Navoiy viloyati paxta ekish zonalari atrofida yashovchi
o`smir qiz bolalarning antropometrik o`lchamlari
Navoiy viloyati paxta ekish zonalari atrofida yashovchi o`smir qiz
bolalarning bo`y o`lchamlari 149,0 sm dan 169,0 sm gacha, o`rtacha – 157,5±1,7
smga teng. Og`irligi 40,0 kg dan 60,0 kg gacha, o`rtacha – 51,9±1,7 kg ga teng.
Bosh aylanasi o`lchamlari 53,0 sm dan – 58,0 sm gacha, o`rtacha – 55,4±0,4 smga
teng. Ko`krak aylanasi o`lchamlari 80,0 sm dan 88,0 sm gacha, o`rtacha – 84,2±0,7
smga teng (ilova-19).
Viloyat paxta ekish zonalari atrofida yashovchi o`smir qiz bolalarning bo`y
o`lchamlari 3,2 marta, o`g`irligi 16,2 marta, bosh aylanasi 1,6 marta va ko`krak
aylanasi 2,6 martaga oshganligi kuzatildi.
Navoiy viloyati paxta ekish zonalari atrofida yashovchi o`spirin qiz
bolalarning II- bolalik davriga nisbatan o`sish tezligi: bo`y uzunligi 8,5%, og`irligi
34,8% bo`lsa, bosh aylanasi 1,8% ga, ko`krak aylanasi 26,6% ga oshgan. (5-6
diagramma).
Ushbu guruh bolalarning harakat-tayanch a`zosining anatomo-fiziologik
holati tekshirilganda bittasi (S.O`tkirova) o`ng skolioz kuzatildi. Ularning kasallik
varaqasini tekshirganimizda ikkitasi (J.Pirmatova va U.Tosheva) allergiya kasalligi
bilan kasallanganligi ma`lum bo`ldi.
56
Paxta ekish zonalari atrofida yashovchi o`smir qiz bolalarning kasallanish
darajasi 23,1% ga teng.
Dostları ilə paylaş: |