CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2
ǀ
ISSUE 1
ǀ
2022
44
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
HAMID OLIMJON LIRIKASIDA EPITETNING SEMANTIK-STILISTIK
XUSUSIYATLARI
Mohizar Ulugʻbek qizi Noʻmonova
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti
ANNOTATSIYA
Shoir lirikasida foydalanilgan tasvir vositalaridan epitetning qoʻllanilishi, uning
semantik-stilistik hususiyatlari oʻrganildi. Tadqiqot uchun tanlab olingan she’rlar
yuzasidan tahlillar oʻtkazildi.
Kalit soʻzlar:
epitet,
tasvir vositalari, ekspressivlik,
semantik-stilistik
hususiyatlari, she’r tahlili.
SEMANTIC-STYLISTIC FEATURES OF THE EPITHET IN HAMID
OLIMJON’S LYRICS
ABSTRACT
From the means of image used in the poet’s lyrics, the application of the epithet,
its semantic and stylistic features were studied. Analyzes were conducted on the poems,
selected for the study.
Keywords:
epithet,
image tools, expressive,
semantic-stylistic features, poetry
analysis.
KIRISH
Yosh avlodni yuksak axloqiy va nafosat ruhida tarbiyalash, ilmiy dunyoqarashni
uzluksiz shakllantira borish davlatning asosiy diqqat e’tiborida boʻlib kelmoqda. Yosh
avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish borasida boshqa sohalar kabi xalq ta’limi
oldiga
ham yangidan yangi va jiddiy vazifalar qoʻyilmoqda. Yoshlarni mustahkam bilim
asoslari
bilan qurollantirish, ularda mustaqil fikrlash qobilyatlarini oʻstirish, har bir
narsaga, atrof muhitga ijodiy va ongli yondashish koʻnikmalarini
hosil qilish shu
kunning muhim masalalaridan hisoblanadi. Lirik asar tilini ongli ravishda tahlil qilish
ma’lum bir she’r
mazmunini, uning gʻoyaviy mohiyatini,
shoirning ijodiy mahorati
gʻoyaviy yoʻnalishini chuqur oʻzlashtirish mahoratini beradi. Yoshlarni oʻz bilimlarini
amalda sinab koʻrish imkoniyatini beradi. Lirik asarlar tilini tahlil qilish yoshlarga
mustahkam bilim berish yoʻlidagi muhim nazariy va amaliy usullardan sanaladi.