Hajmiga ko‘ra: mikromatn va makromatn; ifoda maqsadiga ko‘ra



Yüklə 20,23 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü20,23 Kb.
#209724
  1   2   3
AlisherovaShohsanam.Onatilioʻqitishmetodikasi




Matn – gaplardan tarkib topgan, mazmun va shakl jihatidan yaxlit murakkab birlik. Matn eng kamida ikki gapdan tuziladi.
Matn ifoda shakliga ko‘ra: yozma va og‘zaki;
ko‘rinishiga ko‘ra: monologik va dialogik;
hajmiga ko‘ra: mikromatn va makromatn;
ifoda maqsadiga ko‘ra: hikoya matn, tasviriy matn va muhokama matn kabi turlarga bo‘linadi.


Matnni o’qib tushunishga oid ayrim tavsiya va takliflar


ENG QIMMAT QOG’OZ
[1] Qadimda odamlar jamoa bo’lib yashashgan. Biron hayvon ovlansa, uni teng bo’lib yeyishgan.
Keyinroq dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik kabi sohalar vujudga kelgan. Natijada odamlar o’zlarida bor mahsulotlarga yo’qlarini almashishgan. Masalan, dehqonga kiyim yoki go’sht kerak bo’lsa, bu narsalarni donga almashtirib olgan.
Yillar o’tib mahsulot turi ko’payadi. Endi dehqon go’sht haqini don bilan to’lamoqchi bo’lganida ovchi unga don kerak emasligini aytadi. Shu tariq odamlar hamma mahsulotlarga alishtirish mumkin bo’lgan tovar, ya’ni pulga ehtiyoj seza boshlashgan.
[2] Dstlab pul o’rnida noyob toshlar, hayvonlar terisi, tuz, asal kabi o’z davri uchun qimmatbaho narsalar ishlatilgan. Ilk tanga pullar taxminan 4 ming yil oldin Qadimgi Misr va Ossuriyada zarb etilgan.
Yurtimiz hududida joylashgan Baqtiriya, So’g’diyona va Xorazm kabi qadimgi davlatlarda bundan 2500 yil oldin metall tangalar chiqarilgan. Qog’oz pullar esa yurtimiz hududida 20-asr boshlaridan ishlatilgan.
[3] O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng 1994-yilning 1-iyulida milliy valyutamiz – o’zbek so’mi muomalaga chiqarildi. O’zbek so’mining xalqaro ifodasi UZS hisoblanadi.
Hozir odamlar o’zlari bilan tanga yoki qog’oz pullaarni olib yurishlari shart emas. Chunki pullar bankda saqlanadi. Siz plastic kartochkani sotuvchiga berganingizda u pulni bankdagi hisob raqamidan yechib oladi.
1. Insonlar nima sababdan jamoa bo’lib yashashgan?
2. Insonlarda o’ljani teng bo’lib yeyishdan qanday maqsad ko’zlangan?
3. Odamlarda o’zida mavjud mahsulotlarni o’zida yo’q mahsulotga almashishiga nima sabab bo’lgan?
4. Odamlar nega pulga ehtiyoj seza boshlagan?
5. Qadimda nimalar pul o’rnida ishlatilgan?
6. Qadimgi Miser va Ossuriyani nima birlashtirib turadi?
7. Baqtiriya, So’g’diyona, Xorazm qadimiy davlatlarini nima birlashtirib turadi?
8. Qanday davlatlarda o’z pul birligining xalqaro ifodasi mavjud?
9. Eng qulay pul – bu…
1-oson usul

Yüklə 20,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin