Hadisshunoslar sultoni imom al-buxoriy



Yüklə 48,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix26.12.2023
ölçüsü48,67 Kb.
#198087
  1   2   3
1664183036-1



HADISSHUNOSLAR SULTONI – IMOM AL-BUXORIY 
 
Mamasidiqov F. M.-NamDU Tarix yoʻnalishi talabasi 
 
Resume: 
This article provides information about Imam al-Bukhari and his work Al-Jame 
'as-Sahih, which was a great success in the science of hadith in the ninth century and was awarded 
the title of "Amir al-Mu'minin" in the Muslim world.
 
Hadis
1
ilmida sahih
2
yoʻnalishning asoschisi, yetuk va mashhur muhaddis Imom al-
Buxoriy musulmon dunyosida “Amir ul moʻminin”, “Imom al muhaddisiy” deya ta’riflangan 
istedodli, ziyrak olim, ustozlari va doʻstlari orasida ilmi orqali xurmat qozangan oʻtkir zehin sohibi 
hisoblangan.
Imom al-Buxoriyning asl ismi Muhammad, kunyasi Abu Abdulloh, laqabi ba’zan imom 
al-Muhaddasiy (muhaddislarning imomi, peshvosi), ba’zan amir ul-moʻminiyn fi-l-hadis (hadis 
ilmining amiri, sultoni) va nabasi Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mugʻiyra ibn 
Bardazbeh ibn Bazazbehdir. 
Imom al-Buxoriy ilm-fan va madaniyat ravnaqida azaldan mashhur boʻlgan Buxoro 
shahrida tavallud topgan. Mana shu muhtasham shahar – Buxoroi sharifda 194-xijriy sana, shavval 
oyining 13-kunida saloyu-ul-jum’adan keyin (810-millodiy sana 21-iyul) jami muhaddislarning 
imomi, Paygʻambar (s.a.v)ning muborak hadislariga durdonasimon sayqal berib, ularni abadul 
abad barxayot qilgan zot imom al-Buxoriy dunyoga kelgan
3

Imom al-Buxoriy 10 yoshidan boshlab hadislarni oʻrgana boshlaydi. 11 yoshidan esa ba’zi 
ustozlarining xatolarini topa boshladi. Abu Ja’far Muhammad ibn Abu Xotamal-Varroq shunday 
deb yozadi: “Al-Buxoriyning “Hadislarni yod olish ilhomi menga boshlangʻich maktabda 
oʻqiyotganimda kelgan edi”, – deganini eshitganimda, “Oʻshanda necha yoshda edingiz?” – deb 
soʻradim. U “10 yoshda, balki undan ham kichik edim”, – deb javob bergandi”
4
. Bu misoldan 
koʻrinib turibdiki, Imom al-Buxoriy juda yoshligidan boshlab hadislarni yod olib, bu mashgʻulotga 
alohida zavq-shavq va qiziqish bilan qaragan.
Al-Buxoriy hadis ilmini dastlab Buxoroda oʻrganishga kirishdi. Bu shaharda 
yashagan muhaddislar Muhammad ibn Sallom al-Poykandiy (777-839) va Abdulloh 
ibn Muhammad al-Masnadiy al-Ju’fiy (843-yili vafot etgan) dan hadis ilmini 
oʻrganib, koʻp hadislarni yod oldi
5

Manbalarda yozilishicha, al-Buxoriy balogʻat yoshiga kirguncha oʻz davrining 
barcha mashhur kitoblarini toʻliq oʻrganib chiqqan, 16 yoshida akasi Ahmad va 
onasi bilan xaj safariga yoʻl olgan. U Balx, Basra, Kufa, Bogʻdod, Xums, Damashq, 
Qohira, Makka va Madina kabi yirik shaharlarda mashhur olimlardan islom 
ta`limotini, koʻproq hadis ilmini oʻrgandi.
Al-Buxoriy musofirlik hayotining koʻp qismini Makka va Madina shaharlarida 
oʻtkazdi. Bu yerda ilm olish bilan bir vaqtda oʻzining asarlari uchun ma`lumot 
toʻplay boshladi. Suriyalik olim Jamoliddin al-Damashqiy oʻzining “Al-Buxoriy 
hayoti” asarida allomaning: “Oʻn sakkizga kirganimda “Saxobalar va tobeinlarning 
muammolari”ni keyinroq esa “Katta tarix”ni yozdim. Oʻsha vaqtda Madinai 
Munavvarada Paygʻambar alayhissalom qabrlariga yaqin joyda yashardim. Asosan 
oydin tunlarda yozuv bilan mashgʻul boʻlardim. Tarixda men bilmagan nom juda 
1
Hadis - arab tilida “xabar, xikoya” ma`nosini anglatadi. Bu so’zga sinonim tarzida “Sunnat” so’zini ham qo’llaydilar 
va u arabchada “yo’l, odat, xabar” ma’nolarini bildiradi. 
2
Sahih – ishonarli hadislar. 
3
Uvatov U. O’zbekiston- Buyuk allomalar yurti. – Toshkent: Ma’naviyat-Movaraunnahr, 2010. – B. 8. 
4
Уватов У. Ҳадис илмининг султони. – Т.: Имом Бухорий халқаро маркази, 2009. – Б. 9. 
5
Уватов У. Ҳадис илмининг султони. – Т.: Имом Бухорий халқаро маркази, 2009. – Б. 25-26. 


kam edi. Lekin kitob uzayib ketishini istamadim...”, degan soʻzlarini keltiradi. Bu 
ma`lumot al-Buxoriyning ilm-fan yoʻlidagi katta gʻayrat va shijoatidan darak beradi. 
Al-Buxoriy qaysi shaharga bormasin, asosiy maqsadi ilm oʻrganish boʻlib, 
oʻsha yerdagi shayxlar, olimu fozillar xuzurida turgan. Masalan, al-Buxoriy arab 
xalifaligi poytaxti Bogʻdodga sakkiz marotaba borgan va har safar fiqhshunos olim 
Imom Ahmad ibn Xanbal xuzurida mehmon boʻlib, hadis ilmidan saboq olgan. 
Imom 
al-Buxoriy “Men hadislarni 1080 ta muhaddisdan yozib oldim” – deb xotirlaydi oʻz asarlarining 
birida. 
Oradan yillar oʻtib, u oʻz yurti Buxoroga qaytgan. Buxoro xalqi ham buyuk muhaddisni 
mamnun kutib olgan. Bu yerda al-Buxoriy talabalarga hadis ilmidan dars bergan.
Buyuk muhaddisning soʻnggi kunlari xaqida Abu Toxirxoʻja Samarqandiy 
oʻzining “Samariya” asarida shunday yozadi: “…..u Xartangga (xozirga Poyariq 
tumani) kelib turdi. Shu yerda Haq rahmatiga vosil boʻldi... Imom Muhammad 256-
yilda (milodiy 869-yil) Ramazon hayitining kechasi xufton namozidan keyin vafot 
etdi”
6
.
Mustaqillik sharofati bilan Imom Buxoriyga yuksak ehtirom sifatida Samarqandning 
Chelak tumani Xartang qishlogʻida Imom al-Buxoriy yodgorligi majmui barpo etiladi. Ushbu 
yodgorlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-apreldagi “Imom al-
Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim boʻyicha 1225-yilligini nishonlash toʻgʻrisida”gi 
Qaroriga muvofiq allomaning maqbarasi oʻrnida barpo etildi. Majmua 1998-yida ochilgan. 
Yodgorlik majmui avvalo ziyoratgoh, qadamjo, soʻng kundalik, juma, hayit namozlari oʻqiladigan 
joy vazifasini oʻtaydi. Umumiy maydoni 10 ga ni tashkil etadi. Majmuada maqbara, mamuriy bino, 
masjid, kutubxona, ilmiy xodimlar xonasi va boshqa yordachi honalar mavjud. Masjid va 
peshayvonida 1500 gacha kishi namoz oʻqishi mumkin. Masjid ichidagi mehrobning oʻng 
tomoniga Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovga Saudiya Arabistoni 
podshohi Faxd ibn Abdul Aziz tuxfa qilgan kisva – kabapush parchasi osib qoʻyilgan
7

Shuningdek, Buxoriyning boy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib qilish maqsadida 
1998-yil 4-noyabrda Imom Buxoriy xalqaro markazi tashkil etildi.
Imom al-Buxoriy avlodlarga qimmatli va boy ilmiy meros qoldirgan boʻlib, u yozgan 
asarlarning soni 20 dan ortiqdir. Musulmonlar diniy idorasi kutubxonasida allomaning “Al-Jom` 
as-Sahih” (“Ishonchli toʻplam”), “At-Tarix al-Kabir” (“Katta tarix”), “At-Tarix as-Sagʻir” 
(“Kichik tarix”), “Al

Yüklə 48,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin