QUMNING BO‘SHLIG‘INI ANIQLASH (hisoblash usuli bilan)
Qumning g‘ovakligi, ya’ni zarralari orasidagi bo‘shliqlar qumning avvaldan hisoblab chiqarilgan zichlik ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlanadi. Qumning zichligi (hajm bo‘yicha % da) formula yordamida 0,1% gacha aniqlikda hisoblab chiqariladi: Qumning zichligi - . . . g/sm3 To‘kilgan qumning o‘rtacha zichligi - ..........kg/m3.
Qumning bo‘shlig‘i - . . . . %. Hisoblash formulasi:
QUMNING NAMLIGINI ANIQLASH Ta’rif. Tabiiy holatdagi narmal haroratdagi qumning o‘zida namlik saqlanadigan qumning namlik darajasi deyiladi. Asbob va uskunalar. Quritish javoni, tarozi, kurakcha, vaqt o‘lchagich. Ishlash tartibi. Qumning namlik darajasi quyidagicha aniqlanadi, qumning o‘rtacha namunasidan tarozida ikki marta va har gal kamida 500 g dan (1 g gacha aniqlikda) tortib olinib, ayrim holda yassi idishlarga to‘kiladi-da, quritish javonida, to vazni o‘zgarmaydigan bo‘lguncha 110±5°S haroratda quritiladi. Quritish jarayonida qumni har 30 minutda metall kurakcha yordamida aralashtirib turish tavsiya etiladi. Qum qurigach, sovitiladi va tarozida tortiladi. Uning namlik darajasi W (massasi bo‘yicha % hisobida) formula yordamida hisoblab chiqariladi: