Gurux talabasi Teshaboyev Sherdorbek



Yüklə 26,81 Kb.
səhifə1/8
tarix24.10.2023
ölçüsü26,81 Kb.
#161158
  1   2   3   4   5   6   7   8
Pul va banklar mustaqil ta\'lim

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Savol

20.107-gurux talabasi


Teshaboyev Sherdorbek
Fan: Pul va banklar.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN TIJORAT BANKLARIGA QAYTA MOLIYALASH KREDITLARINI BERISH TARTIBIO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN TIJORAT BANKLARIGA QAYTA MOLIYALASH KREDITLARINI BERISH TARTIBI.


O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-martdagi PF-3047-sonli “Pul massasi o‘sishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) qayta moliyalash kreditlarini berish va ularni qaytarish tartibini belgilaydi.
Savol: Qayta moliyalashtirishning qanday umumiy qoidalari mavjud?
Javob:
Umumiy qoidalar.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
qayta moliyalash krediti (bundan keyingi o‘rinlarda — kredit deb yuritiladi) — Markaziy bank tomonidan banklarga, ularning likvidligini saqlash maqsadida beriladigan kredit;
lombard krediti — Markaziy bank tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlarini garovga olgan holda, o‘zgarmas yoki kimoshdi savdosi orqali shakllanadigan foiz stavkasida banklarga beriladigan kredit;
tuzatish koeffitsiyenti — davlat qimmatli qog‘ozlarning bozor narxlari va chet el valyutasi kurslarining ehtimoliy o‘zgarishlaridan kelib chiqib, kredit xatarlarining oldini olish maqsadida, Markaziy bank tomonidan belgilanadigan, banklarga beriladigan kredit summasi bilan garovga qo‘yilgan ta’minoti o‘rtasidagi maksimal nisbatni bildiruvchi 0 dan 1 gacha oraliqda bo‘lgan raqamli ko‘rsatkich;
o‘zgarmas foiz stavkasi — monetar siyosat maqsadlaridan kelib chiqqan holda, banklarga ularning arizasiga asosan berilayotgan kreditlar uchun Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan o‘rnatiladigan foiz stavkasi;

Yüklə 26,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin