4
KIRISH
Тadqiqotning dolzarbligi.
Hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasi
Sog`liqni saqlash va ta`lim tizimida maktab yoshidagi bolalar va o`smirlarning
sog`lig`ini saqlash va sog`lomlashtirish borasida ko`pgina chora tadbirlar ishlab
chiqilgan. Bu borada maktab ta`limidagi ijobiy o`zgarishlar oxirgi yillarda o`z
samarasini bermoqda. Masalan, maktabgacha ta`lim muassasalarida (bolalar
bog`chasida) o`quv va tarbiyaviy ishlar kompleks olib borilib bolalarni maktab
ta`limi uchun tayyorgarlik, boshlang`ich sinf o`quvchilarini besh kunlik o`quv
haftasiga o`tkazilganligi va shu bilan birga yosh organizmning o`sishi va
moslashuvchanligini va qiziquvchanligini e`tiborga olib maxsus sinflarga
ajratilganligidadir.
O`zbekiston Respublikasi (1997 -yil) “Ta`lim to`g`risidagi qonun” ga
muvofiq uch yuzdan ziyod yangi o`quv binolar barpo etilgan. Respublikamizning
umumta`lim tizimida ta`lim olayotgan o`quvchi yoshlarning sog`lomlashtirish va
bilim saviyasini yuksaltirish borasida bir qancha ishlar qilingan. [Сердюковская
Г.Н., Сухарев А.Г. 1986 Громбах С.М. 1988. Антропова М.В. 1992.
Антропова М.В. 1995]. Lekin, tekshirishlar shuni ko`rsatdiki 50,0% dan ziyod
o`quvchilarda mashg`ulotlar tig`izligidan dars yakunida o`quvchilarning holdan
toyganligini Lipkova V., Grunt J., 1979; Антропова М.В., Козлов В.И. 1988;
Антропова М.В. 1988; Берсенева А.П. 1989; Гребняк Н.П. 1999 lar ta`kidlab
o`tgan. Biroq ushbu adabiyotlarda bu muammolarni o`quvchi yoshlarning ekologik
xavfli hududlarda o`sish va ulg`ayishi ko`zda tutilmagan va o`rganilmagan.
Muammo yanada dolzarbliroq bo`lardi, qachonki, o`sayotgan yosh
organizmning sanoat ishlab chiqarish, paxta hamda dasht hududlardagi o`quvchi
yoshlarning antropometrik ko`rsatgichlarni o`rganib chiqilganda ushbu muammo
nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo`ladi.
Demak bola organizmi faqat katta odamning holini emas, balki yosh
organizmning fiziologik xususiyatlari va tashqi muhitga moslanishi bilan farq
qiladi.
Maktab gigiyenasining asosiy maqsadi, bola aqliy mehnat qobiliyatining
5
funksional imkoniyatlari ortib borishi, turli sharoitga moslashishi, charchash va
o`ta charchash, asab va boshqa turli kasalliklarning oldini olish uchun chora
tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
Tabiiy gigiyenik eksperiment usullarida bola uchun tabiiy yashash sharoitda:
(dars soatlari, jismoniy mashqlar va boshqalar) organizm bilan tashqi muhit
o`rtasidagi o`zaro bog`liq, tabiiy omillarning bola organizmiga ta`sirini kuzatib shu
yoshdagi bolalarga, uning antomo-fiziologik imkoniyatlariga qarab tegishli
normalar belgilanadi.
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi pedagogika va uning barcha sohalari uchun
ilmiy-tabiiy asosdir. Pedagogik bilim olishi kerak bo`lgan birinchi narsa bu bola
tanasining tuzilishi va hayoti, bola tanasining anatomiyasi va fiziologiyasi uning
rivojlanishidir. Busiz yaxshi pedagok bo`lish bolani to`g`ri tarbiyalash mumkin
emas. Bolaning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini uning nimalarga qodir ekanligini
bilmasdan turib yoshga aloqador xususiyatlarini nazarga olmasdan turib, ta`lim-
tarbiya ishlarini to`g`ri yo`lga qo`yish mumkin emas. Bolalarni to`g`ri o`stirib
tarbiyalash mamlakatni yuksaltirish va taraqqiy ettirish garovidir.
Dostları ilə paylaş: