CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2
ǀ
ISSUE 1
ǀ
2022
46
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
Seni qanday kutar ekanman?
Uchrasharmiz qaysi bir yerda?
Tuproq uzra qattiq olishib,
Doʻst boʻlarmiz balki qabrda?
Olisharmiz ma’raka qurib,
Balki seni etarman gʻorat,
Yo oʻparsan mening labimdan,
Unda bitar butun harorat.
Oʻylaganda seni doimo
Yuragim orqaga tortadi
Va bosadi
muzday sovuq ter,
Seskanaman, gʻamim ortadi
.
Yuqorida keltirib oʻtilgan “mangu tor” va “muzday sovuq” soʻzlari murakkab
tuzilishga ega epitetlardir. “mangu tor” soʻzlari zindon soʻziga epitet boʻlsa, “muzday
sovuq” soʻzlari esa oʻzidan keyingi ter soʻziga nisbatan epitet hisoblanadi. Shoir bu
sherida zindonning manguligini, torligini izohlab beryapti. “Mangu” va “tor” soʻzlari
konteksda umumiy bir butunlik manosiga ega, lekin sinonim soʻzlar qatoriga kirmasa
ham. Bu sherda lirik qahramon timsolida “Oʻlim” gavdalantirilgan. Shunday ekan, shoir
oʻlimga murojaat qila turib “mangu tor zindon” tasviri yordamida qabrni tasvirlagan. Bu
esa albatta, shoirning dunyoqarashi keng va soʻz boyligining naqadar cheksizligidan
dalolat beradi. Keyingi qoʻllangan epitet orqali esa shoirning ichidagi qoʻrquvi
mohirona tasvirlangan. “Muzday” va “sovuq” soʻzlari sinonim soʻzlardir. Bunday bir
biriga yaqin ma’noli soʻzlardan foydalanganligi natijasida she’rda noadatiylikni
koʻrishimiz mumkin. Muzday va sovuq soʻzlarini yakka holda foydalanganimizda u
darajada hissiy ekspressivlikni his qilmaymiz, ammo bu soʻzlarni birgalikda
qoʻllaganimizda esa tasviriylik yanada mukammallashgan, tasir kuchi oshgan.
Bunda gulning eng asllari,
Dostları ilə paylaş: