HAMSHIRALIK KASBIDA BIOETIKA. TALABANING BEMORGA
MUNOSABATINI SHAKLLANTIRISH.
MUOLAJA XONASI HAMSHIRASINING VAZIFASI.
QADIMGI SHARQ VA O’RTA OSIYO TABOBATI
O’rta Osiyo xalqlarining dastlabki axloqiy va ma’naviy dunyo-qarashlari, umuminsoniy,
milliy ma’naviy qadriyatlarning paydo bo’lishida qadimiy «Avesto» kitobi asosiy komusiy asar
vazifasini o’tagan. Unda islomgacha bo’lgan davrda insonlar yovuz ruxlardan — xastaliklardan
xalos bo’lishda yaxshilikning g’alabasiga ishonish (davo topish) xakidagi karashlar: ya’ni
tibbiyot soxasidagi dastlabki falsafiy qarashlar o’z aksini topgan.
«Avesto» ning XVII qismida soch va tirnoqlarni olish xaqida ko’rsatma berilgan.
Jumladan, olingan soch va tirnoqlarni turar joylardan 10, olovdan 20, 30 kadam uzoqqa ko’mib
tashlash tavsiya qilinadi. Bu tavsiya xozirgi kunda xam saqlanib qolgan. Ularni bilish va rioya
etish xar birimiz uchun foydalidir.
Qadimiy kitobda shuningdek, tabiatning sofligi ya’ni ekologiyaning buzilishiga qarshi
kurashish zarurligi xam ta’kidlanadi. Xozirgi kunda ekologiyaning buzilishi natijasida ko’plab
kasalliklarning yuzaga kelishi bu fikrning to’g’riligini tasdiqlamoqda.
Zardushtiylar ta’limotida sog’lom tan orqali sog fikrga ega bo’lish mumkin degan goya
ilgari suriladi. «Yovuz ruxlarni (xastaliklar sababini) yengib, ularni bulajak ona vujudidan
uzoqlashtirish, bolaning sog-salomat dunyoga kelishini ta’minlash maksadida maxsus g’oya
ayollar zurriyotlarni ximoya qiluvchi ma’budaga siginganlar (Avestoda Visyo - ypyg’, nasl iloxi).
Yosh onaning kuz yorishiga yetti kun qolganida suv bo’yiga (kanal, kuduk, daryo), uchok.
boshiga borishi, sigir sog’ishi, xamir qilishi ta’kiklanadi. Uning ruzgor ishlariga aralashishi
mumkin emas deyilgan. Tugilgan bola uchun esa kirk, kun chilla saklaganlar. Kuxna davrlaridan
buen mavjud bunday rasm-rusumlar avlodni voyaga yetkazishda onani asrab-avaylash, xalk,
millat, kolaversa jamiyat uchun muxim axamiyatga egadir.
«Avesto» kitobining kutlur yubileyi arafasida O’zbekistonda 2001 yilning —
«Onalar va bolalar yili» deb e’lon qilinishi xam o’ziga xos bir ramziylikdir.
«Avesto» da kasaliklarni davolashda dori-darmonlarga oid bir kancha ma’lumotlar xam
kayd etilgan. Axamiyatlisi shundaki,.kitobdagi bir kator tavsiyalar asosida turli giyoxlardan
og’rikni
qoldiruvchi,
yumshatuvchi,
vujudni
mustaxkamlovchi,
tetiklashtiruvchi
va
zaxarlanishga qarshi dorivor vositalar tayyorlangan. Zardushtiylikning ushbu kadimiy kitobi bu
borada bizga doimo ma’naviy ozuka oladigan manbalardan biri bo’libkoladi.
SHarkning mashxur tabibi, komuschi olim Abu Bakr Muxammad ibn Zakiriyo ibn
Yaxyo Ar-Roziy (865-925) tabobat soxasida uz davrining Jolinusi (Galeni) sanalgan, falsafa,
riyoziyot, kimyo soxasida yuksak muvaffakiyatlarga erishgan va 30 yoshida Bagdod shaxrida
tibbiyotni urganishga kirishgan. Ar-Roziy bir kancha vakt mobaynida Ray — Bagdod
shifoxonalarini boshkargan. Uning tabobatga oid 36 ta asari bizgacha yetib kelgan. Roziyning
eng muxim asarlaridan «Tibbiyotga oid bilimlar majmuasi», un jilddan iborat «Mansurga
bag’ilashgan tuplam» (Almonsorius), «CHechak va kizamik xakidagi kitob» laridir. Ar-Roziy
chechakka qarshi emlash kerakligi xakida birinchi bo’lib fikr bildirgan. U jarroxlikda birinchi
bo’lib kuy ichagidan tayyorlangan ip (ketgut) danfoydalangan.
«Almonsorius» asarining bir necha bobi chaqaloq va gudak bolalarni ovkatlantirish va
ularni parvarishlashga bag’ilashgan. Ar-Roziyning bu asari keyinchalik, ovrupa va butun
dunyoda pediatriyaning tarakkiyotiga asosbulgan.
Ar-Roziy boshqargan shifoxonalar ixtisoslashtirilgan bo’lib, ularda kuz, ichak
kasalliklari, jarroxlik bulimlari tashkil etilgan va tuzilishi jixatidan xozirgi klinik shifoxonalarni
eslatgan.
Uning kup sonli tibbiy asarlari orasida «Bolalar kasalliklari» kitobi aloxida eьtiborga
molikdir. Ar-Roziy asarlari ko’plab ovrupa xalklari tillariga tarjima kilinib, chop etilgan xamda
asrlar davomida Bukrot, Galen, Ibn Sinoning asarlari bilan bir katorda kupgina dorilfununlarda
darslik sifatida Kullanib kelinmokda.
Abu Ali Ibn Sino (980-1037) yili Buxoro shaxri yakinidagi Afshona kishlogida amaldor
oilasida tugilgan. U Buxoro shaxrida avvalo kur’on va adab ilmini oladi. Ibn Sino 10 yoshga
yetmas-dan barcha darsliklarni tulik. uzlashtiradi. Arifmetika, algebra bilan shugullanadi. Uyida
Abu Abdullox. an-Notimiy raxbarligida mantik., geometriya, astronomiya fanlarini, xususan
tabobatni sevib ukiydi. Undagi tugma isteьdod va mexnatsevarlik darslarni oson uzlashtirishga
imkon berar edi. Tib ilmida u juda kamol topdi. 17 yoshida Buxoro xalk.i orasida moxir tabib
sifatida tanildi.
Somoniylar davlatining boshligi Hyp ibn Mansur kasal bo’lib koladi, saroy tabiblari uni
davolashga ojizlik kiladilar. Buxoroliklar Ibn Sinoni saroyga amirni davolashga taklif kiladilar.
Bemor tez fursatda oyokka turadi. Buning evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanish
imkoniyatiga ega buladi. Bu kutubxona Yakin SHarkdagi eng katta va boy kutubxonalardan biri
sanalaredi.
Ibn Sino 1010 y.dan Xurosonning Gurgon amirligida xizmat kiladi. Gurgonda
«Tib konunlari» asarining 1-kitobini yozishga kirishadi. U kulanj (kolit) kasalligiga chalinadi.
Kasallik zurayib, uni tutkanok. tutadigan buladi, shu darddan 1037 yili 57 yoshida Xamadonda
vafot etadi.
Ibn Sinoning «Tib konunlari» xakida:
Abu Ali Ibn Sino 450 dan ortik kimmatli asarlar yaratgan bo’lib, zamonlar utishi bilan
fakat 242 ta asari saklanib qolgan. Mana shu asarlarning 43 tasi tabobatga oiddir. Ibn Sinoning
tibbiyotga oid eng yirik asari, umuman uning ijodidagi shox asar «Tib konunlari» dir. Tib
konunlari besh kitobdaniborat:
Birinchi kitob — tabobatning nazariy asoslari xamda amaliy tabobatning umumiy masalalari
xakida ma’lumot beradi. Unda tabobat ilmining ta’rifi, uning vazifalari, xilt va mijoz xakidagi
ta’limot bayon kilinadi. Keyin odam tanasining oddiy a’zolari
— suyak, togay, arteriya, vena, pay, boylam va mushaklar xakida ma’lumot beriladi.
Ikkinchi kitobda davo tabobatida kullaniladigan dori-darmonlar xakida zaruriy ma’lumotlar
bayon kilingan.
Uchinchi kitob — inson tanasining boshidan tovonigacha bulgan a’zolarda yuz beradigan
«xususiy» yoki «maxalliy» kasalliklar xakida ma’lumotlar berib, «xususiy patologiya va
terapiya» gabag’ilashgan.
To’rtinchi kitobda kishi a’zolaridan birortasiga aynan xos bulmagan umumiy kasalliklar
ta’riflanadi.
Beshinchi kitob farmakopeya bo’lib, unda murakkab tarkiblidori-darmonlar tayyorlash va
ulardan foydalanish usullari bayon kilingan. Ibn Sinoning tibxakidagi
«Urjuza» she’riy asari xam mavjud.
Zamonaviy tibbiyotning rivojlanishiga rus olimi N.I. Pirogov, shveytsar yozuvchisi Anri
Dyunan, angliyalik Florens Naytingeyllar xam o’z xissalarini qo’shishgan.
XIX asr urtalarida Nikolay Ivanovich Pirogov (1810-1881) Rusiyada xamshiralar
uyushmasiga asos soldi. 1844 yilda Peterburgda xayr-exson tashkilotlari mablagi xisobiga
shavkat xamshiralari uyushmasi tuzildi. Bu
uyushmaga asosanbe’va ayollar a’zo bulganlar. Ular bemorlarni jang maydonlarida va
uylarida parvarish kilish bilan shugullanganlar.
Krim urushi (1853-1856) yillarida 20 nafar shafkat xamshirasi N.I. Pirogov boshchiligida
jang maydonlarida kaxramonlik kursatishdi, uz xayotlarini ayamasdan
yaradorlarga birinchi tibbiy yordam kursatib, ularni jang maydonlaridan olib chikdilar va uz
kasblariga sadokatli ekanliklarini namoyishetdilar.
XIX asrda Yevropa mamlakatlarida xamshiralik ishining ri-vojlanishida angliyalik buyuk
inson Florens Naytingeyl (1820-1910) muxim rolь uynadi.
Florens Naytingeyl Florentsiya (Italiya)da aristokratlar oilasida dunyoga kelib, uz davri
ayollari orasida yukrri bilim va saviyaga ega bulgan. U kambagallarga va bemorlarga yordam
berish, ularning axolini yengillashtirish choralarini izlagan. Lekin u yashagan davrlarda nochor
axvolda qolganlarga, kasallarga yordam berish oliy tabaka xonadoniga mansub bulgan
ayollarga munosib ish emas, deb xisoblangan. SHunga karamay Florens shaxsiy baxtini, aziz
ota-onalariga bulgan yuksak muxabbatini kasal va nochor odamlarga yordam berish e’tikodiga
sodik, kolish yulida kurbon kildi. U 1851 yili Germaniyada pastor F.Flenderning xamshiralar
uyushmasiga kirib ukib, xamshira ma’lumotiga ega buladi va ukituvchilar kasalxonasida ishlay
boshladi. Londondagi vabo kasalligi epidemiyasida kasalxonada jasorat kursatadi. Uning nomi
el nazariga tushadi. Unga kirollik kasalxonasida ishlash taklif etiladi. Urush tufayli uning
rejalaribuziladi.
Urush vaktida Angliya armiyasi xarbiy tibbiy xizmatning yomon tashkil etilganligi
sababli katta talofatlar kuradi.
Bu paytda xarbiy Vazirlikka volontyorlar (ko’ngillilar) otryadi ishini ishonib topshirish
uchun tajribali odam zarur edi. Bu odam Florens Naytingeyl bo’lib chiqdi. U yuragida uti bor
kungilli 38 ta ayollar bilan xarbiygospitalga, Skutariyaga(Turkiya) boradi. U yerda ularni chirib
ketgan iflos baraklar, bit,sirkalar bosgank o’rpa-tushaklar, yokilgi, kiyim-kechaklar, bog’lov
materiallari takchilligi kutardi. 2000 ta yaralangan soldatlar chirigan taxtalarda, vabo, ich
terlamakasalliklaribilan
kasallangan
bemorlar
bilan
aralash
yotardilar.
Florens
va
uningsafdoshlaribunga qarshi ish boshlab, sanitariya amaliyotini tatbik etdilar. Ular ulim
kursatkichini 42%dan 2%ga tushirdilar. Urushdagi xizmatlari Florensni yanada mashxur kildi
Ona yurtida o’lkan kema uning nomi bilan ataldi. UrushdansungFlorensuzfaoliyatinifaol davom
ettirdi, u endi xamshiralik ishining axamiyati vaxamshiralartayyorlashmasalasi tugrisida kup
makolalar, kitoblar yezdi. Bu kitoblarkataolkishlargasazovor buldi. U 1880 yilda Londonda
ashshyo Foma kasalxonasikoshidaxamshiralarnisinash maktabini ochdi. SHuning uchun xam Buyuk
Britaniya ayollari orasidaFlorens
Naytingeylning obrusi juda xam baland edi. Florens 90 yoshida vafot etdi.
Xar yili 12-may Florens Naytingeyl tugilgan kuni, uning xotirasi uchun
«Xamshiralar kuni» sifatida nishonlanadi. Dunyoda kupgina tibbiyot maktablariuning nomi
bilanataladi.
Tibbiy xamshiralar tayyorlashda, Kizil Xoch va Kizil yarim oy jamiyatlarining tashkil
topishida shveytsariyalik tadbirkor Anri Dyunanning xissasi katta. U 1859 yilning iyun oyida
SHimoliy Italiyada urush olib borayotgan Frantsiya imperatori Napaleon II I bilan uchrashib,
muzokaralar olib borish uchun safarga otlanadi. Safar davomida Anri Dyunan Frantsiya va
Italiya armiyalari urtasidagi konli tuknashuvning guvoxoibuladi va jang maydonida xalok
bulayotgan minglab jangchilarni, yaradorlarni kuradi. U kurgan-kechirganlaridan shunday
kurkuvga tushadiki, xatto bu yerga nima uchun kelganini xam unutadi. Anri Dyunan Kastilьon
kishlogidagi ibodatxonani vaktincha xarbiy gospitalga aylantirib, jangchilarga yordam kursata
boshladi. Jang maydonlarida Dyunan bilan birgalikda ayollar xam uz kuchlarini ayamay, ruxan
tushmasdan va jirkanmasdan tibbiy xamshira bo’libishladilar.
Dyunan Jenevaga kaytib kelgach, «Salьferino xakidagi xotiralar» kitobini yozadi va kitob
kuyidagi ikki jumla bilan tugatlanadi:
—xar bir mamlakatda urush vaqtida yaradorlarga yordam kursatish buyicha kungillilar
guruxituzilsin;
—birinchi yordam kursatish buyicha guruxlar belgilab, tibbiy ximoya kilish xakida
davlatlararo kelishuvga erishilsin.
1863 yil Anri Dyunan Jenevaning boshka yana turt fukarosi bilan yarador-larga yordam
kursatish xalkaro kumitasini tashkil kildi. Bu kumita keyinchalik Kizil Xoch xalkaro kumitasiga
aylandi. SHu zaylda birinchi milliy jamiyatlartuzildi.
1864 yilda utkazilgan diplomatik konferentsiya jang maydo- nidagi
yaradorlarning axvolini yaxshilash buyicha birinchi Jeneva Konventsiyasini
kabulkildi.
Ushbu Jeneva Konventsiyasi bugungi kunda kuyidagilarni ximoya kiladi:
—jang maydonidagi yarador va kasallarni;
—dengizdagi kema falokatidan zarar kurganlar, yaradorlar vakasallarni;
—xarbiy asirlarni;
—xarbiy tuknashuvlar vaktida maxalliy fukarolarni Bugungi kunda 150 ta Qizil Xoch va Kizil
Yarim Oy milliy jamiyatlari mavjud. Ularning asosiy vazifalari — donorlik kasalliklarning
oldini olish va muxtojlarga yordam berish, birinchi yordam kursatishdan va b.lardaniborat.
1919 yildan boshlab ularning xammasi Federatsiyaga birlashdi.
O’zbekistonda Qizil Xoch va Qizil yarim oy jamiyati 1925 yilda tashkil etildi. Xozirgi davrda
Qizil Xoch va Qizil yarim oy jamiyati axolining sanitariya madaniyatini oshirishga, uni Vatan
sanitariya mudofaasiga tayyorlashga, mexnatkashlarning mexnat va turmush sharoitlarini
soptomlashtirishga yordam beradi. Bepul donorlikni targ’ib kiladi va bu ishga axolini jalb etadi.
Dostları ilə paylaş: |