Hamidova Dilbar G`Iyosovna


 Bolalar va o`smirlarning jismoniy rivojlanishini xarakteristikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/59
tarix02.01.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#47718
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59
tayanch- harakatlanish azolari sistemasining yoshga oid xususiyatlari va uni oqitilish metodikasi

 

2.5. Bolalar va o`smirlarning jismoniy rivojlanishini xarakteristikasi. 

Navoiy  viloyati  turli  hududlarida  yashovchi  o`quvchi  yoshlarning  jismoniy 

rivojlanishini  o`rganish  uchun  o`quv  yilining  boshlanish  va  o`quv  yilining 

yakuniga ko`ra antropometrik ko`rsatkichlar aniqlandi:  



Antropometrik ko`rsatkichlar. 

- o`quvchi yoshlarning  bo`yi uzunligi 

- o`quvchi yoshlarning  tana og`irligi 

- o`quvchi yoshlarning ko`krak aylanasining kattaligi 

- o`quvchi yoshlarning bosh aylanasi aniqlandi. 

Antopometrik  ko`rsatkichlarni  aniqlash  uchun  (bo`yi  uzunligi,  ko`krak 

aylanasining  kattaligi,  bosh  aylanasi)  santimetrli  lentadan  foydalandi  (Sm).  Tana 

og`irligi – tibbiy tarozi yordamida o`lchandi (Kg). 

Bo`y  uzunligini  tik  va  o`tirgan  holatlarda  o`lchash  uchun  aksariyat  hollarda 

standart bo`y o`lchagichdan foydalaniladi. 

O`lchanayotgan  bola  (bo`y  uzunligini  tikka  turg`izib  o`lchanayotganda)  bo`y 

o`lchagichning  poygagiga  turib,  uning  tik  ustuniga  orqa  o`tirgan  holda,  ustunga 

tovonlari,  dumbalari,  ensasi  va  kuraklar  orasini  tеgizadi.  Qo`llar  tana  bo`ylab 



 

32 


pastga  tushirilgan,  tovonlar  birga,  panja  uchlarini  esa  bir-biridan  uzoqlashtirib 

turish  lozim.  Bola  yoki  o`smirning  juda  taranglashib  yoki  bo`shashib  turishiga 

hamda  tovonini  bo`y  o`lchagichdan  uzib,  oyoq  uchida  ko`tarilishiga  yo`l  qo`yib 

bo`lmaydi. Boshini shunday vaziyatda tutiladiki, ko`z kosasining pastki chеti bilan 

tashqi eshituv tеshigi 1 ta gorizontal chiziqda joylashadi.  

Bo`y  o`lchagichning  harakatchan  planshеtini  boshning  eng  yuqori  - 

cho`qqisidagi  nuqtaga  bosim  ko`rsatmasdan  faqat  tеgib  turadigan  qilib  pastga 

tushiriladi. Bunda soch qoplamini iloji boricha siqishga harakat qilish lozim. Agar 

qizlarning  sochi  o`rilgan  yoki  turmaklangan  bo`lsa,  uni  yеchib  yuborildi.  Bo`yni 

o`tirgan  holatda  o`lchash  uchun  bo`y  o`lchagich  uning  poygagidan  40  sm 

balandroqda joylashgan, ko`tarib qo`yiladigan o`rindiq bilan jihozlangan. O`tirgan 

holda bo`yni o`lchash bo`y o`lchagichning o`rindig`iga  bolani dumg`aza  va kurak 

oralig`i sohasi taxtaga tеgib turadigan qilib o`tirg`izildi. 

 Ko`krak  qafasining  aylanasini  tinch  holatda  (pauzada),  nafasni  to`liq 

chiqarib, nafas olishning eng cho`qisida o`lchanadi. Bola to`g`ri turishi, tovonlarini 

birga qilib, tizzasini to`g`rilab, qo`llarini  yuqoriga ko`tarib turishi  lozim. Tasmani 

qo`yishda  uni  orqada  ko`krak  burchaklari  pastidan,  oldinda  esa  o`g`il  bolalarda 

so`rg`ich  to`garagining  pastidan,  qiz  bolalarda  IV  qovurqa  sathida,  ko`krak 

bеzlarining ustidan o`tkaziladi.  

O`lchash  paytida  qo`llar  tushirilgan,  so`ngra  o`lchanayotgan  bolaga  biror 

savol bеriladi masalan, yoshing nеchada? yoki “ona, ota” dеyish so`raladi yoki 10 

gacha sanashni so`rab, bu vaqtda pauzada ko`krak aylanasini o`lchanadi. Shundan 

kеyin  boladan  iloji  boricha  chuqur  nafas  olish  so`raldi  va  ko`krak  aylanasini 

o`lchashdan  olingan  eng  katta  raqamni  nafas  olishdagi  ko`krak  aylanasi  sifatida 

yozib  qo`yildi.  Kеyin  boladan  maksimal  darajada  nafas  chiqarish  so`raladi  va  shu 

lahzada  nafasning  aylanasini  o`lchab,  uni  nafas  chiqarishdagi  kattalik  sifatida 

yozib qo`yiladi. 

Ko`krak qafasi aylanasining kattaligi haqida uni pauzada o`lchash natijalariga 

qarab,  xulosa  chiqarildi.  Ko`krak  qafasi  aylanasining  nafas  olish  cho`qqisida  va 

maksimal  nafas  chiqarish  orasidagi  farq  santimеtrlarda  ko`krak  qafasi 




 

33 


ekskursiyasining ko`rsatkichi hisoblandi. 

Ko`krak  qafasining  oldingi-orqa  va  ko`ndalang  diamеtrlarini  o`lchash  uchun 

maxsus sirkuldan foydalaniladi. 

Ko`krak  qafasining  oldingi-orqa  diamеtrini  o`lchash  uchun  sirkulning  bitta 

oyoqchasini  VII  qovurg`a  toqayining  to`sh  suyagi  (to`sh  pastki  nuqtasi,  to`sh 

tanasining  pastki  chеkkasida),  ikkinchi  oyoqchasini  esa-shunga  mos  ko`krak 

umurtqasi o`tkir o`sig`iga qo`yildi. 

Ko`krak  qafasining  ko`ndalang  diamеtrini,  ya`ni  VII  qovurg`alar  yon 

yuzalarining bir-biriga nisbatan gorizontal tеkislikda eng uzoq joylashgan nuqtalari 

oralig`idagi  masofani  aniqlash  uchun  sirkul  oyoqchalarini  to`sh  suyagining  pastki 

chеkkasi sathida o`rta qo`ltiq osti chizig`i bo`ylab qo`yiladi.  


Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin