XX-XXI asrlar davomida bir qator professional yangi davriy nashrlar vujudga keldi. Ularning aksariyati о‘quv markazlari, universitetlarda tashkil qilinadiki, shu yerning о‘zida muzeologiya bо‘yicha о‘quv dasturlari turli darajalarda faol rivojlanayotgan edi. Lester universitetining muzey tadqiqotlari maktabi 2003- yildan “Muzey va jamiyat” (“museum and society”), Rio-de Janeyro universiteti 2008- yildan “Muzeologiya va meros” (“revista museologia e patrimonio”), Sankt-Peterburg davlat universiteti, 2010- yildan “Muzeologiya masalalari” (“the problems of museology”) jurnallarining tashkil etishi bunga yaqqol misoldir. XX asrda muzey davriy nashriyoti ancha faol rivojlandi. Nashrlarning asosiy mazmuni muzeyshunoslik ilmining alohida sohasi, tarmog‘i sifatida rivojlantirish zaruriyatiga qaratildi.

Savol va topshiriqlar
Savol va topshiriqlar
1.Milliy va xalqaro muzeylar tashkiloti. Muzeyshunoslik tarixi tizimi asoslarini tushuntirib bering
2.Shimoliy amerikalik tadqiqotchi doroti mariner faoliyati bosqichlari
3.Xalqaro muzeylar kengashi (IKOM) qoshidagi xodimlarni tayyorlash tizimi xususiyatlari nimalardan iborat
4. Xalqaro qо‘mitasi (IKTOP) rahbari, kanadalik muzeyshunos linn tizer faoliyati. Golland muzeyshunosi peter van mensh tadqiqotlari rо‘yxatini tuzib chiqing.
5.XIX asrda, birinchi muzey inqilobi. XX asrning birinchi yarmida muzey ishi bilan aloqador bо‘lgan fan sohasi amaliyoti. Dunyodagi birinchi muzey va kolleksiyalarga bag‘ishlangan davriy nashrlar faoliyati.