Publishing centre of Finland
Aksincha, kattalar uning me’yorida rivojlanishi uchun sharoit yaratishlari, uni
kishilar orasida yashashga o’rgatishlari, ularning xis-tuyg’ularini, xohish-istaklarini
va ishlarini tushunishlari lozim. Vaqt o’tishi bilan, payti kelganda uning o’zi
nimalar qilishi kerakligini, kimga
nimalar qilishga majburligini, kimning oldida
qarzdorligini va bu qarzlarni boshqa kishilarga o’z ota onalarga, do’stlariga va
nixoyat, o’z bolalariga
nisbatan mehr - muxabbat, mehribonligi bilan uzishni
tushunib oladi. Buning uchun esa bolani qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilish
uni tushunishga harakat qilish va uning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, u
bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlarning qo’shimcha qiyinchiliklar keltirib
chiqarmaydigan, aksincha oilada eng qadriyatli hisoblangan o’zaro hurmat, iliqlik
va himoyalanganligini his etishga yordam beradigan usulini topish kerak.
Bolalarning ma’lum bir qismi sho’xligi, intizomsizligi, qo’rsligi bilan ajralib turadi.
Bunday o’quvchilarga individual yondoshish va ularning intizomsizlik sabablarini
aniqlash lozim. Bunday bolalar bilan olib boriladigan
ishlar ularning faoligini
maqsadga muvofiq tashqil etish, qadr–qimmati, malum darajada mustaqillikka
bo’lgan huquqlarini hurmat qilishni nazarda tutadi.
Xulq-atvorida mehnat qilish istagi va odatining yo’qligi-yalqovlik
bilan
xarakterlanadigan bolalar alohida guruhni tashkil etadilar. Maktab ma’muriyati
bunday bolaning mehnat qilishga bo’lgan intilishnini payqab olishi va turli xil
yo’llar bilan ragvbatlantirishi lozim.
Hozirgi vaqtda bolalar tomonidan yo’l qo’yiladigan qonunbuzarliklarning
oldini olishda maktabning roli juda katta. Zamonaviy
pedagogik texnologiyalar
bilan qurollangan o’qituvchi tarbiya jarayonining bosh tashqilotchisi, o’quvchiga,
o’quvchilar
jamosiga,
oilaga
ko’rsatiladigan
pedagogik
ta’sirlarning
muvofiqlashtiruvchisi sifatida namoyon bo’lmoqda. Balog’atga yеtmagan
bolalarning qarovsizligi va qonunbuzarliklarining oldini olishni maktab tomonidan
amalga oshirilayotgan yaxlit sistemaning bir qismi deb qarash lozim.
Ana shu
jarayon doirasida pedagoglarning say-harakatlari quyidagilarga qaratilishi kerak:
- o’quvchi shaxsini tarkib toptirishga salbiy ta’sir etuvchi tashqi omillar
ta’sirining oldini olishga, bola huquqlarining buzilishga va buning oqibati sifatida
o’quvchi tarbiyasinin og’irlashishiga olib keluvchi sabab va sharoitlarni
yo’qotishga;
- butun tarbiya jarayonini tuzatishga uning normallashuvi ikki darajada ro„y
beradi;
Bu davrda umumta’lim maktablarining alohida ichki nazoratiga olinishi va u
o’quvchilar bilan tushuntirish ishlarini olib borish kerak. Mazkur o’quvchilar bilan
tushuntirish ishlari olib borishni quyidagi tartibda
amalga oshirish maqsadga
muvofiq.
International Journal of Education, Social Science & Humanities. FARS Publishers
Impact factor (SJIF) = 6.786
822
Publishing centre of Finland
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1. Doston Xolmatov “Hikoyalarda davr va qahramon masalasi” maqola.
SCIENTIFIC PROGRESS Farg„ona
davlat universiteti
2. Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. –T., “Ma’naviyat”, 2000. -112 bet
3. B. Shukurova “Yangi davr hikoyachiligining o’ziga xos xususiyatlari”
“O’zbekistonda ilmiy- amaliy tadqiqotlar” Respublika ilmiy konferensiyasi