Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining afzalliklari va istiqbollari
O’qituvchi va o’quvchining hamkorlikdagi faoliyatiga doir tadqiqotlarda asosiy e`tibor o’zaro munosabatning rivojlanishini o’rganishga qaratiladi, o’qitishni guruhli tashkil qilish jarayoni bayon qilinadi.
Psixolog A.V. Petrovskiy jamoadagi shaxslararo munosabatlar faoliyatdan kelib chiqishini o’rganib, ta`lim jarayonidagi o’qituvchining o’quvchilar bilan hamkorligini tashkil qilish faqat ularni muloqotga ehtiyojini qondirish vositasi emas, balki o’quv materialini o’zlashtirishning ham vositasi ekanligini ta`kidlagan edi.
O’zaro hamkorlikning muhim omili va o’quvchilarning o’zaro munosabati xususiyatini belgilovchi asos o’qituvchi bilan o’quvchi hamkorligining shakllaridir. Hamkorlikdagi o’quv faoliyati o’qituvchi va o’quvchi munosabatlarining va birgalikdagi xatti-harakatlarining alohida turidirki, u o’zlashtirish ob`ektini, bilim faoliyatining barcha qismlarini qayta qurishni ta`minlaydi.
Hamkorlikdagi o’quv faoliyatining maqsadi o’zlashtiriladigan faoliyat va birgalikdagi harakatlar, munosabat va muloqotning boshqarish mexanizmini yaratishdir. Hamkorlikdagi faoliyatning mahsuli o’quvchilar ilgari surgan yangi g’oyalar va o’zlashtirilayotgan faoliyatning mohiyatiga bog’liq maqsadlar va sheriklikdagi shaxs pozitsiyasini boshqarish istaklarining yuzaga kelishidir.
Hamkorlikdagi faoliyat usuli deganda, o’qituvchi bilan o’quvchining birgalikdagi hatti-harakatlarining tizimini tushunish kerak. Bunday xatti-harakat o’qituvchining o’quvchiga ko’rsatadigan yordamidan boshlanadi;
O’quvchilarning faolligi asta-sekin o’sib borib, butunlay ularning o’zi boshqaradigan amaliy va aqliy harakatiga aylanadi; o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi munosbata esa sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega bo’ladi.
Pedagogika – psixologiya fanida hamkorlikning 8 ta shakli mavjud. Ular quyidagilardan iboratdir:
faoliyatga kirish;
mustaqil harakatlar o’qituvchi bilan o’quvchi hamkorlikda bajaradilar;
o’qituvchi harakatni boshlab beradi va unga o’quvchini jalb etadi;
taqlid harakatlari (o’qituvchidan ibrat olgan o’quvchi anna shu namuna asosida harakat qiladi);
madad harakatlari (o’qituvchi o’quvchiga oraliq mAqsadni va unga erish usullarini tanlashda yordam beradi va oxirgi natijani nazorat qiladi);
o’zini – o’zi boshqarish harakatlari (o’qituvchi umumiy maqsadni ko’rsatishda oxirgi natijani baholashda ishtirok etadi);
o’zini – o’zi ko’rsatuvchi harakatlar;
o’zini – o’zi uyushtiruvchi harakatlar.
Interaktivlik – o’qituvchi va o’quvchining o’zaro ta`siri. Hamkorlik faoliyatini takomil bosqichiga o’tish jarayonida o’zaro ta`sir o’tkazish harakatini baholashdan o’z-o’zini baholash darajasiga ko’tarilishi sodir bo’ladi. Ushbu jarayon hamkorlik dinamikasidan dalolat beradigan eng muhim omillardan biri vazifasini o’taydi.
Modulli ta`lim texnologiyasi
Modulli texnologiya o’qitishni modulli dars loyixasi asosida o’qitishni tashkil etish demakdir.Modul, kurs mazmunini uch bo’lakda yoki satxida qamrab oladi:
to’la qisqartirilgan chuqurlashtirilgan
dastur materiali (o’quv dasturini) bir vaqtning o’zida barcha ehtimol ko’rilgan kodlarda: rasm, test, ramzlar va so’z bilan berilishi mumkin.
Modulli dastur o’quv materiallarining avtonom qismi bo’lib,quyidagi komponentlardan tashkil topadi:
aniq ifodaga ega bo’lgan o’quv maqsadi(maqsadli o’quv dasturi)
axborotlar banki, o’qitilishdasturi shaklida ayni o’quv material.
maqsadlarga erishish bo’yicha metodik qo’llanma.
zaruriy malakalarni shakllantirish bo’yicha amaliy mashg’ulotlar.
qo’yilgan modul maqsadiga qat`iy muvofiq qiluvchi nazorat ishi.
Modellashtirish turlari.
1. tafakkurni modellash
2. ilmitatsion rollarga bo’lib modellash;
3. tutashtiriluvchi chiziqlar usulida modellash ma`ruza
Modulli texnologiyaning mohiyati ta`lim jarayonini modullar asosida loyixalashtirishdan ya`ni o’quv va predmeti va uning bo’limlari mazmunini tartibga solish. Ta`limning muayyan bosqichidan boshlab bo’linmaydigan kasbiy faoliyatni mantiqan tugallangan qismlarga ajratishdan iboratdir.
So’ngra ajratilgan har bir modul bo’yicha shu modulning o’zigagina taaaluqli bo’lgan faoliyat mazmuni va ta`siri ddoirasi belgilanadi.Modulli texnolgiya maqsadni ruyobga chiqarish uchun modul bosqichma-bosqich amalga toshiriladi.Ushbu jarayonda sodir etilayotgan har bir harakat o’quv elementi sifatida qaraladi. O’quv elementi ham o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
Faoliyatning aniq elementlarini o’rgatish bilan bog’liq bo’lgan nazariy va amaliy axborotlar, ta`lim uchun zarur bo’lgan faoliyatni ta`minlovchi materiallar xaqidagi ma`lumotlar, maqsadlar, identifikatsion ya`ni ta`lim oluvchilarni xarakatlantiruvchi maqsadlar, o’quv materiallari , o’quv sharoitini nazorat qilish instrumentlari, chunonchi , o’quvchilarni ko’zlangan natijalarga erishishlari uchun zarur shart-sharoitlar, testlar, maqsad etaloni va boshqalarni o’z ichiga qamrab oladi.
Muammoli- modulli o’qitish texnologiyasi (CHoshanov M.A.)
|
|
Modulli ta`lim dastlab AЈSH, Olmoniya, Angliya kabi rivojlangan davlatlarning oliy o’quv yurtlari va malaka oshirish tizimida qo’llanila boshlandi va katta shov-shuvlarga sabab bo’ldi.
|
Biroq modulli ta`lim o’zining yetarlicha “puxta“ligiga qaramasdan mazmun jihatdan ham, “yosh” jihatdan ham (u 60-yillarda vujudga kelgan) hanuzgacha tortishuvlarga, fikrlar qarama-qarshiligiga uchrab kelyapti. qator xorijiy mualliflar (V.Goldshmidt, M.Goldshmidt va boshqa) modul deganda aniq o’rnatilgan maqsadga erishishga yordamlashadigan yaxlit o’quv faoliyatini shakllantirishni tushunishadi. Modul mohiyati o’quv materialining avtonom bo’laklarini qurish to’g’risidagi birmuncha farqliroq fikr D.J. Rassel tomonidan aytildi. P.A.YUtsyavichenening ko’rsatishicha, “modulli o’qitish mohiyati shundan iboratki, o’rganuvchi qisman yoki to’liq mustaqil ravishda unga taklif etilayotgan o’zida harakatlarning maqsadli dasturini, axborotlar bankini va qo’yilgan didaktik maqsadga erishish bo’yicha metodik ko’rsatmani qamrab olgan individual o’quv dasturi bilan ishlashi mumkin. Bunda pedagog vazifasi axborotli nazorat qilishdan tortib maslahatchi - koordinatsiyalovchilikka qadar turlanishdan iborat bo’ladi“ (30, 10).
Professor M.A.CHoshanov ham keyingi fikrga qo’shilgan holda fan rivojining hozirgi bosqichida modullilik tushunchasi metodologik mazmunga ega bo’layotganligini alohida ta`kidlaydi.
Muammoli o’qitishning didaktik tizimida birmuncha to’liq tadqiq qilingan tashkil etuvchisi muammoli ta`lim hisoblanadi. U o’rganuvchilarning fikrlash faoliyatinibirmuncha faollashtirishga, ularda muammoning echimiga yondashishni shakllantirishga, va nihoyat - ijodiy tafakkurni rivojlantirishga samarali ta`sir ko’rsatadi. Bu ta`sir intellektual qiyinlashuvning maxsus vaziyatlarini - muammoli vaziyatlar va ularning echimlarini tuzish bilan ta`minlanadi. Muammoli vaziyat o’qitish jarayonida muhim motiv va hayajonli vosita sanaladi. Uning samarasi to’g’risida A.M Matyushkin, M.I. Maxmutov, I.YA. Lerner kabi yirik olimlar o’z nazariyalarini yaratdilar.
Dostları ilə paylaş: |