Gyotening “faust” tragediyasi tahlili



Yüklə 90,21 Kb.
tarix21.12.2022
ölçüsü90,21 Kb.
#76945
GYOTENING

GYOTENING “FAUST” TRAGEDIYASI TAHLILI

REJA: 1.”FAUST” ning yaratilishi 2.Asar tahlili


“Faust” Gyote ijodining yirik mahsuli bo‘lgan. Asar XVIII asrning oxiri va XIX asming birinchi choragida yozilgani (1773- 1831yy.) uchun ana shu xilma-xil voqealarga boy bo‘lgan Ovrupa hayotini aks ettiradi. Asarda inson hayotiga, uning jamiyatda tutgan o‘miga diqqat qaratilgan. Tabiatning, koinotning qudratli kuchlarini inson irodasiga bo‘ysundirish, uning qonunlarini o‘rganish va bu sirlami odamzod foydasiga xizmat qildirish ulug‘ mutafakkir olim Gyotening doimiy orzusi bo‘lib keldi. Uning buyuk qahramoni Faust ana shu orzuni amalga oshirishdek olijanob ishga bel bog‘laydi. Faust haqidagi afsona (XVI asr) nemis xalq she’riyatida yaratilgan eng buyuk asar boiib, Gyote qo‘liga qalam olgan kunidan boshlab bu haqida asar yozishni orzu qilar edi. Ana shu afsonalarda Faust olim, sehrgar, shaytonlar bilan munosabatda bo‘lgan kishi sifatida talqin qilinadi.,
Arshi a’loda shayton Mefistofel xudo bilan Faust to‘g‘risida munozara qiladi. Shaytonning fikricha, koinoti azimda inson ojiz bir narsa, u baxtsiz, abadul-abad azob-uqubatda yashaydi. Agar xudo unga aql ato qilmasa, inson yomon yashamagan bo‘lur edi. Biming ustiga Faust butun koinot va tabiat sirlarini ilm-u fan kuchi bilan bilib olmoqchi. Mefistofel Faustning bu intilishlariga ishonmaydi, unga shubha bilan qaraydi. Xudo esa, inson adashib bo‘Isa ham, izlash, qidirish natijasida kamolot cho‘qqisi tomon boradi, deb unga umid bildiradi. Bu umid Gyotening inonparvarlik qarashlarining natijasidir. Shayton: “men, albatta, Faustning nafsini qo‘zg‘ab, yo157 mon yo‘llarga olib boraman, uning intilishlarini, orzularini puchga chiqaraman” deydi. Asaming asosiy konflikti va tuguni shu yerdan boshlanadi.
Kim - erk, hayot deb jang qilolsa har kun,
Erk-u hayot uchun о ‘sha munosib.
Xuddi shunday mehnat, kurash va havas
Band aylasayosh-u keksa - har kimni,
Shunday kunda ко 'rsam edim bir nafas
Ozod diyorimni, ozod xalqimni.
Faust tilidan aytilgan ushbu misralar u anglab yetgan haqiqatning, inson umrining mazmunini belgilab beradi. Gyote o‘z tragediyasida bir-biriga zid bo‘lgan ikki xil kuchlar to'qnashuvini ko‘rsatadi. Bu kuchlarning biri Faust, u ilg‘or dunyoqarash, yorugiik timsoli. U buyuk olim, ijodkor inson, odamlar baxt-saodati uchun kurashadi. Faust ilmga tashna, ilm-ma’rifatning kuchi bilan kishilarga ezgulik qidiradi. 0 ‘z xalqini ma’rifatli qilish uchun Injilni tarjima qiladi. Shoir tinmay olg‘a yurishni, to‘xtovsiz harakat qilishni targ‘ib qiladi, chunki u harakat insoniyat kelajagini munavvar qilishiga ishonadi.
Gyotening asari zamondoshlarini o‘rta asr uyqusidan uyg‘otishga, o‘z hayotini qurishga da’vat qiluvchi chaqiriq ham edi. Shoiming qahramoni davr .mimosabatlarini o‘zida mujassamlashtirgan kishi. Asosiy qahramonlardan biri bo'lgan shayton Mefistofel o‘zida shubha, inkor ham vayronalik kuchlarini mujassamlashtirgan. Shayton hamma vaqt Faustni yo'ldan ozdirishga, uning yuragida shubha qo‘zg‘ashga urinadi. Faustni olijanob intilishlardan chalg‘itib, haqiqat, insoniyat oldidagi burchlarini unutishga undaydi.
Gyote asrining ikkinchi qismida qadimgi Yunoniston mavzusi asosiy o‘rin oladi. Yelena antik dunyoning go‘zallik timsoli sifatida gavdalanadi. Faust bilan Yelena o‘rtasidagi nikoh ramziy ma’no kasb etadi. Faust qolida qolgan Yelenaning kiyimlari qadimiy san’atning olijanob tasviri, belgisidir. Gyotening fikricha, oltin davr o‘tmishda emas, istiqbolda, kelajakda. 158 “Faust” asari XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi nemis adabiyotining falsafiy va badiiy yutug‘i bo‘ldi. Bu asar ustida Gyote 60 yil davomida ishladi. «Faust»ni yozish niyati unda studentlik yillaridan boshlangan edi.
Afsungar doktor Faust haqidagi afsonalar XVI asrda paydo bo‘lgan. 1592-yil. Kristofer Mario «Doktor Faustning fojiyaviy tarixi» sahna asarini yaratdi. XVII-XVIII asarda tabiat sirlarini o‘zlashtirgan doktor haqida Germaniyada turli kitoblar bosilib chiqqan edi. Demak, tragediyada bir-biriga zid bo‘lgan ikki xil kuchning to‘qnashuvi tasvirlanadi. Faust-ilg'or dunyoqarash, yorugiik timsoli. To‘xtovsiz harakat, yaratish, bunyodkorlik uning asosiy shiori. U ilmga tashna, Injilni tarjima qilgan. Myefistofel shubha, inkor, vayronachilik kuchlarini raujassamlashtirgan.
U Faustni yo‘ldan urmoqchi bo‘ladi. Jahon adabiyotining shoh asarlaridan biri bo‘lgan “Faust” ni o‘zbek kitobxoni shoir Erkin Vohidov tajjimasida ona tilida' o'qimoqda. Gyotening buyuk “Faust” fojiasi bilan birga bir qancha she’rlari o‘zbek tiliga M.Shayxzoda, Shukrullo, Erkin Vohidov, Sadriddin Salimov tomonidan taijima qilingan. “Yosh Verterning iztiroblari” romani Yanglish Egamova tarjimasida o‘zbek tiliga o‘girilgan.
Yüklə 90,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin