Hakim at-Termiziy Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali at



Yüklə 253,14 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix04.04.2023
ölçüsü253,14 Kb.
#93063
Hakim at-Termiziy - Vikipediya



Hakim at-Termiziy
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali at-
Termiziy (750 - 760 - yillarda, Termiz, -
869, Termiz) - Sharqiy sufizmning
mashhur namoyondasi, 80 dan ortiq
asarlar muallifi. At-Termiziy chuqur ilm va
keng dunyoqarashga ega boʻlgani uchun
"Al-Hakim"(dono) degan tahallusni olgan.
Bu maqolada manbalar  teglariga olinmagan, yoki umuman
koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring.
Ko‘proq o‘rganish


Bu allomaning toʻliq ismi — Abu Abdulloh
Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bashir
(ayrim manbalarda Bishr) al-Hakim at-
Termiziy. Hakim at-Termiziyning ilmiy va
ijodiy faoliyati haqida maʼlumot Tojiddin
Subkiy ("Tabaqot ash-shafi`-iyya al-
Kubro"), Xotib al-Bagʻdodiy ("Tarixi
Bag`dod"), Ibn Hajar al-Asqaloniy ("Lison
al-miyzon"), as-Sulamiy ("Tabaqot as-
sufiyya") va boshqa bir qator olimlar
asarlarida keltirilgan. Hakim at-Termiziy
oʻz hayoti toʻgʻrisida oʻzining "Bad`u
sha`ni Abu Abdulloh" asarida bayon etadi.
Termizdagi Al-Hakim at-Termiziy kompleksi
Hayoti


Bu asar 1965-yilda Bayrutda Yahyo Ismoil
tomonidan olimning "Xatmul avliyo" asari
bilan birga chop etilgan. Hakim at-
Termiziyning tavalludi va vafoti sanalari
yozma manbalar hamda hozirgi
adabiyotlarda turlicha keltiriladi. Baʼzi
mualliflar, masalan, Hoji Xalifa "Kashf az-
zunun"da Hakim at-Termiziy vafoti yilini
milodiy 869 yil deb ko`rsatgan.
Allomaning qabr toshida ham shu sana
keltirilgan. Hakim at-Termiziy yuz yildan
oshiq vaqt umr ko`rganidan kelib chiqilsa,
manbalarda ham u 112, 116, yoki hatto
120 yoshgacha umr ko`rgani keltiriladi, u
holda alloma I taxminan 750 — 760 yillar
oralig`ida tug`ilgan bo`lib chiqadi. Ayni
mahalda bundan 30 yil oldin "Al-Hakim at-


Termiziy va nazariyyatuhu fil valoyati"
asarini yozgan misrlik mashhur olim
Abdulfattoh Abdulloh Baraka Hakim at-
Termiziy milodiy 820 yilda tavallud topib
112 yil yashab 932 yilda vafot etgan, deb
yozgan. Allomaning bo-lalik va yoshlik
yillari haqida manbalarda batafsil
maʼlumot berilmagan. "Tarjimai hol" iga
koʻra, u sakkiz yoshidan boshlab diniy
ilmlar bilan jiddiy shugʻullangan, yigirma
sakkiz yoshida esa Makkaga haj safariga
joʻnagan. Safardan qaytgach, Hakim at-
Termiziy sufiylik yoʻlini tutgan: xilvatga
ketib, nafsi, ammorani yengib, sufiyona
risolalarni oʻrgangan.


Uning otasi Ali ibn Hasan bilimdon
muhaddis olim boʻlgan, ilm izlab
Bagʻdodga borgan, oʻsha davrning taniqli
olimlari bilan xadisning turli masalalari
borasida ilmiy munozaralarda faol
ishtirok etgan. Volidai muhtara-masi
hamda togʻasi ham hadisi nabaviyyaning
durust bilimdonlari hisoblanishgan.
Binobarin, Hakim at-Termiziy oʻz
dunyoqarashiga ulkan taʼsir koʻrsatgan
bilimli va ilmiy muhitda voyaga yetgan.
Yozma manbalarda Hakim at-Termiziy
ustozlari haqida ishonchli maʼlumotlar
keltirilgan. Uning dastlabki ustozi otasi Ali
ibn al-Hasan at-Termiziy boʻlgan. Al-
Xotiyb al-Bagʻdodiyning "Tarixi Bag`dod"


asarida bir muncha maʼlumot keltirilgan.
Ustozlari orasida Qutayba ibn Saʼid as-
Saqafiy al-Balxiy (798 — 888 yillar), Ibn
Xib-bonning "Mashxur kishilar to`g`risida
kitob" asarida ancha dilbar gaplar
aytilgan Solih ibn Abdulloh at-Termiziy, bir
qancha vaqt Termiz qozisi boʻlgan Solih
ibn Muhammad at-Termiziy, Sufyon ibn
Vakiy` (vafoti 860 yil), Hasan ibn Umar ibn
Shafiq al-Bahriy (vafoti 840 yil), Ahmad
ibn Hadravayh (vafoti 854 yil), Abu Turob
al-Naxshabiy, Yahyo ibn Maoz ar-Roziylar
(vafoti 875 yil) boʻlishgan.
Hakim at-Termiziy xayoti va faoliyatini
tavsiflovchi yozma manbalar
maʼlumotiga asoslangan holda uning


uzun hayotini quyidagi bosqichlarga
boʻlish mumkin.
Birinchi bosqich — sakkiz yoshgacha
boʻlgan bolalik yillari. Taassuflar boʻlsinki,
uning hayotining bu davri haqida aniq
maʼlumotlarga ega emasmiz. Shunday
boʻlsa-da, u oʻz tengdoshlaridan farqli
ravishda, shu yoshga xos turli oʻyinlarga
koʻngil koʻymagan, balki oʻzini istiqboldagi
ilmiy hayotga tayyorlab borgan —
ustozlaridan koʻproq dars olgan, turli
ilmlarni (ayniqsa kalom ilmini) oʻrgangan,
sirli maʼnaviy hayotga oʻzini chogʻlagan,
deb aytish mumkin.


Ikkinchi bosqich Hakim at-Termiziyning
sakkiz yoshdan yigirma sakkiz
yoshgacha boʻlgan hayotini oʻz ichiga
oladi. Bu davrda u turli shayxlardan bilim
oʻrgangan. Ilm izlab Sharqning boshqa
shaharlariga borgan, Makkada boʻlib,
Baytullohni ziyorat qilgan. Hayotining shu
davrida u hadis oʻrganishga hamda fiqh
masalalariga koʻproq eʼtibor bergan.
Alloma hayotining uchinchi bosqichida
Qur`oni karimni chuqur oʻrganish bilan
mashgʻul boʻlgan. U kalomullohni, uning
mohiyatini chuqur oʻrganish, roʻza tutish,
ibodat qilish, taqvo va hokazolar bilan
shugʻullangan. Al-Antokiyning "Qalb


muolajasi" falsafiy-tasavvufiy asari unga
ayniqsa qattiq taʼsir koʻrsatgan.
Hakim at-Termiziyning shogirdlari ham
koʻp boʻlgan. Bular: Abu Muhammad
Yahyo ibn Mansur al-Qoziy (vafoti 960
yil), Abu Ali Mansur ibn Abdulloh ibn Xolid
az-Zuhliy al-Hiraviy, Abu Ali al-Hasan ibn
Ali al-Jurjoniy, Ahmad ibn Muhammad ibn
Iso, Abu Bakr Muhammad ibn Umar al-
Hakim al-Varroq, Muhammad ibn Jaʼfar
ibn Muhammad ibn al-Xaysam ibn Umron
ibn Burayda va boshqalardir.
Hakim at-Termiziyning ilmiy-ijodiy
faoliyati uning boshqa mamlakatlar va
shaharlarga sayohati bilan chambarchas


bogʻliq. U Balxda, Nishopurda boʻlgan, fan
va madaniyat yuksak rivojlangan
Bagʻdodga borgan. Bu shaharlarda u
mashxur olimlar bilan uchrashgan, ilmiy
munozaralarda qatnashgan. Shunday
boʻlsa-da, Hakim at-Termiziyning ilmiy-
ijodiy hayotida uning ona shahri — Termiz
juda muhim rol oʻynagan, oʻzining asosiy
asarlarini alloma shu yerda yaratgan.
Uning mavʼizayu xutbalari, shuningdek
ayrim asarlari va, eng avvalo mu-
sulmonlik marosimlari, Allohga oshiqlik,
sufiylarning ayrim toifalari, "xotamul
anbiyo" bilan bir qatorda boʻlgan "xatmul
avliyo" toʻgʻrisida mulohaza yuritilgan
"Xatmul-avliyo", "Ilal ash-shari`a" faqihlar
va arboblarning maʼlum qismida norozilik


uygʻotgan. Hakim at-Termiziy badxohlar
taʼqibidan qutulish uchun Balxga, soʻng
Nishopurga ketishga majbur boʻlgan. U
yerlarda allomani kuvonch bilan kutib
olishgan. Keyinchalik u yerlarda
tarafdorlari va izdoshlari koʻpaygan.
Hakim at-Termiziy qalamiga mansub
asarlar soni toʻgʻrisida yozma
manbalarda turli raqamlarkeltirilgan.
Baʼzi mualliflar uning asarlari adadi toʻrt
yuzga boradi, deyishgan. Biroq koʻpchilik
mualliflar uning asarlari soni saksonga
yaqin, deb hisoblashadi. Abdulfattox
Abdulloh Baraka yozishicha, Hakim at-
Termiziyshshg toʻrt yuz asaridan
Asarlari


oltmishga yaqini yetib kelgan. Eng
muhimi, bizgacha allomaning ilmiy-
maʼnaviy merosining asosini tashkil
qiluvchi asarlari yetib kelgan (2). Ular
orasidan, eng avvalo, 291 hadisni oʻz
ichiga oluvchi "Navodir al-usul fi ma`rifat
axbor ar-Rasul" nomli asarini koʻrsatib
oʻtish zarur. Bu asarda Hakim at-Termiziy
dunyoqarashi muayyan darajada bayon
etilgan. "Navodir al-usul"ning bir
qo`lyozma nusxasi Toshkentda,
O`zbekiston musulmonlari diniy
idorasining kutubxona fondida saqlanadi.
Allomaning nashr etilgan boshqa
asarlaridan "Kitob xaqiqat al-odamiya",
"Adab an-nafs"ni sanab o`tish lozim.
Hakim at-Termiziy asarlarining katta


qismi bizgacha qo`lyozma tarzida yetib
kelgan hamda jahondagi turli qo`lyozma
fondlarida saklanmokda. Chunonchi,
alloma asarlarining qo`lyozmalari Parij,
Qohira, Damashq, Iskandariya, Istambul
va Londonda saqlanmoqda. Parij Milliy
kutubxonasida (arab bo`limida 5018-
inventar ostida) Hakim at-Termiziyning
kuyidagi asarlari saqlanmoqda:
1. Kitob as-salot va maqosidiho. 
2. Kitob al-hajj va asrorihi. 
3. Kitob al-Ehtiyotot. 
4. Kitob al-Jumal al-lozim ma`rifatiho. 
5. Kitob al-Furuq va man` at-taroduf. 


6. Kitob haqiqat al-odamiyya. 
7. Kitob Urs al-muvahhadiyn. 
8. Kitob al-Aʼzo val-nafs va yusammo
kazalika gʻavr al-umur. 
9. Kitob Manozil al-ibod min al-ibodati. 
10.Kitob al-Aql val-havo. 
11.Kitob al-Amsol min al-Kitob vas-
Sunna. 
12.Kitob al-Manohiy.
Damashkda, az-Zohiriyya kutubxonasida
Hakim at-Termiziyning ikki asari va besh
risolasi qoʻlyozmalari (tasavvuf turkumi,


104-raqami ostida); Misrdagi Iskandariya
shahrida uch risolasi (Maktabat al-
baladiyya, 3585-raqami ostida)
saqlanmoqda. Allomaning Londonda
saqlanayotgan asarlari roʻyxatida beshta
risola koʻrsatilgan. Qohirada, "Dor al-
kutub al-ilmiyya"da "Ilal al-u`budiyya"
asarining qoʻlyozma nusxasi mavjud.
"Kitob as-salot" asarining qisqartirilgan
varianti boʻlgan bu risola koʻproq "Ilal ash-
shariy`a" nomi bilan mashhur.
Bulardan tashqari, Leypsig va Istambulda
ham uning baʼzi asarlari qoʻlyozmalari
mavjud. Xakim at-Termiziyning asosiy
asarlaridan biri — "Xat-mulavliyo" haqida
biroz toʻxtab oʻtish maqsadga muvofiq.


Koʻp vaqtgacha bu asar bizgacha yetib
kelmagan, deb hisoblangan. Baxtimizga
bu taxmin notoʻgʻri boʻlib chiqdi. Parij
ilmiy-tadqiqot markazi-ning islom
qadriyatlari boʻlimi aʼzosi Usmon Is-moil
Yahyo 1965-yilda Bayrutda "Xatmul-
avliyo" ni chop ettirdi. 586 sahifadan
iborat bu ulkan nashrga Hakim at-
Termiziyning bir necha risolasi, shu
jumladan tarjimai holiga oid oʻttiz ikki
sahifadan iborat "Bad`u sha`ni Abu
Abdullox" asari ilova qilingan. Uncha
katta boʻlmagan ayni shu asarga
asoslanib Hakim at-Termiziy hayoti
xaqida haqikatga birmuncha yaqin
maʼlumotlarga ega boʻlin-di. Unda
allomaning hayoti, u dastavval padari


buzurgvoridan taʼlim olgani, Kufa va
Basraga sayohati, Makka ziyorati haqida
yozilgan. Maʼlum boʻlishicha, alloma
hadisi nabaviyyani aynan Kufada chuqur
oʻrgangan ekan. Termizga qaytar ekan,
yoʻl-yoʻlakay Qur`oni karimning maʼlum
qismini yod olgan. "Xatmul-avliyo"
mazmuni haqida gapiriladigan boʻlsa, 6u
asarning asosiy mazmunini valoyatning
haqligi, shuningdek uning nubuvvat va
risolat bilan bogʻlik masalalari tashkil
etishini qayd qilish darkor. Risola
muqaddima hamda yigirma toʻqqiz
bobdan iborat. Uning asosiy mazmuni
muridning savollariga shayxning bergan
javobi tarzida bayon etilgan.


Hakim at-Termiziyning bu asarida valoyat
masalalari sufiylik tarixida ilk bor
mutlaqo tugal nazariya tarzida
tavsiflangan. Bu asar Termiz va Balxda
yoyilgan mashhur "xakimiyya" sufiylari
uchun sufiylik tarixida oʻziga xos yangi
hodisa boʻlgan. Bu taʼlimot diniy
vasiyatnoma yoki maʼrifiy dastur sifatida
xizmat qilgan. "Xatmul-avliyo" sharq
musulmonlari dunyoqarashiga kuchli
taʼsir qilgan, shunga qaramay, yuqorida
taʼkidlanganidek, ayrim faqihlar hamda
arboblarda norozilik uygʻotgan.
Hakim at-Termiziyning sufiylik tarixidagi
ahamiyati asosan uning risolalari bilan
belgilanadi. Ularda "rux" va uning "holati"


hamda "harakati" toʻgʻrisidagi, oʻzini-oʻzi
takomil toptirish hamda tuban xatti-
harakatlarni jilovlash usullari haqidagi,
poklanishga olib keluvchi iztirob va shu
kabilar sufiylik ruhiyatining rivojlanishiga
ulkan taʼsir koʻrsatdi. Hakim at-Termiziy
sufiyona "ma`rifat" ("hikmat")ni inson
yetishishi mumkin boʻlgan oliy bilim deb
hisoblagan. Bu bilimni u inson qalbidan
joy olgan "ilohiy nur" ga oʻxshatgan.
Shariat qoidalarini sharhlash va
qoʻllashdan iborat boʻlgan odatiy ilmdan
farkli oʻlaroq "ma`rifat" narsalarning ichki
mohiyatini va oxir oqibatda, "ilohiy
mohiyatni" anglab yetadi. Ilmni taʼlim
jarayonida egallash mumkin boʻlsa,
"ma`rifat" Allohning suygan bandalariga


nozil qilgan rahmatidir. Ilmni tatbiq etish
sohasi hamda vaqti cheklangan,
"ma`rifat"ning esa cheki yo`q. Qalbini
dunyo mehridan poklagan va Allohga
oshiq bo`lganlargina ma`rifatga
yetishadilar. Hakim at-Termiziy sufiy
valiylarni shundaylardan deb hisoblagan.
Ular qolgan dindorlardan ayni ma`rifatga
yetishganliklari bilan ajralib turishadi.
Avliyo haqidagi sufiyona tasavvurlarni
birinchi bo`lib nazariy asoslab, hukuk
borasida ularni rusul va anbiyo bilan
amalda tenglashtirgan ham, aftidan,
Hakim at-Termiziydir. Allomaning risolat
va valoyat nisbati, sufiylikdagi avliyolik
darajasi to`g`risidagi g`oyalari taniqli olim


Ibn Arabiy ijodida o`z rivojini topdi. Ibn
Arabiy o`z asarlariga ko`pincha Hakim at-
Termiziy risolalaridan katta-katta
bo`laklar kiritgan. Tadqiqotchilar
ta`kidlashicha, Hakim at-Termiziy budda-
viylik, xristianlik va moniylik
ta`limotlaridan xabardor bo`lgani ehtimol.
Uning asarlarida shu ta`limotlar ta`sirini
ko`rish mumkin. Allomaning chuqur va
har tomonlama bilimini e`tirof etgan
zamondoshlari unga faxrli al-Hakim —
donishmand rutbasini bejiz berishmagan.
Hamidjon Homidiy. Tasavvuf
allomalari. - Toshkent : "Sharq"
nashriyoti, 2004 - 208 bet.
Manbalar


http://demo.kitob.uz/article_view.php?
id=102 Wayback Machine saytida
arxivlandi (https://web.archive.org/we
b/20160413155437/http://demo.kitob.
uz/article_view.php?id=102) (2016-04-
13).
Termiziy Abu Iso
Tasavvuf
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Hakim_at-
Termiziy&oldid=3520211" dan 
olindi
Yana qarang


Bu sahifa oxirgi marta 25-Dekabr 2022, 19:46 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Yüklə 253,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin