishloq xо‘jaligida qо‘llanish darajasi haddan tashqari ortib borgan sari havo va suv havzalarni hamda tuproqni har xil sanoat chiqindilari (ranglar, zaharli gazlar, tozalanmagan va tarkibida turli zaharli moddalar bо‘lgan suyuqliklar) bilan ifloslanishi atrof muhit ekologiyasini buzishga olib kelmoqdaki, bu insonlar salomatligiga salbiy ta’sir kо‘rsatmoqda. Butun dunyo miqyosida ekologik muammolar kо‘payib bormoqda. Tabobat ilmining buyuk bobokaloni Ibn Sino toza havo insonlar salomatligiga ta’sir etuvchi eng asosiy omillardan biri ekanligini uqtirib: “… agar biz nafas olayotgan havoda chang va g‘ubor

bо‘lmasa, inson ming yillar yashashi mumkin” deb bundan 1000 yillar oldin aytgan edilar.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin