2.-rasm. Bir tomonlama ishlaydigan krivoship-shatunli nasos: 1-krivoship shatunli mexanizm, 2-shtok, 3-porshen (plunjer), 4-surish klapani, 5-haydash klapani, 6-surish trubasi, 7-tirgak (tovon) klapan, 8-filtr, 9-xaydash trubasi.
Yuqorida aytganimizdik, porshenli nasoslar yuqori bosim kerak bulgandagina ishlatiladi. Amalda kup xollarda porshenli nasoslardan markazdan qochma nasoslar urnida foydalaniladi. Xajmiy gidrouzatmalar sostavida ishlayotgan nasoslar asosan porshenli nasoslar turiga kiradi. Bu aitilganlardan tashqari, porshenli nasoslarning yana bir ustunligi ularning foydali ish koeffitsientining yukoriligidir. Porshenli nasoslarning markazdan qochma nasoslardan yana bir farki shundaki, uning surish ni xaydash trubasiga urnatilgan zadvijka oldida bosim orta boradi. Agar zadvijka butunlay berkitib kuyilsa, bosim juda kattalashib ketishi natijasida yo nasos buziladi, yoki truba yoriladi, yoxud zurikishning ortib ketishi natijasida dvegatil tuxtab koladi. Shuning uchun porshenli nasoslardan yukori bosymda uzgarmas surish mikdori zarur buligan hollarda foydalaniladi.
Porshenli nasoslarning markazdan qochma nasoslarga taqqoslangandagi asosiy kamchiligi ularning qupolligi, qimmat turishi, ishlatish murakkabligidir. Bu nasoslarni markazdan qochma nasoslarga nisbatan kuproq kuzatib turish talab qilinadi, chunki porshenli nasoslarning klapanlari tez-tez ifloslanib turadi. Ifloslanish nasosning boshqa qismlarida ham buladi.
Gidromashinalar va ularning qisqacha rivojlanish tarixi. Suyuqliklarni surib ma‘lum masofaga va balandlikka quvurlar orqali bosim ostida haydaydigan mashinalarga gidromashinalar deyiladi. Gidromashinalarga nasoslar kiradi. Nasoslarning kupgina turlari mavjud. Nasoslarning ishlash printsiplari, tuzilishlari, kattaliklari va qaysi sohada ishlashiga qarab turlarga bulinadi.
Odamlar bizning eramizgacha bulgan vaqtlarda ham nasoslardan fakat sugorish maqsadlarida foydalanib kelgan. Eramizdan oldingi II asrda ikki tsilindrli-porshenli nassolar yaratilgan. Birinchi marta 1631 yilda Rossiya suv ta‘minoti maqsadlarida nasoslardan foydalanilgan. 1718 yilda Petr 1 Yozgi bog’ni sug’orish uchun nasos qurilmalarini kurishga buyruq berilgan. Shundan 36 yildan keyin Petrburg fanlar akademiyasining a‘zosi Leonard Eyler markazdan qochma nasoslarning nazariyasini yaratdi.
Buyuk rus olimi M.V.Lomonosov uzining ilmiy ishlarida har xil nasoslarning konstruktsiyalarini keltirdi.
A.A.Sabulkov 1835 yilda Markazdan qochma nasosni ihtiro qildi. Shu vaqtdan boshlab Eyler tenglamalari markazdan qochma nasoslarni va gidravlik turbinalarni loyihalashda qullanila boshlandi.
V.A.Pushechnikov 1889 yilda birinchi bulib, suv ichida joylashib ishlaydigan ukiy nasosni loyiha qilib va tayyorlab, Moskva shaxridagi vodoprovodga urnatdi.
Akademik V,G.SHuxov neftni qazib olishga qullaniladigan porshenli nasoslarning bir necha konstruktsiyalarini ishlab chiqdi va bunga ishlaydigan porshenli nasoslarning nazariyasini yaratdi.
Olimlardan N.Ye.Jkuoviskiy va S.A.CHaplgin oqimining qanotda oqish nazariyasini yaratib, bu nazariya parrakli mashinalarning loyihalashga asos bulib xizmat qiladi.
Professor I.I.Kukolevskiy laboratoriya tadqiqotlari natijalaridan foydalanib, markazdan qochma nasoslarni loyihalashga uxshashlik qonuniyatlarini qulladi. Akademik G.F.Proskura, professor I.I.Kukolevskiy, professor I.N.Voznesenskiy Moskva shahridagi Moskva kanali uchun eng yirik propellar nasoslardan foydalaniladilar.
Gidromashinalar qurilishida professorlardan I.G.Yesman, N.M.izapov, S.S.Rudnev, V.S.Kvdtkovskiy, T.M.Bashta, B.B.Nekrasov, R.I.SHishenko va boshqalarning xizmatlari katta.
Nasoslar uzoq muddat davomida gidravlik mashinalar sifatida faqatgina suvni haydash maksadlarida ishlatilib keladi. Hozirgi vaktda nasoslar qishilik faoliyatining kupgina sohalarida kullaniladi (kommunal va sanoat suv ta‘minoti, transport, kanalizatsiya va boshkalar). Bundan tashqari nasoslar neft, neft kimyosi, kurilish, issiqlik elektr stantsiyasi va sanoatning boshqa sohalarida keng foydalaniladi.