20-144 gurux talabasi Rahimov Rashidjonning global iqtisodiy rivojlanish fanidan mustaqil ishi
MAVZU:JAHON IQTISODIYOTI GLOBALLASHUVINING BELGILARI
,
Har bir mamlakat turli hil tabiy boyliklar sanoat va iqtisodiy tovar va mahsulotlarga ega boladi. Ammo mamlakatda mavjud bolmagan Tovar va mahsulotlarning yoqligi yoki shu resursning yetishmasligi sababli koplab davlatlar globallashuv jarayonida bevosita ishtirok eta boshlaydi, yani mamlakatlar tovar va mahsulotlar ayriboshlanishi eksport va importi amalga oshirishadi . Bu esa ushbu mamlakatning globallashuviga olib keladi. Hech bir, hatto eng kuchli davlatlar ham tashqi muhit bilan chambarchas bog‘lanmagan holda mustaqil ravishda iqtisodiy rivojlana olmaydi.
Alohida mamlakatlar va jahon hamjamiyati mamlakatlari guruhi uchun iqtisodiy globallashuv jarayonlari tan olingan masala hisoblanadi. Bir tomondan, xalqaro iqtisodiyot xorijiy raqobatchilar uchun bozorlarning ochilishi, xalqaro savdoning kuchayishi moliyaviy resurslar va investitsiyalarning mamlakatlararo joylashtirilishi, xalqaro ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish, xalqaro ishlab chiqarishni oshirish uchun imkoniyatlar yaratishidan dalolat beradi. Natijada globallashtirish mazkur jarayonda ishtirok etadigan mamlakatlarning katta muvaffaqiyati bilan muvofiqlashadi.
Globallashtirish jarayonlari kо‘p hollarda ilg‘or iqtisodiyotning rivojlanishi darajasini oshirishga va unchalik rivojlanmagan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi о‘rnining kuchsizlanishiga olib keladi. Kо‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar va о‘tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar rivojlangan mamlakatlarga texnologik jihatdan bog‘liq bо‘ladilar: zamonaviy texnologiyalarning murakkablashuvi ularning ishlanmalari xarajatlarini juda oshirib yuboradi, о‘zlashtirilgan texnologiyalar esa komplementar omillarning, birinchi navbatda yuqori malakali va о‘qitilgan mutaxassislarning yо‘qligi tufayli yaxshi samara bermasligi mumkin.
Bilamizki global rivojlanishning asosiy belgilaridan biri mamlakatlarning oldi sotti tashqi iqtisodiy aloqalari yani Tovar va mahsulotlar eksporti va importi ham tushuniladi.Mamlakatlar aro tashqi savdo aloqalarini kuchaytirishda amalga oshiriladigan asosiy bajariladigan ishlardan biri bu bojxona tizimini takomillashtrish hisoblandi. Bojxona Ittifoqi (BI) dastavval mamlakatlar unga azo davlatlar o’rtasidagi savdodagi barcha cheklanishlarni olib tashlash uchun birgalikda harakat qilishlari kerak. Albatta, BIning shakllanishi umumjahon erkin savdo tamoyilini zid deyish mumkin chunki u amaliyotda azo bo’lmagan davlatlarga nisbatan kamsitish tabiatiga ega. SHunday bo’lsa ham, u BI azolari o’rtasidagi savdo to’siqlarini kamaytiradi. SHu bois BI o’z azolari iqtisodiy integratsiyasiga ko’mak hisoblanadi.
Savdoni yaratish BIning shakllanishi natijasi o’laroq tariflar va boshqa savdodagi to’siqlarning o’zgartirilishi bilan yuz beradi. Bu o’z navbatida, istemolchilarning ichki sharoitlarda kamroq samara bilan ishlab chiqilgan va qimmat mahsulotlar o’rniga ittifoqning boshqa azolari tomonidan taminlanadigan nisbatan samaraliroq va arzonroq ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni sotib olishiga imkon yaratadi. Buni quyidagi oddiy misol bilan korishimiz mumkin. Mazkur uch mamlakatda Fransiya Germaniya va AQSH televizorlar ishlab chiqariladi
Fransiya va Germaniya AQSHni tashqarida qoldirgan holda o’zaro BI tashkil etadi. Bundan korinadiki, AQSH eng samarali va arzon televizor ishlab chiqaruvchi mamlakat hisoblanadi, undan keyin Germaniya va so’ngra Fransiya keladi. Jahon savdo munosabatlari vaziyati bo’lgan taqdirda AQSH televizorlarni ishlab chiqarishda ixtisoslashgan va har ikki davlat Germaniya hamda Fransiyaga eksport qilgan bo’lar edi. Tariflar esa bularning barchasini o’zgartiradi
ittifoq tashkil qilinmasdan avval Fransiyaga kirib kelayotgan barcha import mahsulotlariga 100% tarifning mavjud bo’lishi Fransiya istemolchilariga maxalliy ishlab chiqarilgan televizorlarning eng arzon bo’lishini taminlar edi. Agar narxni istemolni belgilab beruvchi yagona omil deb faraz qilsak, ular faqat Fransiyada ishlangan mahsulotni sotib oladilar va tabiiyki, xech qanday import bo’lmaydi. Ittifoq tuzilgandan so’ng AQSHga nisbatan 100% tarifga ega bolgan mahsulot kirib keladi. Natijada Germaniya televizorlari Fransiya bozorlarida eng arzon bo’ladi va Fransiyaning ratsional istemolchilari ularni Fransiya televizorlari o’rniga sotib oladilar. Ushbu holat savdoni yaratuvchi – BIni tashkil etishning ijobiy savdo samarasi hisoblanadi
Ushbu xalqaro ixtisoslashuv tajribasi o’zgarishi iqtisodiy farovonlikni oshiradi. Fransiya istemolchilarning harid qilish quvvatining oshishiga ham olib keladi, chunki ular televizorlarni arzonroq sotib olishlari mumkin (400 frank o’rniga 250 frankka
Ittifoq tuzilishidan oldin Fransiyadagi istemolchilarning AQSHdan import qilingan televizorlarni sotib olishardi chunki ular 50 foizlik tarifga qaramay bozorda eng arzon hisoblanardi. Extimol, maxalliy ishlab chiqaruvchilar tarifning bunday darajasida import bilan raqobatlasha olmasdi. Ittifoq tashkil etilgandan keyin AQSH mahsulotiga nisbatan 50% tarifni saqlab qolgan holda Germaniya televizorlari Fransiyaga xech qanday boj to’lovlarisiz kirib keladi. Natijada Germaniya televizorlari Fransiya bozorlaridagi eng arzon mahsulotga aylanadi va Fransiya istemolchilari ularni AQSH televizorlari o’rniga sotib oladilar.
BI shakllanishi natijasida ichki ixtisoslashuvning oshganligi ittifoqdagi firma va sanoatlarning samarador bo’lishiga olib keladi. CHunki BI tuzilishi bilan firmalarning yirikroq bozorlarda xizmat ko’rsata boshlashi natijasida o’z ishlab chiqarishlarini kengaytirish hamda ko’lam jihatdan o’sishga (ishlab chiqarish birliklarining yiriklashuvi) bo’lgan moyilligi kuzatiladi, ko’pgina hollarda bu kabi natija bir birlik ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish imkonini beradi va shu tariqa past narxlardan bahramand bo’luvchi istemolchilarning farovonligini oshishiga sabab bo’ladi. Bu jarayon quyidagilarning oqibatida yuz beradi: 1.Ichki xo’jaliklar firmalarning yiriklashuvi orqali ustunliklarga ega bo’ladilar. Yirik ishlab chiqarish korxonalarining mashina uskunalaridan yanada samaraliroq foydalanishi va mehnat taqsimoti kamrovining oshishi bunga misol bula oladi
Hozirgi zamon jahon xo’jaligi tizimidagi savdo cheklashlari turli xil qoidalar va tartibotlarda yarim yashirin holdagi choralar turkumi sifatida xarakterlanadi. Ushbu turkum o’z ichiga texnik va savdo standartlari, bojxona rasmiyatchiliklari, xarid qilish talablari, sotish va reklamadagi cheklanishlar moliyaviy nazoratlar va subsidiyalarni oladi. Bularning barchasi importga karshi chora sifatida yoki eksportlarni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish uchun qo’llaniladi. Malumki, savdo cheklanishlari, xaridorlarga boshqa davlatlardagi taklif etuvchilardan erkin holda sotib olish imkonini yaratish uchun, malum darajada talabni tashkil etuvchi tomondagi choralar orqali yumshatilishi mumkin.
.
. Evropa Hamjamiyatida esa ushbu erkinlik o’zaro tan olish tamoyili bilan taminlangan unga kura, Hamjamiyat mamlakatlarining birida qonuniy ravishda savdo qilinayotgan tovar va xizmatlar Hamjamiyatning boshqa istagan joyida sotilishi mumkin. SHunday bo’lishiga qaramay, milliy hokimiyatlarning boshqa azo davlatlardan kirib kelayotgan importlarga qarshi cheklanishlarni qo’yilishining oldini olish uchun taklifni yuzaga keltiruvchi tomondan ham qandaydir bir harakat talab qilinadi. Amaliyotda importga karshi chora-tadbirlar bilan kurashish juda murakkab kechadi, chunki ular odatdagi (texnik va xavfsizlik standartlari, sifat nazoratlari, sog’lik va atrof-muhitni saqlash bo’yicha standartlar va istemolchilarni himoyalash standartlari) kabi texnik qiyinchiliklar ortida yashiringanligi sababli savdoda diskriminatsiya to’g’ridan-to’g’ri yuz bermaydi. Bu choralarni talab qiluvchi hukumat esa ular aholining farovonligi va yashash sifatini himoya qilish uchun zarurligini ta’kidlaydi